Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
SON SO‘Z TURKUMI 1-VARIANT
1.Ma’no jihatidan jamlovchi sonlar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarga yaqin bo‘ladi? A. Olmoshlarga B. Sifatlarga C. Otlarga D. Ravishlarga 2.Ma’no jihatidan tartib sonlar qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlarga yaqin turadi? A. Otlarga B. Sifatlarga C. Olmoshlarga D. Ravishlarga 3. Hisob so‘z ishtirok etgan gapni toping. A. Hosilning sakson foizi birinchi navga qabul qilindi. B. Yettovlon bir oromgohda dam oldik. C. Uzoqdan birovning qorasi ko‘rindi. D. Qizlar hash-pash deguncha uch etak paxta terishdi. 4. Qo‘shma sonlar qanday yoziladi? A. Doim qo‘shib yoziladi B. Doim ajratib yoziladi C. Sonlar qo‘shma bo‘lmaydi D. Chiziqcha bilan yoziladi 5. Qaysi qatordagi gapda bir so‘zi gumon olmoshi ma’nosini ifodalaydi? A. Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti. B. Darsga bir Karim kelmadi. C. Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir. D. Ertaga bir dam olsam deyman. 6. Qaysi qatordagi gapda bir so‘zi faqat yuklamasi ma’nosini bildirgan? A. Bir yomg‘ir yog‘di, asti qo‘yaver. B. Bugun bir charchadim. C. Vazifani bir men bajarmadim, xolos. D. Bir qor yog‘adi, bir yomg‘ir. 7.Qaysi qatordagi gapda bir so‘zi ayiruv bog‘lovchisi vazifasida kelgan? A. Sizni ko‘chada bir kishi chaqiryapti. B. Bir yomg‘ir yog‘di, bir yomg‘ir yog‘di,asti qo‘yaver. C. Quyosh bir ko‘rinadi, bir bulutlar orasiga yashirinadi. D. Darsga bir Nodir kelmadi. 8.Qaysi so‘zlardan qo‘shimchalar qo‘shib jamlovchi sonlar yasalganda u fonetik yozuv qoidasiga binoan yoziladi? A. ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti B. ikki, uch, to‘rt, besh C. ikki, olti, yetti D. uch, to‘rt, besh 9. Qaysi javobda harakatning tartibini anglatgan son berilgan ? A) Bolalar davrani ikki aylandi , qo‘l berib ko‘rishishdi B) Oqibat ikkovi-da baravar yiqildi C) Yetti o‘lchab , bir kes D) Uzr amaki , ikkinchi qaytarilmaydi 10. Qaysi javobda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo‘llangan son berilgan ? A) Ular yana besh qadam bosishgach , o‘ra labiga kelib qolishdi. B) Bu sopol ko‘za-chi , so‘zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga C) Kecha tog‘ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini olib qo‘yganman , birgalashib choy ichamiz. D) Nafis chayqaladi bir tup na’matak. 11. Qaysi javobda hol vazifasida qo‘llangan son berilgan ? A) Birinchi arava g‘ildiraklariga bog‘langan uch ot bor-u, qolgan otlardan darak yo‘q. B) Mashrab bilan Akmal esa o‘n besh-yigirma bolaga javobgar. C) Axir o‘n ikki yashar ukasini ko‘rmaysizmi , shu yoshidan uloq chopmoqchi. D) To‘nimning etaklarini yig‘ishtirib , Qashqamni bir-ikki qamchi urgan edim , jonivor shataloq otib ketdi. 12. Qaysi hukm noto‘g‘ri ? A) sonlar yasalish xususiyatiga ega emas B) sonlar so‘z yasalishiga asos bo‘la oladi C) sonlar otlashish xususiyatiga ega D) sonning ma’no turlari dona sonlardan hosil qilinadi 13. Qaysi javobda qo‘shma sonlarning qo‘shma ot va qo‘shma sifatlardan farqlari berilgan ? 1) birdan ortiq asosli bo‘ladi 2) yasama so‘z hisoblanmaydi 3) qismlari doim bir turkumga oid so‘zlardan tashkil topadi 4) asoslari hamisha tub so‘zdan tashkil topadi A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) 2,3,4 D) 2,3 14. Qaysi javobda taqsim sonlar berilgan ? 1) Eshakka ikkita-ikkita mindik 2) Uch etakdan paxta terdik 3) Maktab bog‘ida to‘rt tup-to‘rt tup ko‘chat o‘tqazdik 4) Kampir nevaralariga ikkitadan turshak berdi A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4 15. Sonlarning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi chama , taxmin ma’nosini anglatadi ? A) sodda B) qo‘shma C) juft D) takroriy 16. Qaysi hukm to‘g‘ri ? 1) o‘lchov so‘zlar o‘zidan oldin qo‘llangan sanoq son bilan bitta so‘roqqa javob bo‘ladi 2) o‘lchov so‘zlar o‘zidan oldin qo‘llangan sanoq son bilan bitta sintaktik vazifa bajaradi 3) o‘lchov so‘zlar narsalarning o‘lchovini anglatadi 4) o‘lchov so‘zlar asosan ot turkumiga mansub so‘zlardir A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,4 17. Sonlarning ma’no jihatdan qaysi turi otlashish xususiyatiga ega emas ? A) sanoq son B) tartib son C) taqsim son D) kasr son 18. Har qanday sanoq sondan sonning qaysi ma’no turini hosil qilish mumkin ? 1) tartib son 2) jamlovchi son 3) dona son 4) chama son A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4 19. Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun qanday so‘zlar qo‘llanadi? 1) tup 2) metr 3) tonna 4) bosh 5) nafar A) 1,2,4 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,4,5 20. Chama sonlar qanday hosil qilinadi ? 1) sanoq sonlarga -tacha , -lab , -larcha shakl yasovchilarini qo‘shish bilan 2) ikki sanoq sonni juftlash bilan 3) sanoq sondan keyin qo‘llangan o‘lchov so‘zga -cha qo‘shimchasini qo‘shish bilan 4) sanoq sonlar bilan birga taxmin bildiruvchi so‘zlarni qo‘llash bilan 5) dona sonni takrorlash bilan A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,2,3,4 21. Qaysi javobda taqsim son qo‘llangan ? 1) Har birimiz uchtadan ruboiy yodladik 2) Partalarga uchta-uchta joylashdik 3) Zambil bilan ikkovimiz g‘isht tashidik. 4) Talabalar uch tup-uch tup ko‘chat o‘tqazishdi A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4 22. Qaysi javobda qismlari qo‘shma son+qo‘shma son shaklida bo‘lgan juft son berilgan? A) yettiz-sakkiz B) o‘n-o‘n beshta C) ellik-oltmish D) uch ming-to‘rt mingta 23. Rim raqamlari ,asosan, sonning qaysi turini ifodalashda qo‘llanadi? A) sanoq son B) tartib son C) dona son D) jamlovchi son 24. Qaysi javobda harakatning miqdorini anglatuvchi hisob so‘z qo‘llangan ? A) Onam tushgacha ikki tandir non yopgan ekanlar B) Bog‘imizda o‘ttiz daraxt olma bor C) Kecha tog‘ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini olib qo‘yganman. D) Safarga chiqish uchun hamma narsani bir soatda tayyor qilib qo‘ydik. 25. Sonnig qaysi ma’no turi maxsus morfologik qo‘shimchaga ega emas? A) sanoq son B) dona son C) chama son D) taqsim son 26. Chorak sotixcha maydonga o‘tqazilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun ikkalamiz to‘rtta chelak bilan suv tashidik. Mazkur gapda sonning qaysi ma’no turlari qo‘llangan ? 1) dona son 2) sanoq son 3) kasr son 4) jamlovchi son 5) chama son A) 1,2,3,5 B) 1,4,5 C) 1,2,4 D) 2,4,5 27. Qaysi javobda chama son qo‘llanmagan ? A) Rahbarxon bu xonadondan o‘z baxtini topganiga uch oycha bo‘ldi B) Majlis kech soat oltilarda kanal bo‘yiga solingan qizil choyxonaning qishlik binosida boshlanadi. C) Ruxsat bersangiz , oilamiz haqida ham bir-ikki og‘iz gapirib o‘tsam. D) Yodgor onasi bilan ikki hafta ko‘risha olmadi. 28. Tarixiy sanoq son sanaluvchi “lak” so‘zi qanday miqdorni ifodalagan ? A) yuz ming B) o‘n ming C) ming D) million 29. Qaysi javobda taqsim son qo‘llangan ? 1) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. 2) Laylak har yili uch donadan tuxum qo‘yar ekan 3) Ular ikkita-ikkita bo‘lib saf tortishdi 4) Poyezddan tushgan uch-to‘rt yo‘lovchi tarqalib , bekatda Yigitalining yolg‘iz o‘zi qoldi A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,4 D) 1,2 30. Zo‘r kishi birni yiqar , Bilimdon mingni yiqar . “Birni” , “mingni” so‘zlari , Toping-chi , qanday so‘zlar? 1) butun son 2) otlashgan son 3) sodda son A) 1,2,3 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2 Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling