Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

FONETIKA 2-VARIANT 
 
1. Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘z qatnashgan gap qaysi javobda berilgan?
A. Temir qo‘rg‘on ichida toychoq o‘ynaydi. B. Bir nafasda olamni kezar
C. Tilsiz aql o‘rgatar D. Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi. 
2. Qator undoshli so‘z berilgan javobni toping.
A. istiqlol B. istara C. estrada D. ishtirok 
3. Tutuq belgisi barcha so‘zlardagi unlining cho‘ziqroq aytilishiga xizmat qilgan qator
qaysi? A. she’r, sa’va, qal’a B. in’om , e’tibor, sa’va
C. she’r, nash’a, da’vo D. da’vo, ne’mat, ta’na 
4. Birovning narsasini so‘roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh hisoblanadi.
Gap tarkibidagi so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida qanday fonetik o‘zgarish
yuz bergan?
A. tovush tushishi B. tovush orttirilishi
C. tovush almashishi D. tovush tushishi va almashishi 
5. Qo‘sh undoshlardan biri tushirilganda so‘zning ma’nosi o‘zgaradigan qatorni toping. 
A. grammatika, zarra, taraqqiyot B.issiq, do‘ppi, qattiq
C. ellar, sodda, nonning D. jajji, sodda, million 
6. Quyida berilgan so‘zlardan qaysilari talaffuzda tovush orttirilishi to‘liq kuzatiladi? 
A. shariat, doim, Noila B. iftixor, itoat, faxr
C. faxr, hukm, fazo D. jajji, soda, million 
7. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan tovush almashinishi yuz beradigan so‘zlar qatorini
toping. 
A. o‘yin, o‘qi, bog‘ B. o‘rdak, qishloq, qo‘shiq
C. havola, humo, hikoya D. hayron, xushxabar, hukm
8. Bo‘g‘iz undoshlari bilan boshlanuvchi ochiq bo‘g‘indagi so‘zlar qatorini toping.


A. hodisa, Huvaydo, xulosa B. xabar, xonadoshi, hukm
C. havola, hikoya, hodisa D. hayron, xushxabar, hurmat 
9. Faqat jarangsiz undoshlardan iborat so‘zni toping.
A. taraqqiyot B. tafakkur C. shovqin D. huquq 
10. Urg‘uning o‘rni o‘zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan so‘zlar qatorini
toping.
1. ko‘zlar 2. bog‘lar 3. harakat 4. yigitcha 5. qo‘llar 6. ko‘mir 7. Ishlar
A. 1,2,4,5,7 B. 2,3,5,7 C. 2,4,5,6 D. 2,3,5,6
11. Qaysi qatorda yonma-yon kelgan undoshlar orasida bir unli orttirilsa, yangi so‘z gosil 
bo‘ladi ? 
1. aql 2. asl 3. ahl 4. qahr 5. asr 6. Qurt
A. 1,2,3,4,5,6 B. 1,2,3,5,6 C. 2,4,5,6 D. 2,3,5,6 
12. Yonma-yon kelgan tovushlarning o‘rin almashishi tilshunoslikda qanday ataladi? 
A. assimilatsiya B. dissimilatsiya C. metateza D. tovush almashishi 
13. Qator undoshli so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A. traktor, paxta, chaqqon B. ikki million , metall
C. go‘sht, nazm, qadr D. paxta, nimcha, o‘simlik 
14. Quyidagi gapda nechta jarangli til orqa undoshi mavjud?
Bu gal omadi kelmadi - doim ham yeng ichida ish bitavermas ekan.
A. 4ta B. 3ta C. 2ta D. 1ta 
15. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi.
Gapda qanday fonetik o‘zgarish yuz bergan ?
A. tovush tushishi, almashishi B. tovush orttirilishi, tushishi
C. tovush almashishi, orttirilishi D. tovush almashishi 
16. a unlisi o kabi aytiladigan so‘zlar qatori qaysi ?
A. tonna, oynak, kombayn B. savob, zamon, bahor
C.qaynoq, sanoq, dumaloq D. tomosha, zamon, muomala 
17. Fonetik tamoyil asosida yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A.yasha, saylov, angla, o‘quv B. yong‘oq, maktab, farzand, tilak
C. o‘yna , ulg‘ay, sarg‘ay, shanba D. singil, burun, muomala, sana 
18. Ona tili- bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra miqdorini
aniqlang. 
A. 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa , 1ta bo‘g‘iz
B. 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa , 1 ta chuqur til o‘rta, 1ta bo‘giz
C. . 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa , 1ta chuqur til orqa, 1 ta til o‘rta
D. 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til oldi , 1ta bo‘giz 
19. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan tovush tushib, ochiq bo‘g‘inlarning yopiq bo‘g‘inga 
aylanishi qaysi qatorda ? 
A. ayir, ulug‘, ko‘ngil, o‘rin B.sariq, singil, dengiz, ko‘zlar
C. ko‘ngil, sakkiz, bag‘ir D. qorin, sog‘in, yonilg‘i 


20. Shovulladi tun bo‘yi shamol, Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor, Shivirlading yonimda 
xushhol, Yana keldi do‘stginam , bahor.
Gapda til undoshlari bilan boshlanuvchi bo‘ginlar soni qancha?
A. 27 B. 28 C. 29 D. 30 
21. Shundan so‘ng ikkovi shunchalik qalinlashdiki, hatto bir juma kuni Murodxo‘ja 
domlaning mehmonxonasida bir haftalik so‘z boyligini aytib tamom qildi.
Fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar nechta ? A.2 B. 3 C. 4 D. 5 
22. Quyidagi gaplarning qaysi birida jarangli undoshlardan tashkil topgan yopiq 
bo‘ginlardan iborat so‘z yasovchi qo‘shimcha bor?
A. Birlashgan daryo bo‘lur B. Do‘stlik barcha boylikdan afzal
C. Bog‘bondan so‘radik. D. Yurganning yo‘li oshar, o‘tirganning o‘yi. 
23. Kamtar bo‘l, barchani etkil bahramand, Sening ham martabang bo‘lgusi baland. 
Urug‘ aralashib avval tuproqqa , So‘ngra bo‘y cho‘zadi osmon falakka.
Jarangli undosh bilan tugagan yopiq bo‘g‘inlar nechta? A. 19 B. 16 C. 18. D. 20 
24. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda ng  tovushi qo‘llangan?
A. tongga, nonga, keng B. o‘ngga, donga, o‘tinga
C. maymunga , yurganga, borganga D. tongga, rangga, zangga 
25. Quyidagi berilgan gapda nechta ochiq bo‘gin bor? Go‘zallik tuyg‘usini 
singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas.
A. 12 B. 13 C. 10. D. 9 
26. Bugungi o‘zbek adabiy tilida jarangsiz juftga ega jarangli undoshlar soni nechta?
A. 7 B. 8 C. 6 D. 9 
27. Buyrug‘ingiz so‘zida tovush o‘zgarishlarining qaysi turi bor?
A. Tovush tushishi , orttirilishi B. tovush orttirilishi, alamshishi
C. tovush almashishi D. tovush tushishi va almashishi 
28. Qaysi so‘zlarning aytilishida tovushlarning o‘rni almashishi mumkin? 
A. kitob, daftar B. ahvol, la’nat C. zarur, maktab D. tartib, obod 
29. Insonparvarlik so‘zining yetakchi morfemasidagi barcha undoshlar qaysi 
xususiyatiga ko‘ra birlashtiruvchi belgiga ega bo‘la oladi?
A)jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra B)shovqinli yoki sonorlarga mansubligiga ko‘ra 
C)hosil bo‘lish o ‘rniga ko‘ra D)hosil bo‘lish usuliga ko‘ra 
30. Quyidagi qaysi gap tarkibida chuqur til orqa tovushi bor qator undoshli so‘z ot 
kesimga bog‘lanib, aniqlovchi vazifasida kelgan?
A. Narzi uzoqdagi ota- onasi kabi bu yerdagilar uchun ham aziz va qadrli jigarbanddir. 
B. Tarixiy va milliy yodgorliklar bizning milliy boyligimiz, cheksiz faxrimizdir. 
C. Qish qahridan qarsillaydi qayrag‘ochlar.
D. Artib ko‘ngillar zangini , Qishni bahor aylab keling.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling