Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
SIFAT SO‘Z TURKUMI 2 -VARIANT
1. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat ishtirok etgan? A.Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo‘ladi. B.Atrofdagi hovlidan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. C.Bu bog‘lar ichida oq, qizg‘ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko‘rkam binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. D.Bulutlar rang-barang, ranglar tinmay o‘zgaradi. 2. Qaysi javobda ikki o‘rinda sifat otlashgan? A.Sinfimizda bilimdonlar ko‘p . B. Birpasda uni mash’ala ko‘targanlar o‘rab olishdi. C. Otning yaxshisi uloqda bilinadi. D. Yomonlarga tiz cho‘kish mardning ishi emas. 3. Sifat oldidan kelib belgining ortiq yo kamligini bildiradigan birliklarning qaysilari qo‘shib yoziladi? 1. to‘q 2. jiqqa 3. tim 4. liq 5. lang. 6. Och A. barchasi ajratib yoziladi B. 1,2,5 ajratib, 3,4,6 qo‘shib yoziladi. C. 1,2, ajratib, 3,4,5,6 qo‘shib yoziladi. D.barchasi qo‘shib yoziladi. 4. Qaysi gaplar tarkibida yasama sifat mavjud? 1. G‘iyos aka yumshoq ajriq ustiga ynboshladi. 2. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. 3. Keng, ulug‘vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan. A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) l va 3 D) 1, 2, 3 5. Nisbiy sifat ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Og‘ir toshni suv siljitolmas. B) Muhayyo bu sodda, chaqqon bolaga havaslanib qaradi. C) Uyning bekasi stol ustiga shirin, qishki olmalarni terib qo‘ydi. D) Fe’li keng, saxovatli, mehmondo‘st xalqimizning dong‘i olamga ketgan 6. Qaysi qatordagi gapda xususiyat sifati ishtirok etgan? A) Olim juda ziyrak bola. B) Xolam bugun juda g‘amgin ko‘rinadi. C) Murod aka, juda injiq odamsiz-da. D) A ,B C 7. Qaysi qatorda maza-ta’m sifatlari berilgan? A) shirin, taxir, suyuq B) nordon, quyuq, qattiq C) tilyorar, chuchuk, taxir D) muattar, badbo‘y, ziyrak 8. Qaysi qatorda hajmni bildiruvchi sifat otlashgan? A) Kattasini olib bering. B) ,,Qizilni qo‘yib yuziga” qo‘shig‘i lirik turdagi xalq qo‘shig‘idir. C) Ilg‘orlarga mukofotlar berildi. D) Yaxshidan bog‘ qoladi. 9. Zamon-makon sifatlari berilgan qatorni toping. A) sahar, shom, tush B) hafta, kun, yil C) tushki, qadimgi, keyin D) qishki, kuzgi, tashqi 10. Qaysi qatorda oddiy darajadagi sifatlar berilgan? A) sal qora, tim qora B) oppoq, ko‘m-ko‘k C) osmono‘par, bezbet D) yaltiroq, qorong‘iroq 11. Sifatning qiyosiy darajasi ishtirok etgan gapni toping. A) Bo‘yi mendan kattarog‘-u, ozi sap-sariq. B) Ovozim jarangdor bo‘lsa kerak ,she’r o‘qish menga topshirildi. C) Bizning Shahlo o‘zi kichkina bo‘lsa-da, juda ziyrak qiz. D) A,B, C 12. Qaysi qatorda sifatlarning ozaytirma darajasi ishtirok etgan gap berilgan? A) U vazmin, ziyrak, chaqnoq ko‘z, sarg‘ish soch-u oppoq yuz li edi. B) Nomus jondan ham qimmatliroq C) Insoning aqli mushtidan ko‘ra kuchliroq D) Go‘zallikdan ezgulik yaxshiroqdir 13. Sifatlarning ozaytirma darajasi ishtirok etgan gapni toping A) Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo‘q . B) Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi. C) Insonning hayot yo‘li g‘oyat murakkab . D) Tim qora ko‘zlari birdan menga qaradi 14. Qaysi qatorda nisbiy sifatlar berilgan? A) beor, xushbichim, qora B) suronli, uzun, qoramtir C) jingalak, qalin, o‘siq. D) qishki, do‘ppili, devsifat 15. Sifat + ot ko‘rinishidagi qo‘shma sifatlar berilgan qatorni belgilang. A) sovuqqon, balandparvoz B) ertapishar, tezoqar C) kamgap, kamquvvat D) beshqarsak, beshotar. 16. Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo‘shimchalar berilgan? A) -ag‘on, -li B) -gan, ser- C) -li, ba- D) -gir, -viy 17. O‘zbek tiliga fors-tojik tilidan o‘zlashgan qo‘shimchalar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarni hosil qilishda ishtirok etadi? A) ot B) sifat C) fel D)son 18.Qaysi qatordagi so‘zlarning asosi belgi bildiradi? A) tishla, gulla, esla B) muzla, joyla, qishla C) yangila, tekisla, tozala D) bolala, dastala, bog‘la 19. Qaysi qatorda qo‘shma sifat ravish + ot birikuvidan tashkil topgan? A) ochko‘z B) xomsemiz C) mushtumzo‘z D) hozirjavob 20. Qaysi qatorda qo‘shma sifat olmosh + sifat qolipidan paydo bo‘lgan? A) ishbilarmon B) shuaro C) o‘zbilarmon D) rahmdil 21. Predmetning o‘rin va paytga ko‘ra belgisini bildiruvchi sifatlar qatorini toping. A) keng, katta, uzun B) oq, sariq, ko‘k C) ichki, ertalabki, kuzgi D) ochiq, yosh, keksa 22. Asliy sifatlar berilgan qatorni toping. A) paxtali, do‘ppili B) tongi, kuzgi C) turli, yozgi D) aqlli, zararli 23. Asosi fe’ldan iborat sifatlar qaysi? A) chirik, keyingi B) to‘lin, toyg‘oq C) sevimli, ko‘rik D) sog‘lom, tinch 24. Qaysi qatorda yasama sifat berilgan? A) oppoq B) keskin C) ziyrak D)qoramtir 25. Sodda tub sifatlarni belgilang. A) oqish, sovuq B) issiq, qalin C) sarg‘ish, mayin D) to‘lin, tiniq 26. Qaysi qatordagi gapda ot+sifatdosh shaklidagi qo‘shma sifat qatnashgan? A) U tuxumsimon shaklda edi. B) Bu holatga kulayotganlar ko‘p edi. C) Bog‘imizda olmaning ertapishar navlari ko‘p. D) Yurtimizda osmono‘par binolar qad rostladi 27. Qaysi qatorda sifatning orttirma darajasi qatnashgan gap berilgan? A) Ahmad oromgohdagi hamma bolalardan ko‘ra nimjon edi. B) Saidjon maktabda zo‘r o‘qir edi. C) Gulsaraga oyisi katta koptok olib berdi. D) Hamma yoq top-toza edi. 28. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo‘lgan buyuk shaxs edi. Ushbu gapda qatnashgan sifatlar haqidagi to‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1) asliy sifat 2) nisbiy sifat 3) tub sifat 4) yasama sifat 5) aniqlovchi vazifasida 6) hol vazifasida A) 2,4,5,6 B) 1, 3, 4,5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1,3,5 29. Qaysi gaplar tarkibida yasama sifat mavjud? 1. Yo‘lning ikki betidagi qoramtir, oq, qizil daraxtlarning tanga-tanga barglari iliq quyosh nuridan marvaridek tovlanadi. 2. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. 3. Pastdagi bog‘dan xazon hidi ko‘tarilib, uning xayollarini to‘lin oy chorlagan dalalarga olib ketar edi. A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 2, 3 30.Hindubek turkiy, forsiy tillarni mukammal o‘rgangan dilkash kishi bo‘lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. Ushbu gapda nechta nisbiy sifat ishtirok etgan? A) 2ta B)1 ta C) barchasi asliy sifat D) 3 ta Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling