Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

 
LEKSIKOLOGIYA 2-VARIANT 
 
1. Quyidagi iborada ma’no ko‘chishining qaysi turi uchraydi? O‘n qo‘li o‘n hunar. 
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 
2. Faqat bir so‘z turkumiga doir omonim bo‘lgan so‘zlarni toping. 
A) to‘q, uloq,uy, xonim B) yigirma, o‘ng, zil sho‘r
C) shox, chaqa, o‘q D) sof, taxt, quv, rom 
3. Qaysi qatorda paronimlar bilan bog‘liq xato bor? 
A) Kitob o‘qishning ko‘p afzallik tomonlari bor.
B) Amir qilamanki, butun xalqqa don ulashilsin. 
C) Aniq faktlar asosida qayta ko‘rib chiqildi.
D) O‘tganlarni yod etish - bizning burchimiz. 
4. Shakldosh so‘zlar qaysi javobda berilgan? 
A) palata, oqibat, rasta B) ravon, ko‘z, dunyo
C) soch, palla, otash 
D) oq, savdo, ravish 


5. Qaysi qatordagi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud emas? 
A) Mashhur bog‘bon Darvesh hoji shaftoli, olxo‘ri ko‘chatlarini o‘tqazdi. 
B) Olisdagi qarindoshdan yaqindagi yod yaxshi. 
C) Davraga dutor, tambur, g‘ijjak, nay doira ko‘tarib mashshoqlar kirib keldi. 
D) Salimning gapi borgan sari unga ko‘proq nasha qilardi. 
6.Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jug‘rofiya, adabiyot 
ilmidan xabar topsagina alloma deb tan olinsa.
Ushbu gapda qo‘llangan handasa so‘zining ma’nodoshini toping. 
A) geodeziya 
B) psixologiya C) hadisshunoslik 
D) geometriya 
7. Ortmoq so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan? 
A) Toza suvga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda.
B) Mehnatdan do‘st ortar, g‘urbatda dushman. 
C) Xarajatdan ancha pul ortib qoldi.
D) Qalay, novvoylikdan bir nima ortdimi? 
8.Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud? 
1. Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she’r.
2. Urish, noming o‘chsin jahonda!
3. San’at saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
4. Og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi 
A) 2, 3 B) l, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2 
9. Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning uchalasi ham shakldosh (omonim) iga ega? 
A) mushak, kadr, chang B) karam, kuy, et
C) davlat, oz, qil D) berilganlarning barchasi shakldosh so‘zlar 
10. Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi.
Qanshar so‘zi qaysi javobda to‘gri izohlangan?
A) boshning orqa qismi B) burunning ikki qosh o‘rtasidagi yuqori qismi
C) yuzning jag‘ qismi D) peshonaning chekka qismi 
11. 1. Yurtim senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim also.
2. Mana shu daryodan Mirzacho‘l suv ichadi, ekin bitadi.
3. Katta Farg‘ona kanali qirq besh kunda bitdi.
Ushbu gapda qo‘llangan bitmoq so‘zining o‘zaro ma’no munosabati qaysi qatorda 
to‘g‘ri izohlangan? 
A) har uchala gapda mustaqil uchta so‘z, ya’ni o‘zaro shakldosh so‘z
B) Birinchi gapdagi bitmoq so‘zi ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so‘zlari bilan 
o‘zaro shakldosh, ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli 
ma’nolari 
C) har uchala gapda bir so‘zning turli ma’nolari, ya’ni polisemantik so‘z 
D) uchinchi gapdagi bitmoq so‘zi birinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so‘zlari bilan 
o‘zaro shakldosh, birinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so‘zi o‘zaro bir so‘zning turli 
ma’nolari. 
12. Sayramoq so‘zi qaysi gapda salbiy ma’noda qo‘llangan? 


A) Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi.
B) Jo‘ralari orasida “shirinsuxanlik” bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi. 
C) Dutorning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi.
D) Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi. 
13. Sen chindan ham go‘zalsan, Huzuringga keldim bot.
Bot so‘zi qanday ma’no anglatadi?
A) kech B) umrbod C) yana D) tez
14. Qaddini … tutmoq. Ushbu birikmadagi nuqtalar o‘rniga qaysi so‘zni qo‘yish 
mumkin? 
A) odil B) adil C) adl yoki odil D) adl
15. Butun orqali bo‘lakni ifodalash ma’no ko‘chishining qaysi turiga xos? 
A) metonimiya B) sinekdoxa C) vazifadoshlik D)metafora 
16. Tasviriy ifoda ma’nosi noto‘g‘ri berilgan qator qaysi? 
A) Pomir-dunyo tomi B) Farg‘ona-yashil vodiy
C) Traktor – po‘lat etak D) Pilla-kumush tola 
17. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud bo‘lgan gapni toping. 
A) Milliard yillar sari yo‘l olgan Avlodlarning ibtidosiman. 
B) Zilola yodsirab, qovog‘ini solib, teskari burildi. 
C) Anzirat xola o‘z-o‘zidan javrab,qorong‘ida ivirsib yurar edi. 
D) Qudrat ko‘cha aylanib kelib uyga kirsa, hech zog‘ yo‘q. 
18.Metafora usuli bilan so‘z ma’nosi ko‘chirilgan qatorni toping. 
A)Samolyotning qanoti o‘ta pishiq materialdan ishlangan. 
B)Tuyoqlar sonini ko‘paytirish cho‘ponlarning bosh maqsadi hisoblanadi. 
C)Avtomobilning eshigi ochilib, uch kishi tushib keldi. 
D)Sirojiddin rahbarlar qo‘lida qo‘g‘irchoq edi. 
19. Qaysi qatorda iboralarning ma’nosi noto‘g’ri berilgan? 
A.o‘rniga qo‘ymoq-bajarmoq, qo‘l urmoq-tegmoq 
B.kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq-haydamoq, yo‘q yerdagi-bo‘lmag‘ur 
C.ovi yurgan-baxtli,dili pora-xafa bo‘lmoq 
D.ko‘z-ko‘z qilmoq-maqtamoq, ko‘z ostiga olish- mo‘ljallash 
20. Metonimiya asosida ma’no ko‘chgan qatorni toping.
A. Besh qo‘l barobar emas.
B. Bahor kelinchakdek yasanib keldi. 
C. Ma’naviy barkamol inson komil inson bo‘ladi.
D. Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi. 
21. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato qaysi qatorda mavjud? 
A) Laziz yoqilg’i to‘la bochkalarni birin-ketin dumalatib ayvon tagiga taxladi. 
B) Tog’da don topolmay och qolgan kakliklar gala-galasi bilan daraga yopirilib tushgan. 
C) Samarqand bilan yondosh Buxoroda xalqning amirlikka qarshi harakati yanada 
rivojlandi. 
D) Yormat boshini ko‘tardi, bir qo‘lini yerga tirab yonboshladi.


22. Qaysi qatorda so‘zlar juftligi paronim so‘z sanalmaydi? 
A) bob-bop B) abzal-afzal C) da’vo-davo D) sabir-sabr
23. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishi ko‘rsatuvchi lug‘atga nima deyiladi? 
A) tarjima lug‘at B) izohli lug‘at C) frazeologik lug‘at D) imlo lug‘at 
24. So‘z eskiradi , tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilan nomlanadi. Ularga ....... 
deyiladi 
A) arxaik so‘zlar B) tarixiy so‘zlar C) yangi so‘zlar D) o‘z ma’nosini yo‘qotgan so‘zlar 
25. O‘zbekiston qora oltini bilan ham dunyoga mashhur bo‘lmoqda. Ushbu gapda 
qanday so‘z qo‘llangan? 
A) atama B)eskirgan so‘zlar C)olinma sozlar D)tasviriy ifoda 
26. Qaysi ibora “xo‘rlandi” so‘ziga sinonim bo‘ladi? 
A) tepa sochi tikka bo‘ldi B) terisiga sig‘may qoldi
C) oyoq osti bo‘ldi D) mum tishlab qoldi 
27. Bezovta so‘zining antonimi bilan ma’nodosh bo‘la oladigan ibora qaysi qatorda 
berilgan? 
A) ko‘zi och B) cho‘ntagi baquvvat C) qo‘li ochiq 
D) ko‘ngli to‘q 
28.Quyidagi qaysi qatorda ot (ism), ot (hayvon),ot (fe’l) so‘zlarining noto‘g’ri tavsifi 
berilgan? 
A) Bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z B) Bir xil shakldagi alohida so‘z 
C) Bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z D) O‘zaro shakldosh (omonim) so‘z 
29.O‘tkir so‘zi ma’no -munosabatiga ko‘ra qanday so‘z? 
1.Qo‘lida o‘tkir boltasi bor edi. 2.Ariqlar bo‘yida o‘tkir hidli yalpizlar o‘sgan. 
3.Bekzod juda o‘tkir bola ekan. 
A) O‘zaro shakldosh (omonim) so‘zlar B) Ma’nodosh (sinonim) so‘zlar 
C) Zid (antonim) so‘zlar D) Ko‘p ma’noli so‘z 
30.Javoblardan oltin so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan gapni belgilang. 
A) Bolaligida Zulayho oltin sochli qizaloq edi.
B) Yor-u do‘stlar ahil bo‘lib, cho‘lda oltin undirishdi 
C) Oltin kuzning o‘z fazilati bor.
D) O‘zbekiston oltini xalq farovonligiga, Vatanimizning yuksalishiga xizmat qilmoqda 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling