Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
OT YASALISHI 1.Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-gʽayrat, dadillik baxsh etgandek bo‘ldi. Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini aniqlang. A.3 B.4 C.5 D.6 2.O‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlarni aniqlang. A.Mahalla, bostirma, bezak B.Ko‘cha, guzar, shahar C.Qishloq, to‘plam, toshloq D.Tugma, achitqi, qamishzor 3.Narsa otlarini toping. A.Bezak, siniq, ichki B.Teshik, tiniq, tashqi C.Tilak, chiziq, turtki D.Kesik, yetuk, yozgi 4. Har ikkala qismi ham tub so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma otni toping . A) mehr-muhabbat B) yig‘im-terim C) qiymataxta D) atirgul 5. Qaysi javobda narsa-buyum oti yasovchi qo‘shimchalar berilgan? A) -kor , -paz , -bin B) -zor , -loq , -goh C) -oq , -qi , -don D) -kov , -kar , -boy 6.Qaysi qatordagi so‘zlar faqat ot so‘z turkumiga mansub? A.kelma, o‘qima, tugma B.gazlama, childirma, ko‘rsatma C.yasama, qaydnoma, to‘qima D. uchirma, ko‘nma, bogʽlama 7.Ot yasovchi qo‘shimchalarni toping. A.-m, -sh, -b, -lik B.-chi, -la, -cha, -dir C.-k, -lik, -ma, -li D.-chi, -moq, -bon, -m 8. Har ikkala qismi ham mustaqil qo‘llana ololmaydigan so‘zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping. A.ota-bola, aka-uka B.choy-poy, don-dun C.gʽala-gʽovur, ikir-chikir D. uvali-juvali, algʽov-dalgʽov 9. Qaysi javobda sodda yasama otlar berilmagan ? A) qarsak , xurrak , g‘ildirak B) to‘lqin, yong‘in, uchqun C) guldon , shamdon , qalamdon D) qo‘lqop , belbog‘ , tilxat 10.Sifatdan yasalgan otlar qaysi qatorda berilgan? A.chidamli, oriyatli, totli, uyatchan B.behayo, chiroyli, ozoda, mehribon C. go‘zallik, ezgulik, yaxshilik D. ko‘rkam, suluv, barno, bevafo 11.Qaysi qatordagi qo‘shimchalar shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar hisoblanmaydi? A.-soz, -dosh B.-dor, -do‘z C.-don, -g‘ich D.-gar,-xon 12.Bunda nа g‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, роk muhabbat, bitmas- tuganmas orzu va qudrat bor edi. Ushbu gapda nechta tub mavhum ot bor? A) 6 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 5 ta 13.Qaysi javobda shaxs otlari berilgan? A)lola, rayhon, temir B) Aziz, Ilg‘or, Lobar C) zargar, suvchi, kampir D) qoplon, lochin, qaldirg‘och 14.Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo‘shimcha qo‘llangan? A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog‘ ortiga jo‘nadi. B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan. C) Qo‘shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish. D) Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi. 15.Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo‘shimchalar berilgan? A) –kor, -uvchi, -dosh B) –kich, -moq, -dosh C) –zor, -loq, -ma D) –qin, -ik, -in 16.Qaysi javobda mavhum otlar berilgan? A) chopiq, qirg‘in B) saylov, to‘qchilik C) quvonch, tuyg‘u D) dehqonchilik, ko‘rik 17.Qaysi javobda tarkibi asos+narsa oti yasovchi qo‘shimcha+shaxs oti yasovchi qo‘shimcha+faoliyat-jarayon oti yasovchi qo‘shimchadan tashkil topgan ot berilgan? A) bilimdonlik B) tandirchilik C) dorbozlik D) bo‘yoqchilik 18.Qaysi javobda o‘rin-joy otlari berilgan? A) yulduz, sayyora, kometa B) sharq, madrasa, zavod C) qishloqlik, shaharlik, buxorolik D) bahor, tong, mart 19.Qaysi javobda qarindoshlikni anglatadigan shaxs otlari berilgan? A) bola, juvon, chol B) o‘quvchi, talaba, nafaqaxo‘r C) bobo, singil, amaki D) do‘st, o‘g‘il, kampir 20.Qismlari tub+yasama shaklida bo‘lgan juft otni aniqlang. A) yig‘im-terim B) ko‘rpa-to‘shak C) yarog‘-aslaha D) kiyim-kechak 21.Atoqli otlarga qo‘shilib, shaxsning ma’lum bir hududga tegishli ekanini bildiradigan qo‘shimchani toping. A) –dosh B) –lik C) –loq D) -iston 22.Qaysi so‘zlardan morfologik usul bilan o‘rin-joy oti yasash mumkin? A) kitob, qalam B) tosh, qum C) temir, mis D) dars, mehmon 23. Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar ko‘rsatilgan ? A) -dak , -don , -in B) -liq , -soz , -xon C) -oq , -don , -choq D) -chilik , -kor , -kash 24. Qaysi javobda asoslari ot+ot shaklidagi qo‘shma otlar berilgan? A) savacho‘p, cho‘lquvar B) otboqar , yeryong‘oq C) shakarqamish , temiryo‘l D) ko‘rsichqon, boyo‘g‘li 25.Qismlari yasama+yasama shaklida bo‘lgan juft otni aniqlang . A) ko‘rpa-to‘shak B) tish-tirnoq C) kirim-chiqim D) yarog‘-aslaha 26.Bog‘bon gulzorni kuzata boshladi: atirgullar ustida asalarilar g‘ujg‘on o‘ynaydi , karnaygullar kosasida kapalaklar raqsga tushadi , tabiat o‘zining nodir san’atkor ekanini namoyish etadi . Mazkur gapdagi yasama otlar miqdorini aniqlang . A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta 27. Asos+ faoliyat oti yasovchi+shaxs oti yasovchi+faoliyat oti yasovchi tarkibli so‘zni toping. A) bilimdonlik B) to‘qimachilik C) yog‘ingarchilik D) terimchilik 28. Qaysi javobda ko‘rsatilgan so‘z tarkibida ot yasalishining ikki turi sodir bo‘lgan ? A) gultojixo‘roz B) asalarichi C) namozshomgul D) bo‘yoqchilik 29. Qaysi yasama ot tarkibida ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud ? A) dehqonchilik B) bog‘dorchilik C) terimchilik D) temirchilik 30. Qaysi javobda yasama otlar berilgan ? A) o‘sma , ko‘rsatma , eslatma B) terma , qaynatma , ko‘chma C) olinma , tortma , hovliqma D) quyma , sochma , bostirma Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling