Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

SO‘Z YASALISHI 2-VARIANT 
1.Zolimmi,ablahmi otasi Nasibaga har yili kiyim xarid qiladi, o‘g‘lim bo‘lsa pochasi 
ilma-teshik shim kiyib yuribdi.
Gapda yasama so‘zlar necha o‘rinda ishtirok etgan?
A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta 
2.Berilganlardan tarkibidagi undoshlari faqat shovqinlilardan iborat yasama so‘zlar 
necha o‘rinda berilgan? 
to‘plam; toliq; siqiq; chayqa; tuyg‘u; to‘zg‘i
A) 2 o‘rinda B) 3 o‘rinda C) 4 o‘rinda D) 1 o‘rinda 
3.Inson o‘z hayotidagi g’alabali onlardan shodlanadi,turli omadsizliklar va 
qiyinchiliklardan esa tushkunlikka tushadi.
Berilgan gapdagi nechta yasama so‘zning yetakchi morfemasi sifat so‘z turkumiga 
mansub? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 
4.Yasalish va morfemik tuzilishlari soni bir xil bo‘lgan so‘zlar sonini aniqlang. 
tepkila, yugurgila ,tepkini, ishoraviy, faxrlan, ishlamaslik, ko‘pchilik 
A) uchtasi B) to‘rttasi C) beshtasi D) ikkitasi 
5.Quyidagilardan nechta so‘zning tarkibida ikkitadan so‘z yasovchi ko‘makchi morfema 
mavjud? 
Shoshilinch, yarqiroq, bosqinchilik, quchoqla, qiynoq, vayrongarchilik, atama. 
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 
6.Tub so‘zini belgilang. A) toliqmoq B) zoriqmoq C) namiqmoq D) kesatiq
7.Quyidagi gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha necha o‘rinda ishtirok etgan? 
Bekning bilimli, zakovatli, mulohazakor , tadbirkor bo‘lishi taqozo etiladi. Ochiq 
yuzlilik — bekning yaxshi fazilatlaridan biri.
A) 8 B) 7 C) 6 D) 9 
8.Qaysi qatorda eng ko‘p ma’noli qismdan iborat bo‘lgan so‘z berilgan? 
A) to‘plamlarni B) qo‘lqopdan C) millatparvar D) tuyg‘ularim 
9.Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo‘lgan ko‘makchi morfema ketma-ket qo‘shilgan 
so‘zni aniqlang. 
A) sinfimdan B) uyqusirab C) eslaganlik D) varaqlash 
10.Milliy xudbinlik kasaliga uchraganlar umuminsoniy manfaatlarga daxldor hamma 
tartib-intizomlarga yuzaki qarashadi.
Ushbu gapda nechta yasama so‘z mavjud?
A) 4 B) 5 C) 3 D) 6 
11.Atamashunoslik so‘zi tarkibidagi uchinchi ko‘makchi morfema qaysi so‘z turkumiga 
oid so‘zga yangi ma’no berishga xizmat qilgan?
A) Fe’l B) Ravish C) Sifat D) Ot


12.Quyida berilgan matndagi yasama so‘zlar sonini toping. 
O‘z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil unsurlardan saqlashga 
harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab 
almashtirilsa. 
A) 8 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 6 ta 
13.Sharros yomg‘irlar havoni tozalaydi, larzakor chaqmoqlar dilga jo‘shqinlik, quvvat 
ato etadi. 
Berilgan gap tarkibidagi yasama so‘zlar sonini aniqlang.
A) 4 B) 7 C) 5 D) 6 
14. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamxonam deymi, 
Oftobdan ham o‘zing mehri Ilig‘imsan, Vatanim. 
Ushbu she’riy parchada yasama so‘zlar necha o‘rinda qo‘llangan?
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 
15.Quyidagi qaysi javobda ko‘makchi morfemasida 2 ta shovqinli til undoshi o‘rtasida 
tor unli qatnashgan yasama so‘z berilgan?
A) chopqir B) kuyunchak C) yurgiz D) qaqshatqich 
16.Qaysi qatorda ot va fe’l yasovchi omonim (shakldosh) qo‘shimchalar berilgan? 
A) tilak, kechik B) yugurik, ko‘zik
C) ko‘rik, birik D) barcha javoblar to‘g‘ri 
17.Berilgan misollarning qaysi birida ot va sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida
(omonimlik) hodisasi yuz bermagan?
A) chiziq-tiniq, sezgi-qadimgi B) bosqin-sotqin, qirg‘in-so‘lg‘in
C) otashin-yashirin, tilak-elak D) barchasida ot va sifat yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro 
omonimlik hosil qilgan 
18. Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryo kabi jo‘shqin. Ushbu 
gapda nechta yasama so‘z mavjud? A) 1ta B)2ta C)3ta D)4ta 
19.Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning qo‘shimchalari o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar 
sanaladi ? 
A. kesim, yig‘in, so‘kin B. ekin, sog‘in, kiyin
C. ishla, quvla, so‘zla D. yopin, yuvin, ilin
20. Qaysi gaplarda otlar tarkibidagi egalik va kelishik qo‘shimchalari shakldoshlik hosil 
qilgan? 
1. Adl qulog‘i-la eshit holimi. 2. O‘zbekiston- Vatanim manim . 3. Ko‘rdingmi , 
orzungdagi malikani sen.
A. 1,2,3 B. 1,2 C. faqat 2 D. faqat 1 
21.Quyidagilardan yetakchi morfemasi bir bo‘g‘indan iborat yasama so‘zlarni belgilang.
1) serhosil; 2) yarqiroq; 3) uyum; 4) to‘pla; 5) susay; 6) sayroqi 
A. 2,3,5 B. 1,3,6 C. 2, 3, 4, 5 D. 5,6 
22. To‘tini o‘z ismini aytishga o‘rgatishadi. Ismini ko‘p qaytarishadi.Keyin bir kuni, 
ehtimol, bexosdanmi yoki o‘z kayfiyatini bildirish uchunmi, o‘sha so‘zni aytadi va shu 
ondayoq mukofot oladi. 


Berilgan parchada nechta so‘z tarkibida ham lug‘aviy shakl yasovchi, ham munosabat
shakli hosil qiluvchi qo‘shimchalar mavjud?
A.4 B. 5. C. 6 D. 3 
23.Bir turkum doirasidagi shakldosh so‘zlar qaysi javobda keltirilgan? 
A. yoz, palla, rasta B. palata, soch, nor
C. oq, savdo, oqibat 
D. savag‘ich, sandal, palla 
24.Asos+ lig‘aviy shakl yasovchi+ so‘z yasovchi+ munosabat qo‘shimchasi shaklidagi 
so‘z javoblarning qaysi birida qayd etilgan?
A. o‘chirg‘ichdan B. maqtanchoqlar C. qishlog‘imiz D. isitkichlarni 
25.Qaysi qatordagi so‘z tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni birdan ortiq 
qo‘llanilgan? 
A. mehnatkashlar B. o‘chirg‘ich
C. ilmiylik D.ulug‘vor 
26.Asriy uyquda yotgan , zulm ostida ezilgan vatandoshlariga ozodlik xabarini 
yetkazishga bel bog‘lagan shoir ma’rifatli edi.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar soni nechta? 
A. 3 B. 4 C.2 D.5 
27.Quyida berilgan qo‘shimchalardan nechtasi turli so‘z turkumi doirasida omonimligini 
namoyon qila oladi? -i, -ch, -miz, -ng, -choq, -ik, -qin
A) 7 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 6 tasi
28.She’riy parchada qatnashgan turlovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang.
Sen millatning mulkisan, Chiroyisan, ko‘rkisan, Fe’l-atvorini, ruhini Aks ettirgan 
ko‘zgusan.
A) 8 ta B) 9 ta C) 12 ta D) 11 ta
29. Uch o‘rinda shakldosh bo‘la oladigan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) bog‘; 2) til; 3) chog‘; 4) qil; 5) to‘p; 6) ort
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 5 C) 2, 3, 5, 6 D) 2, 5, 6
30. Shoshilish zo‘riqishga olib keladi. Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang, qoqilib 
yiqilishing mumkin.
Berilgan parchada nechta yasama so‘z mavjud? A) 2 B) 1 C) 4 D) 3

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling