Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

 
 
 


MORFEMIKA 2-VARIANT
 
1. Quyida berilgan gapda nechta yasama soʻz bor?
Ustoz nihoyatda tiyraklik bilan koʻpchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan 
samimiyat va bolalarcha begʻuborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. 
A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 5 ta 
2. Teatrdagilar oʻrinlaridan turib olqishladilar.Ushbu gapdagi qoʻshimchalarni aniqlang. 
A) 2 ta soʻz yasovchi, 5 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 3 ta sintaktik shakl yasovchi 
B) 1 ta soʻz yasovchi, 6 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi 
C) 3 ta soʻz yasovchi, 5 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi 
D) 1 ta soʻz yasovchi, 4 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 3 ta sintaktik shakl yasovchi 
3. Dunyoviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlarni tarbiyalash shu 
kunning bosh vazifasidir. 
Ushbu gapda yasama soʻzlar soni nechta? 
A) 6 ta B) 5 ga C) 8 ta D) 7 ga 
4. Bir bola ulgʻaygach, otasi unga ishlab pul topib kelishni buyurdi.
Ushbu gapdagi yasama soʻzlar sonini toping. 
A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 
5. Quyida berilgan gapda qanday qoʻshimcha yoʻq? 
Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi. 
A) lugʻaviy shakl yasovchi va soʻz yasovchi qoʻshimchalar
B) lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha 
C) qoʻshimchalarning barcha turi bor
D) sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar 
6. Iste’dodli, bilimdon yoshlar oʻqish uchun chet ellarga yuborilmoqda. 
Mazkur gapdagi qoʻshimchalar soni va turi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? 
A) 3 ta soʻz yasovchi, 4 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi 
B) 2 ta, soʻz yasovchi, 4 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi 
C) 2 ta soʻz yasovchi, 2 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 4 ta sintaktik shakl yasovchi 
D) 3 ta soʻz yasovchi, 3 ta lugʻaviy shakl yasovchi, 2 ta sintaktik shakl yasovchi 
7. Faqat lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar ishtirok etgan soʻzlarni toping. 
A) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish B) giyohlarni, ajratildi, topilgan 
C) kamsitmoq, ulgʻaytirgan, borgali D) kulimsiramoq, ellardagi, ketguncha 
8. Quyida berilgan gapda qaysi soʻz turkumiga mansub yasama soʻzlar qoʻllangan? 
Devor boʻylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning
soʻnggi shu’lalari bilan oltinlanardi.
A) ot, ravish, fe’l B) ot va fe’l C) sifat va fe’ 1 
D) ot, sifat, fe’1 
9. -choq qoʻshimchasi haqidagi qaysi fikr toʻgʻri? 
A) sintaktik shakl yasovchi, soʻz yasovchi B) lugʻaviy va sintaktik shakl yasovchi
C) lugʻaviy shakl yasovchi , ot va sifat yasovchi D) lugʻaviy shakl yasovchi, sintaktik 
shakl yasovchi ,sifat yasovchi 


10. Mehmon jiddiylashdi bir narsani isbotlamoqchiday bir keskin gapirdi. 
Ushbu gapdagi yasama soʻzlarning qaysi soʻz turkumidan yasalganligini aniqlang. 
A) ot, ravish B) fe’l, ot, ravish C) ot, fe’l 
D) fe’l, ot, sifat 
11. Sherikchilik – bir yilchilik, qudachilik – ming yilchilik.
Ushbu maqoldagi soʻz yasovchi qoʻshimchalar miqdorini toping.
A) 8 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 6 ta 
12. Qaysi javobda tarkibi asos+soʻz yasovchi+soʻz yasovchi+lugʻaviy shakl yasovchi 
shaklidagi soʻz berilgan? 
A) oromgohlarimiz 
B) insoniyatniki C) bogʻdorchilik D) unumdorlikni
13. chizgʻich, yulgʻich soʻzlaridagi qoʻshimchalar qaysi qatorda toʻgʻri izohlangan? 
A) ot va sifat yasovchi qoʻshimcha boʻlib, oʻzaro shakldosh 
B) sifat va ot yasovchi qoʻshimcha boʻlib, oʻzaro shakldosh 
C) har ikkalasi ot yasovchi boʻlib, oʻzaro koʻp ma’noli 
D) ot yasovchi va lugʻaviy shakl hosil qiluvchi qoʻshimcha boʻlib, oʻzaro koʻp ma’noli 
14. Darvoqe, pand bersang bir jonga, U ham tinch tururmi hech zamon. Deydilar, 
tuflasang osmonga, Yuzingga tushgaydir begumon.
Ushbu misralarda qoʻllangan soʻz yasovchi qoʻshimchalar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 
15. Qaysi gapda soʻz yasovchi qoʻshimcha lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchadan keyin 
qoʻyilgan? 
A) Bolalarning begʻubor qalbi toʻlib toshib oqayotgan daryodek joʻshqin 
B) Shu-shu quyon changalzorga yolgʻiz bormaydigan boʻlibdi 
C) Boboxon goh oʻchirgʻichga, goh bugʻdoyzor tomon uchib ketayotgan chumchuq 
bolasiga qarab hang-mang boʻlib qolgan edi. 
D) Ipakday mayin, buloq suviday tiniq xayollaringizga hech kim xalal bermaydi. 
16. Qaysi gapda uchta yasama soʻz ishtirok etgan? 
A) Mehmon jiddiylashdi, nimanidir isbotlamoqchi bulganday keskin gapirdi. 
B) Ha, bu yurtlar chiroyli, daraxtzor boʻlgani bilan sovuq. 
C) U bolalikdan dorbozlarning oʻyinlarini yoqtirar edi. 
D) Semizlikni qoʻy koʻtarar deganlaridek, Omonga badavlatlik yoqmas edi. 
17. Oqqirov kasalligi gʻoʻza barglarida uy quradi, tuproqda, oʻsimlik chirindilari orasida 
qishlaydi.
Berilgan gapda nechta sodda yasama soʻz bor va ular qaysi turkumga mansub? 
A) 2 ta yasama ot, 1 ta yasama, fe’l B) 3 ta yasama ot, 1 ta yasama fe’l
C) 3 ta yasama ot D) 2 ta yasama ot, 2 ta yasama fe’l 
18. 1) sayroqi-tutatqi 2) otashin-gʻishtin 3) qishlik-yoshlik 4) chizgʻich-yulgʻich 
5) oqshomgi-sezgi 6) erinchoq- maqtanchoq
Berilgan juftliklarning qaysilarida ot va sifat yasovchi omonim (shakldosh) 
qoʻshimchalar ishtirok etgan?
A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5,6 C) 1, 2,. 4, 5 D) barchasida
19. Ilmsiz iliksiz soʻngak kabi boʻshdir, iliksiz soʻngakka qoʻl urilmaydi.


Ushbu gapda nechta soʻz yasovchi qoʻshimcha ishtirok etgan?
A) 4 B) 6 C) 5 D) 3 
20. Avaylaylik soʻzi qaysi qatorda ma’noli qism (morfema) larga toʻgʻri ajratilgan? 
A) avayla+y+lik B) avayla+ylik C) avay+la+y+lik D) avaylay+lik 
21. Qaysi soʻzda soʻz yasovchi qoʻshimcha sintaktik shakl yasovchidan keyin 
qoʻshilgan? 
A) atroflicha B) koʻnikma C) oʻzicha D) eskicha
22. Qaysi qatorda sintaktik va lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha orasida omonimlik 
(shakldoshlik) munosabati yuzaga kelgan?
A) doʻsti-boyi B) buloqqa-chayqa C) otam-koʻrdim D) koʻkish-borish 
23. Yigʻin , yogʻin, erkin, yashirin, koʻrin, artin
Ushbu soʻzlar tarkibidagi -in qoʻshimchasi ma’no va vazifasiga koʻra qanday 
qoʻshimcha ? 
A) soʻz yasovchi va nisbat shakli B) ot va sifat yasovchi 
C) ot yasovchi va nisbat shakli D) sifat yasovchi va nisbat shakli 
24. Quyida keltirilgan soʻzlardagi -in qoʻshimchasi qanday qoʻshimcha?
1) ekin; 2) toʻkin; 3) koʻrin; 4) yigʻin; 5) kiyin; 6) otashin 
A) 1-3-ot yasovchi, 2-5-sifat yasovchi, 4-6-lugʻaviy shakl yasovchi
B) 2-3-ot yasovchi, 1-4-sifat yasovchi, 5-6-lugʻviy shakl yasovchi 
C) 4-6- ot yasovchi, 1-3- sifat yasovchi, 2-4- lugʻaviy shakl yasovchi 
D) 1-4- ot yasovchi, 2-6- sifat yasovchi, 3-5- lugʻaviy shakl yasovchi 
25. Berilgan misollarning qaysi birida ot va sifat yasovchi qoʻshimchalar orasida 
shakldoshlik (omonimlik ) hodisasi yuz bermagan?
A) bosqin-sotqin, qirgʻin-soʻlgʻin 
B) hammasida ot va sifat yasovchi qoʻshimchalar oʻzaro omonimlik hosil qligan
C) chiziq-tiniq, sezgi-qadimgi
D) otashin-yashirin, tilak-elak 
26. Qaysi qatordagi yasama soʻzda soʻz yasovchi shakl yasovchidan soʻng joylashgan? 
A) buyruq B) torayish C) kesatmoq D) qaqshatqich 
27. -moq, -ma, -sa qoʻshimchalarining qaysi biri ham soʻz yasovchi, ham shakl yasovchi 
shakldosh qoʻshimcha vazifasini bajarishi mumkin?
A) -ma B) -sa, -moq C) -ma, -moq D) -moq, -ma, -sa 
28. Bilimdon, madaniyatli odam bilan johil, nodon, savodsiz oʻrtasida katta farq bor. Bu 
dunyoning goʻzalligi, boyligi, betakror saxovati ilm-hunar, san’at tufaylidir.
Ushbu gaplarda soʻz yasovchi qoʻshimchalar soni nechta?
A) 8 ta B) 9 ta C) 7 ta D) 6 ta
29. Qaysi misollarda soʻz yasovchi qoʻshimcha shakl yasovchi qoʻshimcha bilan 
omonimlik (shakldoshlik) hosil qilgan?
1) qalamdon, bilimdon; 2) toshqin, joʻshqin; 3) kelinchak, erinchak; 4) qoʻllanma, 
gapirma 
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2 D) 3, 4 


30. Qaysi gapda omonim (shakldosh) qoʻshimchalar ishtirok etgan? 
1. Yuz tilim boʻldi dilim bir bevafoning dastidan.
2. Barnoxon kutubxonamizning faol kitobxonlaridan.
3. Bu gapni direktorga siz aytasiz. 4. Vafosizda hayo yoʻq, hayosizda vafo yoʻq. 
A) 1 va 2 B) faqat 2 C) 1, 2, 3 D) 2, 4 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling