Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
FONETIKA 1-VARIANT 1. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima? A) so‘zlarda bo‘g‘in hosil qilish B) so‘zlar tarkibini hosil qilish C) so‘zlarning ma'nolarini farqlash D) nutqimizda tovushlar zanjirini hosil qilish 2. Qaysi qatordagi so‘zlar tarkibida lablanmagan, til oldi, tor unli tovush mavjud? A) suv, unum, tuz, uy B) ko‘p, zo‘r, qo‘l, so‘z C) ozod, soz, oyoq, oq D) ilm, zikr, izn, ikki 3. Bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratish qoidalariga zid bo‘lmagan so‘zlar qaysi? A) aero-nav-ti-ka, aya-moq B) a-yol, i-bo-ra, e-shik-dan C)aba-diy, i-do-ra D) A va C 4. Quyidagi qaysi so‘zlar bo‘g‘inga noto‘g‘ri ko‘chirilmagan? A) sin-gil, ko‘n-gil B) tang-ri, kong-ress C) rang-o rang, ran-gin D) ke-li-ngiz-lar, men-ga 5. Qator kelgan undoshlar qaysi qatorda berilgan? A) go‘sht, do‘st, barg B) paxta, soxta, taxta C) gulla, hassos, alloma D) gramm, menga, o‘troq 6. Quyidagi qaysi so‘zlar chiziqcha bilan yozilmaydi? A) mehr oqibat, yer u osmon B) ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi C) birma bir, birin ketin D) bola chaqa vitse prezident 7. Berilgan so‘zlarning qaysi biri bo‘g‘iz undoshi bilan boshlanishi kerak? 1. xo‘plam 2. xattot 3. xalovat 4. xaloyiq 5. xandalak 6. xurpaymoq 7 xoli 8. xushnud 9. xovuz A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 1, 4, 5, 6, 8 C) 1, 3, 6, 7, 8 D) 1, 3, 5, 6, 9 8. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) jarrohlik, yebto‘ymas B) dilkusho, damqisma C) ustamon, umirtqa D) davolash, radiatr 9. Qaysi qatordagi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘ini portlovchi til oldi tovushlaridan iborat? A) usta, xumdon B) sergap, achchiq C) ketmon, sotmoq D) sandiq, tepa 10. Qaysi qatordagi so‘z imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan? A) istehzoomuz B) ohanrabo C)tum-taraqay D) tumonat 11. Qo‘sh undosh qaysi so‘zda noto‘g‘ri qo‘llangan? A) uddaburon B) shibbalamoq C) minnat D) hiqqichoq 12. Talaffuz qoidalariga ko‘ra qaysi so‘zda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz qilish uchun xizmat qiladi? A) ta’rif B) ma’naviy C) mo‘tabar D) qal’a 13. Bo‘g‘in ko‘chirish haqida aytilgan qaysi qoida noto‘g‘ri? A) O‘zlashma so‘zlarning bo‘ginlari chegarasida ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi. B) Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratiladi. C) O‘zlashma so‘zlarning bo‘ginlari chegarasida uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi. D)Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi. 14. 1. ekmoq; 2. ko‘rmoq; 3. chiqmoq; 4. osmoq Ushbu fe’llarda payt ravishdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan boshlanuvchi qo‘shimcha qo‘shiladi? A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 1, 3 15. Qaysi qatorda so‘zlarning ketma-ketligi alifbo tartibida berilgan? A) niyat, oqil, ro‘mol, sabr B) sim, ulug‘, cho‘pon, elektr C) belbog‘, vatan, xohish, fikr D) g‘isht, hayot, qasr, o‘zbek 16. Qaysi qatorda faqat lablangan unlilar ishtirok etgan? A) maktab, referat B) ustoz, qayiq, quyosh C) o‘lja olti, rahbar D) uzum, qog‘oz, yulduz 17. Qaysi so‘zda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan? A) ta’qiq B) ta’m C) ma’mur D) ma’yus 18. Qaysi undoshlar til undoshlari sanaladi? A) y, g, q B) v, f, l C) b, n, m D) v, m, f 19. Qaysi qatordagi yasama so‘z unli va jarangli undoshlardan iborat? A) ko‘makdosh B) gulchi C) yozdir D) ranjidi 20. Qaysi qatordagi so‘zda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? A) iddao B) muruvvat C) muzoffot D) muvaqqat 21. Qaysi yasama so‘z o‘zagida jarangsiz undoshlar mavjud emas? A) gulduramoq B) ikkilanmoq C) shoshilinch D) balandroq 22. Qaysi so‘z tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirish orqali yangi ma’noli so‘z hosil qilish mumkin? 1. tor; 2. tovon; 3. tarz; 4. rasm; 5. sharm A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) berilgan barcha so‘zlarda 23. Qaysi yasama so‘zlarda faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan? 1. ranjidi; 2. ozay; 3. lolalar; 4. ommaviy; 5. beshikchi; 6. Jimjimador A)1,2,4,6 B)1,2,3,4,6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 3, 5 24. Talaffuz qoidalariga ko‘ra qaysi so‘zda tutuq belgisi unlini cho‘zib tallaffuz qilish uchun xizmat qiladi? A) hay’at B) qat’iyat C) ta’zim D) san’at 25. Quyidagi qaysi so‘zlardan biri imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilmagan? A) hurpaymoq B) g‘aldir-g‘uldur C) qurt-qumursqa D) taajub 26. k va g‘ undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi? A) lablarning ishtirokiga ko‘ra B) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra C) tilning qayerida hosil bo‘lishiga ko‘ra D) tarkibiga ko‘ra 27. Qaysi qatordagi so‘z imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilmagan? A) bahuzur B) bazo‘r C) baynalmilal D) barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan 28. Yopiq bo‘ginlaridan biri faqat lab undoshlaridan tahkil topgan so‘z qaysi qatorda berilgan? A) bolg‘a B) konduktor C) mafkura D) bodomzor 29. Vatan arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni bildiradi. Berilgan gapda nechta til oldi tovushlari mavjud? A) 11ta B)18 ta C) 19 ta D) 20 ta 30. 1). . ullas; 2) osh. . ona; 3). . ayolparast; 4) a. . loq; 5). . alokat; 6). . ushyorlik; 7) mu. . lis; 8). . abar Berilgan so‘zlardan qaysilariga bo‘g‘iz tovushi qo‘yilishi kerak? A) 1,2,5,7 B) 5,6 C) 5,6,7 D) 2,3,5,8 Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling