Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
FONETIKA 4-VARIANT
1. Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida yozilmagan? A.orzu, xalq, fasl B. rahbar, talaffuz, shoir C. kashfiyot,matonat,olma D.akademiya,dovyurak, rais 2. Qo‘sh undosh xato qo‘llangan so‘zlar joylashgan qatorni belgilang. A. himmatli, haqqoniyat B.dramma, ushshatmoq C.yillik,g‘alla D. achchiq, pashsha 3. sh va p tovushlari qaysi xususiyatiga ko‘ra bir guruhga kiradi? A. lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko‘ra B. portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra C. tilning qayerda paydo bo‘lishiga ko‘ra D. jarangli va jarangsizligiga ko‘ra 4. Qaysi so‘zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi? A. ingichka B. tartib C. qamchin D.manmanlik 5. Quyida berilgan qaysi so‘z fonetik yozuv asosida yozilgan? A. do‘st, past, susay B. cherkov, oyna, o‘qittir C.unga, tilakka. seni D.qo‘ziqorin,tushdi, uchta 6. Quyidagilardan qaysi so‘zda til oldi undoshi og‘zaki nutqda lab-lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi? A) ichdim B) shanba C) taqsim D) borib 7. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so‘zlar berilgan? A)kongress, yengil, shtanga B)kenglik, ingramoq, tungi C)chang, qaytingiz, tonggi D)singil, menga, ko‘ngil 8. Tilshunoslikning qaysi bo‘limida bosh harflarning qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi? A) morfologiyada B) sintaksisda C) fonetikada D) orfografiyada 9. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi so‘z to‘g‘ri yozilgan? A) tug‘gan B) boqqa C) tokga D) bilakga 10. Imloviy jihatdan so‘zlarni to‘g’ri yozishga qaratilgan qonun-qoidalar majmui … deyiladi. A) orfoepiya qoidalari B) fonetik qoidalar C) grammatik qoidalar D) orfografik qoidalar 11. Qaysi qatorda buyrug’ingiz so‘zining tovush o‘zgarishlariga to‘g’ri tavsif berilgan? A) tovush tushishi va almashishi B) tovush orttirilishi va almashishi C) tovush tushishi va orttirilishi D) tovush almashishi 12. Qaysi so‘zda tutuq belgisi unlini cho‘zib talaffuz qilishga xizmat qiladi? A) hay’at B) ta’sir C) qal’a D) qat’iyat 13. Qaysi so‘z tarkibida portlovchi undosh tovush mavjud? A) yuzsiz B) sababsiz C) suvsiz D) foizsiz 14. Qaysi qatordagi so‘zlarda urg‘u olmaydigan qo‘shimchalar mavjud? A) yigitcha, futbolchi, archazor B) mardlarcha, ketma, olmadek C) borma, senla, gullar D) burama (sifat), atash, do‘stona 15. Tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirib yangi ma’noli so‘z hosil qilish mumkin bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) tarz, tovon, ganch B) tom, solih, qarz C) tog‘, sog‘, xiyla D) don, o‘z, dil 16. b va k tovushlari qaysi xususiyatiga ko‘ra bir guruhga mansub? A) tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra B) lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko‘ra C) portlovchi yoki sirg’aluvchiligiga ko‘ra D) jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra 17. Qaysi qatorda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, so‘z oxiridagi k yoki q tovushiga o‘zgarmaydigan otlar berilgan? A) idrok, nutq, axloq B) koptok, pichoq, tirnoq C) o‘rtoq, kelajak, qarmoq D) o‘rik, tuproq, istak 18. Qaysi qatordagi so‘zlarda tovush tushishi hodisasi yuz bergan? A) unga, shundagi, bunaqa B) qishlog’im, etigim, o‘rtog’im C) qaynoq, yamoq, so‘roq D) buyrug’ingiz, o‘ynama, mening 19. Quyidagi so‘zlardan nechtasida nuqtalar o‘rnida chuqur til orqa sirg‘aluvchi undosh yoziladi? ishta...a, ji...oz, e...son, ehtiyotkor, za...matkash, ...oqon, mar...amat,mu...ojir,sul... A)uchtasida B)bittasida C)to‘rttasida D)ikkitasida 20. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko‘ra Is’hoq so‘zida ishlataladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi? A) unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi B) unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalaydi C) so‘z urg‘usini ifodalaydi D) oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi 21. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar mavjud? A) tovush tushishi va almashuvi B) tovush tushishi C) tovush almashuvi, tovush tushishi va tovush orttirilishi D) tovush almashuvi va tovush orttirilishi 22. Qoyalar bag‘ridan o‘ynab oqib tushayotgan shalola unga zavq bag‘ishlardi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so‘zlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) l ta C) 4 ta D) 3 ta 23. So‘z tarkibida qaysi harflardan oldin kelgan n harfi m holida o‘qiladi, lekin n yoziladi? A) d va t B) b va r C) v va f D) b va m 24. Qaysi qatorda barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida f harfi qo‘yiladi? A) a…zal, a…g‘on, ta…fiq B) a…tol, a…gor, ta…silot C) a…sona, ha…sala, ta…siflamoq D)sha…qat, da’…a , ta…tish 25. Qaysi so‘zning yopiq bo‘g‘ini unli va jarangli undoshdan iborat? A) yoqimli B) qadriyat C) fazilat D) iztirob 26. Berilgan qaysi so‘zda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan? A) ma’sum B) ma’sul C) ma’qul D) ma’mur 27. 1) kav…sh; 2) kib…r; 3) kir…m; 4) lut…f; 5) moy…l Imlo qoidasiga ko‘ra nuqtalar o‘rnida i unlisi qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni belgilang. A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 4 D) 3, 5 28. -a, -ay, -illa fe’l yasovchi qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilganda, qanday tovush hodisasi ro‘y beradi? A) tovush tushishi, tovush orttirilishi B) tovush tushishi, tovush almashishi C) tovush orttirilishi, tovush almashishi D) tovush tushishi, tovush orttirilishi, tovush almashishi 29. Qush edim, qanotim qayrildi; gul edim, bulbulimdan ayrildim; ko‘nglim sindi chil- chil; mening ozurda yuragimni bu kun so‘roqlamas hech kim. Ushbu gapda fonetik qoida asosida yozilgan nechta so‘z bor ? A) 3 ta so‘z B) 4 ta so‘z C) 5 ta so‘z D)6 ta so‘z 30. Yashil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, ust tomoni qayrilgan o‘ymakor panjarali, katta va og‘ir darvozaga yetganda yigitning yuragi biroz o‘ynab ketdi. Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar soni nechta? A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4ta Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling