Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
LEKSIKOLOGIYA 1-VARIANT
1. Qaysi qatorda ko‘p ma’noli so‘z keltirilmagan? A) bosh, ko‘z, quloq B) qo‘l, etak, tomir C) qovoq, siz, dam bermoq D) ildiz, tomir, bosh 2. Oqlamoq so‘zining asl (bosh) ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq B) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq C) do‘stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq D) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq 3. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘z qaysi gapda mavjud? A) Yurt bu kun ohuday xo‘p ishvakordir, Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor. B) Xudovando! Bu na ko‘rgulik. Endi netaman? To‘qqiz og‘izni qanday boqaman C) Mahkam ko‘zini yumib yotgan bo‘lsa-da, butun vujudi sergak. D) Uning buvasi oppoq soqolli , har bir so‘zini salmoqlab gapiradi. 4. Biror predmet belgisining, harakatining o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirish nima deyiladi? A) sinekdoxa B) metonimiya C) o‘xshatish D) metafora 5. Fuzuliyni oldim qo‘limga Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi Ushbu gapda ma’no kochirishning qaysi turi qo‘llangan? A)metafora B)sinekdoxa C)metonimiya D)kinoya 6. Dog‘ so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan? A) Yaxshi so‘z – yurak yog‘i, yomon so‘z – yurak dog‘i. B) Qo‘rqoqlik dog‘ini o‘lim ham yuvolmaydi. C) Bu gal bizning sha’nimizga dog‘ bo‘lishi mumkin. D) Oyda ham dog‘ bor. 7. Qaysi gapda yomon so‘zi qattiq, juda, nihoyatda so‘zlariga sinonim bo‘la oladi? A) Ishqilib yomon xabar aytmasin-da! B) Bugun Ahmad yomon futbol o‘ynadi. C) Eng yomoni xona g‘oyatda sovuq edi. D) Inoyat oqsoqol uni ko‘pchilik o‘rtasida yomon haqorat qilgan edi. 8. Quyidagi sanalgan ma’nolardan qaysilari olmalarni so‘zining atash ma’nosi hisoblanadi? 1) “mevali daraxt” ma’nosi; 2) “olma daraxti” ma’nosi 3) “ko‘plik” ma’nosi 4) “kelishik” ma’nosi A) 2, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 4 9. 1. Samovarda osh yedik. 2. Navoiyni kechadan beri ko‘tarib yuribman. 3. “Rossiya”ga qanday borsam bo‘ladi? 4. Bulutlar orasidan quyosh kulib qaraydi. Ushbu gaplarga ma’no ko‘chishning qaysi ko‘rinishi bor? A) 1, 2, 3- metonimiya, 4- metafora B) barchasi metonimiya C) 1-sinekdoxa, 2, 3-metonimiya, 4-metafora D) 1, 4- metafora, 2, 3- metonimiya 10. O‘rtog‘im birdan kulib yubordi, o‘zi juda serzavq, dali-g‘uli, sho‘x bola, - deydi Musavoy. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga ma’nodosh iborani toping A) og‘zi qulog‘ida B) ko‘nglida kiri yo‘q C) do‘ppisi yarimta D) yulduzni benarvon uradigan 11. Qo‘yi mingga yetdi iborasining ma’nosini toping. A) boyib ketmoq B) behad sevinmoq C) o‘zligini unutmoq D) maqsadiga erishmoq 12. Sel so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) Har qanday go‘sht tuzlanganda, seli chiqib ketadi B) Elmurod shunday o‘ylar selida g‘arq bo‘lib, uyqusi qochdi. C) Quyoshning seliga miriqib cho‘milgan yam-yashil dala barq uradi. D) Barcha gaplarda sel so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan. 13. Berilgan gaplardagi dam so‘zi qanday so‘zlarga ma’nodosh bo‘la olishini mos ketma-ketlikda aniqlang. 1. Bir dam o‘zini yo‘qotib, esankirab qoldi. 2. Ot pishqirgan damiga erir tog‘dagi qorlar. 3. Ibrohimov oyog‘ini yozgani o‘rnidan turdi va ayvonning damiga borib … uzoqdagi kaptarrang tog‘larga qaradi. 4. Xanjarini qinidan sug‘urib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. A) lahza, tig‘, chet, nafas B) lahza, nafas, chet, tig‘ C) lahza, nafas, tig‘, chet D) lahza, chet, nafas, tig‘ 14. Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin, Bolalarim yurar oyoq uchida. Ushbu satrlarda ma’no ko‘chishning qaysi ko‘rinishi bor? A) metafora B) sinekdoxa C) vazifadoshlik D) metonimiya 15. So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma’nolari hisoblanadi? A) morfologik ma’nolari B) grammatik ma’nolari C) so‘zlarning ko‘chma ma’nolari D) lug‘aviy ma’nolari 16. 1. Doka ro‘molin dol qo‘ygan, O‘ng betiga xol qo‘ygan. 2. Ertasiga haligi she’r gazetaning ikkinchi beti boshida bosilib chiqdi. 3.Yer ketmonning betini qayiradigan darajada tosh-metin bo‘lib muzladi. Ushbu gaplarda qo‘llangan bet so‘zi haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang. A) barcha gaplarda shakldosh so‘zlar qo‘llangan B) barcha gaplarda bir so‘zning turli ma’nolari qo‘llangan C) birinchi va ikkinchi gapda shakldosh so‘z qo‘llangan D) birinchi va uchinchi gapda shakldosh so‘z qo‘llangan 17. So‘zning grammatik ma’nolarini ifodalovchi grammatik shakllar tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi? A) leksikologiya B) morfologiya C) sintaksis D) fonetika 18. Yulduzni benarvon uradigan iborasining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) o‘taketgan qaysar B) o‘taketgan maqtanchoq C) o‘taketgan sho‘x D) o‘taketgan olg‘ir 19. Uning roziligini olmasdan turib bu ishga oyoq qo‘yish mumkin emas. Oyoq qo‘ymoq iborasi qanday ma’no anglatadi? A) ishni uddalamoq B) ishga kirishmoq C) ishga bormoq D) ishga yakun yasamoq 20. Butun orqali bo‘lakni ifodalash ma’no ko‘chishining qaysi turiga xos? A) metonimiya B) sinekdoxa C) vazifadoshlik D)metafora 21. Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima. Baytda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud? A) sinekdoxa B) metonimiya C) metafora D) vazifadoshlik 22. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari tobora ko‘payib borayotgan edi. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud? A) metonimiya B) metafora C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 23. Qaysi qatorda metonimiya asosida ma’no ko‘chgan? A) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. B) Osmon fonarin yoqdi shu onda. C) G‘oz singari qo‘nar ko‘llarga. D) Besh qo‘l barobar emas 24. Qaysi qatordagi so‘zlargina atash ma’nosiga ega? A) mustaqil so‘zlar B) yordamchi so‘zlar C) ot, sifat, son, fe’l, ravish D) undov va taqlid so‘zlar 25. Quyidagi gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi uchraydi? O‘n qo‘li o‘n hunar. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 26. Faqat bir so‘z turkumiga doir omonim bo‘lgan so‘zlarni toping. A) to‘q, uloq,uy, xonim B) yigirma, o‘ng, zil sho‘r C) shox, davlat, son D) sof, taxt, quv, rom 27. Qaysi qatorda paronimlar bilan bog‘liq xato bor? A) Kitob o‘qishning ko‘p afzallik tomonlari bor. B) Amir qilamanki, butun xalqqa don ulashilsin. C) Aniq faktlar ustida qayta ko‘rib chiqildi. D) O‘tganlarni yod etish- bizning burchimiz. 28. Shakldosh so‘zlar qaysi javobda berilgan? A) palata, oqibat,karam B) ravon, ko‘z, dunyo C) soch, palla, otash D) oq, savdo, ravish 29. Bir turkum doirasidagi shakldosh so‘zlar qaysi javobda keltirilgan? A) palata, soch, nor B) yoz, palla, rasta C) hadis, sandal, palla D) oq, savdo, oqibat 30. Qaysi javobda faqat shakldosh so‘zlar qayd etilgan? A) oqibat, rasta, savat B) savdo, nota, pilla C) sado, palata, rasta D) soch, baho, sayoz Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling