Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


LEKSIKOLOGIYA. SO‘Z MA’NOSINING KO‘CHISHI 1-VARIANT


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

LEKSIKOLOGIYA. SO‘Z MA’NOSINING KO‘CHISHI 1-VARIANT 
1. Qaysi qatorda ko‘p ma’noli so‘z keltirilmagan? 
A) bosh, ko‘z, quloq B) qo‘l, etak, tomir
C) qovoq, siz, dam bermoq D) ildiz, tomir, bosh 
2. Oqlamoq so‘zining asl (bosh) ma’nosi qaysi javobda ko‘rsatilgan? 
A) daraxtlarni oqlamoq, devorni oqlamoq B) sholi oqlamoq, mastavani oqlamoq 
C) do‘stni oqlamoq, ona sutini oqlamoq D) ishonchni oqlamoq, choyni oqlamoq 
3. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘z qaysi gapda mavjud? 
A) Yurt bu kun ohuday xo‘p ishvakordir, Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor.
B) Xudovando! Bu na ko‘rgulik. Endi netaman? To‘qqiz og‘izni qanday boqaman ? 
C) Mahkam ko‘zini yumib yotgan bo‘lsa-da, butun vujudi sergak. 
D) Uning buvasi oppoq soqolli , har bir so‘zini salmoqlab gapiradi. 
4. Biror predmet belgisining, harakatining o‘xshash tomonini boshqasiga ko‘chirish 
nima deyiladi? 
A) sinekdoxa B) metonimiya C) o‘xshatish D) metafora 
5. Vazifadoshlik asosida so‘z ma’nosi ko‘chgan gap berilgan qatorni aniqlang. 
A)Kechgacha tuz totmadi B)Stolning oyog‘i qiyshayib qolibdi.
C)Saida o‘ninchini bu yil bitirdi. D)Onaning ko‘ngli eridi. 
6. Dog‘ so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan? 
A) Yaxshi so‘z – yurak yog‘i, yomon so‘z – yurak dog‘i.
B) Qo‘rqoqlik dog‘ini o‘lim ham yuvolmaydi.
C) Bu gal bizning sha’nimizga dog‘ bo‘lishi mumkin. 
D) Oyda ham dog‘ bor.
7. Quyidagi sanalgan ma’nolardan qaysilari olmalarni so‘zining atash ma’nosi 
hisoblanadi?
1) “mevali daraxt” ma’nosi; 2) “olma daraxti” ma’nosi 3) “ko‘plik” ma’nosi
4) “kelishik” ma’nosi A) 2, 4 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 1, 4 
8. 1. Samovarda osh yedik. 2. Navoiyni kechadan beri ko‘tarib yuribman.
3. “Rossiya”ga qanday borsam bo‘ladi? 4. Bulutlar orasidan quyosh kulib 
qaraydi.
Ushbu gaplarga ma’no ko‘chishning qaysi ko‘rinishi bor? 
A) 1, 2, 3- metonimiya, 4- metafora B) barchasi metonimiya 
C) 1-sinekdoxa, 2, 3-metonimiya, 4-metafora D) 1, 4- metafora, 2, 3- metonimiya
9. Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin, Bolalarim yurar oyoq uchida.
Ushbu satrlarda ma’no ko‘chishning qaysi ko‘rinishi bor? 
A) metafora
B) sinekdoxa C) vazifadoshlik
D) metonimiya
10. So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi 
ularning qanday ma’nolari hisoblanadi? A) morfologik ma’nolari B) grammatik 
ma’nolari C) so‘zlarning ko‘chma ma’nolari D) lug‘aviy ma’nolari
11. Butun orqali bo‘lakni ifodalash ma’no ko‘chishining qaysi turiga xos? 


A) metonimiya B) sinekdoxa C) vazifadoshlik D)metafora 
12. Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qoshima.
Baytda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud? 
A) sinekdoxa B) metonimiya C) metafora D) vazifadoshlik 
13. Vazifadoshlik asosida so‘z ma’nosi ko‘chgan gap berilgan qatorni aniqlang. 
A)Samolyotning qanoti pishiq materialdan ishlangan.
B)Havoda o‘tkir hid gurkiradi. 
C)Maktab bolalari uchun ,,G‘uncha” yaxshi.
D)Uyda meni uchta qorako‘z kutib turibdi. 
14. Qaysi qatorda metonimiya asosida ma’no ko‘chgan? 
A) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. B) Osmon fonarin yoqdi shu onda. 
C) G‘oz singari qo‘nar ko‘llarga. D) Besh qo‘l barobar emas 
15. Qaysi qatordagi so‘zlargina atash ma’nosiga ega?
A) mustaqil so‘zlar B) yordamchi so‘zlar
C) ot, sifat, son, fe’l, ravish D) undov va taqlid so‘zlar 
16. Quyidagi gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi uchraydi? O‘n qo‘li o‘n hunar. 
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 
17. Ortmoq so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llangan? 
A) Toza suvga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda.
B) Mehnatdan do‘st ortar, g‘urbatda dushman.
C)Xarajatdan ancha pul ortib qoldi.
D) Qalay, novvoylikdan bir nima ortdimi? 
18.Qaysi gapda koʼchma ma’noli soʼz qoʼllangan? 
A)Allayorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi. 
B) U koʼl yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi. 
C) Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan boʼlsa ham xuddi oʼsmirlarday yengil 
qadam tashlardi. D) Barcha javoblarda mavjud. 
19.Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina oʼrgangan. Ushbu gapda qanday ma’no 
koʼchishi mavjud? A) Metafora B) Metonomiya C) Sinekdoxa D)Vazifadoshlik 
20.Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma’no koʼchish hodisasi yuz bergan? 
A) Bahor kelinchakdek yasanib keldi 
B) Poʼlatjonning tili tanglayiga yopishib qolgandek edi.
C) Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. 
D) Barcha gaplarda metofora usuli mavjud. 
21.Baland va chiroyli tog‘lar ko‘rindi. Ushbu gapdagi baland so‘zining grammatik 
ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A)Belgi B)Sifat C)Oddiy daraja D)B va C 
22.Metafora qaysi qatordagi gapda uchraydi? 
A)Ariq yoqasida gullar ochilgan. B)U tirnoqqa zor o‘tdi. 
C)Butun Samarqand g‘azabga keldi. D)Navoiyni o‘qib chiqdim. 
23.Metonimiya asosida ma’no ko‘chgan qatorni toping.
A)Besh qo‘l barobar emas. B)Bahor kelinchakdek yasanib keldi. 


C)Ma’naviy barkamol inson komil inson bo‘ladi.
D) Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi. 
24. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari tobora ko‘payib borayotgan edi. Ushbu 
gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud? 
A) metonimiya 
B) metafora C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 
25. Yangi poyezdlar po‘lat izlar uzra ildam ketmoqda. Ushbu gapda “po‘lat” so‘zi 
ma’no ko‘chishining qaysi turini hosil qilgan? 
A) sinekdoxa B) metonimiya C) metafora D) vazifadoshlik 
26. Fuzuliyni oldim qo‘limga Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi. 
Ushbu gapda ma’no ko‘chirishning qaysi turi qo‘llangan? 
A)Metafora B)sinekdoxa C)metonimiya D) vazifadoshlik 
27.Bu odamni men har kuni shu vaqtda 44 da (avtobus ma’nosida) ko‘rardim.
Ostiga chizilgan( izoh berilgan ) so‘zdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang.
A) sinekdoxa B) metafora C) vazifadoshlik D) metonimiya 
28. Jingalak soch hadeb u yoqdan bu yoqqa o‘tardi. 
Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi qo‘llangan? 
A)metafora B)vazifadoshlik C) sinekdoxa D) metonimiya
29.Negadir ertalabdan beri butun shahar jimjit. 
Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi qo‘llangan? 
A) metonimiya B) vazifadoshlik C) metafora D) sinekdoxa 
30.Qaysi qatorda gullar so‘zining lug’aviy ma’nosi to‘g’ri berilgan? 
A) III shaxs ko‘plik shaklida B) Ot so‘z turkumiga tegishli
C)O‘simlik ma’nosi D)Bosh kelishikdagi so‘z 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling