Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
RAVISH SO‘Z TURKUMI
1. Qaysi qatordagi gapda yasama ravish qo‘llangan? A) Qabristondan ancha uzoqlashgandim keyin yana otlarga minib yo‘rtib ketishdi. B) Choyni nari-beri ichib, oshxonaga yugurdim. C) Yig‘ilishga faollardan vakillar kirib kelishdi. D)Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi. 2. 1) Yaxshiyam, universitet yaqinda. 2) Yaqinda o‘qishni tugatadi. Ushbu gaplardagi yaqinda so‘zi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri? A) har ikkala gapda o‘rin ravishi B) 1-gapda payt ravishi, 2-gapda o‘rin ravishi C) 1-gapda o‘rin ravishi, 2-gapda payt ravishi D) har ikkala gapda payt ravishi 3. 1. Partalarni nari-beri surdik. 2.Akbar nari-beri dars qildi. Ushbu gaplardagi nari-beri so‘zi haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri? A) 1-gapda o‘rin ravishi, 2-gapda holat ravishi B) har ikkala gapda holat ravishi C) har ikkala gapda o‘rin ravishi D) 1-gapda holat ravishi, 2-gapda o‘rin ravishi 4. Ota-bobolarimiz hamisha astoydil olg‘a intilganlar. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning ma’no turini aniqlang. A) o‘rin va payt ravishlari B) o‘rin ravishi C) holat, o‘rin va payt ravishlari D) payt va holat ravishlari 5. 1. Salom ota gapni uzoqdan boshladi 2. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti. Ushbu gaplardagi uzoqdan so‘zini izohlang. A) har ikkalasida o‘rin bildiruvchi ravish B) birinchisida o‘rin, ikkinchisida holat bildiruvchi ravish C) birinchisida holat, ikkinchisida o‘rin bildiruvchi ravish D) har ikkalasida payt bildiruvchi ravish 6. Juft so‘z qismlari o‘rnini qaysi qatorda almashtirib qo‘llash mumkin? A) katta-kichik B) besh-olti C) savol-javob D) sekin-asta 7. O‘rin ravishi ishtirok etgan gap qaysi javobda berilgan? A) “Jiydazordan hozirgina keldim” – dedi O‘lmas sirli shivirlab. B) Ular yerni kavlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar. C) Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. D) Nari tur, xalaqit beryapsan. 8. Maqsad ravishi qo‘llangan gapni toping. A.Umringga yuz bahor zamondosh bo‘lsin. B.Ovozingni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim. C.Men sizni olib ketgani keldim. D.Feruza bilan Shahnoza Azizani o‘ynatmoqchi bo‘lib kelishgan ekan. 9. Bir talay qushlar donga qarab intildilar. Yuqoridagi gapda qo‘llangan ravishning tuzilishi jihatdan turini aniqlang. A.sodda yasama B.juft ravish C.qo‘shma D.tub 10. Otga bog‘lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo‘llangan? A. Toshpo‘latning yordamchilari birin- ketin kelishdi. B. Yigitning ko‘ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi. C. Men o‘z qo‘lim bilan shiringina palov qilib beraman. D. U ovoz kelayotgan tomonga borarkan, kuy to‘satdan o‘zgardi. 11. Qaysi qatorda yasama ravishlar berilgan? A. chopganicha, qizcha, tuguncha B. boshqacha, supacha, ko‘rpacha C. yangicha, yigitcha, o‘zicha D. qisqacha, uycha, buncha 12. Guvullab uchayotgan bo‘ron ichida yigitlar naridan beri xashak va bedalarni arava tagiga olib kirib, g‘ildiraklarga namat yopishdi. Ushbu gapdagi guvullab va naridan beri so‘zlar qaysi javobda to‘gri tahlil qilingan? A. ravishdosh, o‘rin ravishi B. holat va o‘rin ravishi C. holat ravishi D. ravishdosh, holat ravishi 13. Quyidagi qo‘shimchalarning qaysilari ravish tarkibida yaxlitlanib qolishi mumkin? 1. –ga 2. –dan 3. –da 4. –i(-si) 5. –lar A. 1,2,3,4 B.1,2,3,4,5 C. 1,2,3 D. 1,2,4,5 14. Qo‘shma ravishlar berilgan javobni toping. A. hech kim, hech nima B. har doim, bir lahza C. kimdir, har gal D. bir zamon, hech narsa 15. Payt ravishi qo‘llangan qatorni toping. A. Balxdan qaytgach Navoiy yangi qazilgan ariqlarni ko‘zdan kechirdi. B. Pastda to‘lqinlangan Amu pishqirib oqmoqda. C. Ertagayoq Abduxalilni Quvasoyga jo‘nataman. D. Olg‘a borish - mardlarning ishi. 16. Kunduzi o‘ralashib yurganlardan ko‘p qolmagan edi. Ushbu gapda ravishlar soni nechta? A. 4 ta B. 3 ta C. 2 ta D. 1 ta 17. 1. Kampir ba’zan mudrar, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashardi. 2. Ba’zan yaxshilik maqsadida aytilgan yolg‘on so‘z ham ziyon emas. Ushbu gaplardagi ba’zan so‘zini izohlang. A. 1-gapda ayiruv bog‘lovchisi, 2-gapda ravish B. 1-gapda ravish, 2-gapda ayiruv bog‘lovchisi C. har ikkisida ham ravish D. har ikkisida ham ayiruv bog‘lovchisi 18. Qaysi gapda ikkita ravish qatnashmagan? A. Bu voqea xuddi kechagina bo‘lgandek, ammo darrov uch yil o‘tibdi. B. Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. C. Ertalab chiqib ketasan, yarim kechada qaytasan. D. hammasida 2 ta ravish bor. 19. Qaysi qatordagi ravish bugungi kunda tarkibiy qismlarga bo‘linadi? A. tubdan, to‘satdan B. qo‘qqisdan, birdan C. avvallari, so‘ngra D. Bu ravishlar tarkibiy qismlarga bo‘linmaydi 20. Shunda bechora sayyoh iltimos qilmish darrov, Vasiyatimni aytay, agar bo‘lsa imkoni . Ushbu parchada nechta ravish ishtirok etgan va ularning turlarini toping. A. 1 ta :holat ravishi B. 2 ta :payt va holat ravishi C. 2 ta: payt va miqdor-daraja ravishi D. 1 ta : payt ravishi 21. Qaysi gapda yasama ravish bor? A. Barno ertalab tursa, yonida mushugi yo‘q. B. Xo‘roz arang qochib qutuldi. C. Otamizning o‘lganiga ancha yil o‘tib ketdi. D. Men darhol javob berdim. 22. Qaysi qatordagi ravish yasalmagan? A. ertalab B. dastlab C. tonnalab D. saharlab 23. Mashina olg‘a intildi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi qo‘llangan? A. holat ravishi B. maqsad-sabab ravishi C payt ravishi D. o‘rin ravishi 24. Qaysi gapda holat ravishi murakkab fe’l-kesimga ergashib kelgan? A. Xadicha xola xiyla o‘ylanib turdi. B. To‘lagan aka zo‘rg‘a kelgan ekan. C. Choyni naridan-beri ichib otxonaga yugurdim . D. Bola epchillik bilan turdi , qisqa va lo‘nda javob berdi. 25. Qaysi juft so‘z yaqinda so‘ziga sinonim bo‘la oladi? A. bugun-erta B. uncha-muncha C. erta-kech D. qishin-yozin 26. Ota- bobolarimiz hamisha olg‘a intilganlar. Ushbu gapda qo‘llangan ravishning ma’no turini aniqlang. A. o‘rin ,holat va payt ravishlari B. o‘rin ravishi C. o‘rin va payt ravishlari D. payt va holat ravishlari 27. Tarz (holat ) ravishi ishtirok etgan gapni belgilang. A. G‘ulomjon otasi yonida turib atrofga qaradi. B. Kechagi topshiriq o‘z vaqtida bajarildi. C. Oyqiz uning qo‘qqisdan g‘oyib bo‘lganini o‘ylab vahimaga tushdi. D. A, B, C 28. Qaysi gapda qo‘shma ravish ishtirok etgan? A. Majlis kechroq boshlandi. B. O‘quvchilar sayohatga ertaga ertalab ketadi. C. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi. D. Biz do‘stona yashaymiz va ishlaymiz. 29. Yasama ravishlar qay holatda yasaladi? A. qo‘shimchalar qo‘shish B. asosni juftlash va takrorlash C. ikki asosni biriktirish D. A,B,C 30. Ravish bilan ifodalangan hol qo‘llangan gapni toping. A. Shodmonbek zarbdan ko‘zi tinib hushidan ketdi. B. Uyda odam ko‘p edi. C. O‘ychan ko‘zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi. D. A,C |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling