Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
SO‘Z BIRIKMASI 5-VARIANT
1. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan bo‘lakka tobelangan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan? A) Oshiq yigit do‘kondagi barcha atirgullarni sotib oldi. B) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘ydi va mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. C) «Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay», - dedi zavqi oshib. D) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. 2. Qaysi gapda tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari uchraydi? A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi. B) Hosildorlikni oshirish uchun yerga o‘g‘it tashlandi. C) U kitobxonlar tanlovining faol ishtirokchilaridan biri edi. D) Layloning vafotidan keyin men ularning oilasiga qattiq bog‘langan edim. 3. Keksa bog‘bonni hamma o ‘quvchilar hurmat qilishadi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri? A) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari mavjud. B) Hokim qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi qatnashgan. C) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan boshqaruvli so‘z birikmasi mavjud. D) Tobe qismigina yasama so‘z bilan ifodalangan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan. 4. Men musavvirlikning sirlarini o ‘rganishga va o‘zlashtirishga astoydil bel bog‘ladim,chunki menda unga havas uyg‘ongan. Ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismida nechta tobe bog‘lanish mavjud? A) 7 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 8 ta 5. U o ‘z yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida to ‘lqinlanib gapirdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Ushbu gapda 3 ta aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan. B) Ushbu gapda 2 ta holli so‘z birikmasi qatnashgan. C) Ushbu gapda 4 ta otli so‘z birikmasi qatnashgan. D) Ushbu gapda 4 ta fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan. 6. U o‘z yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida to ‘lqinlanib gapirdi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Otli so‘z birikmalarining tobe va hokim qismlari moslashuv va bitishuv usulida birikkan. B) Fe’lli so‘z birikmalarining tobe va hokim qismlari faqat bitishuv usulida birikkan. C) Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. D) Fe’lli so‘z birikmalarining tobe qismlari faqat hol vazifasini bajargan. 7. Hayotda shunday ajoyib odamlar bo‘ladiki,mansabga yoki shon-shuhratga ishtiyoq hech qachon ularga g‘ov bo‘la olmaydi. Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 8. Bunday betakror mumtoz ashulalarni iste’dodli hofizlar ijro etishadi, chunki bu qo‘shiqlarning sehrini va jozibasini tinglovchiga yetkazib berish oson emas. Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 4 ta B)5 ta C) 6 ta D) 7 ta 9. Turli podsholarni ko‘rgan Binoiy yosh Boburning halolligidan qattiq ta’sirlandi. Mazkur gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Boshqaruv usulida birikkan 3 ta fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan. B) Bitishuv usulida birikkan 2 ta fe’lli so‘z birikmasi qatnashgan. C) Moslashuv usulida birikkan 2 ta otli so‘z birikmasi qatnashgan. D) Bitishuv usulida birikkan 3 ta otli so‘z birikmasi qatnashgan. 10. Hunarmand yigit o ‘z kasbini, uyini, oilasini juda qadrlar ekan. Ushbu gapda tobe bog‘lanishlarda ham tobe, ham hokim qism bo‘la olgan nechta so‘z bor? A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta 11. Ochiq derazadan Shodasoyning salqini va qayerdandir taralayotgan behi hidi xonaga kirdi. Mazkur gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Bitishuv usulida birikkan 3 ta fe’lli so‘z birikmasi mavjud. B) Bitishuv usulida birikkan 2 ta otli so‘z birikmasi mavjud. C) Moslashuv usulida birikkan 1 ta otli so‘z birikmasi mavjud. D) Boshqaruv usulida birikkan 4 ta fe’lli so‘z birikmasi mavjud. 12. Hunarmand yigit o‘z kasbini, uyini, bola-chaqasini qadrlaydi, u mehnat qilib tinch va osuda yashaydi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Otli so‘z birikmalarining tobe qismlari to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. B) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi uyushib kelgan. C) Bitishuvli so‘z birikmalarining hokim qismlari ega va kesim vazifasini bajargan. D) Fe’lli so‘z birikmalarining barchasida tobe qism hol vazifasini bajargan. 13. Jismoniy poklik - har kimning ishi,ma’naviy poklik esa vijdonning ishi. Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Ushbu gapdagi barcha so‘z birikmalari aniqlovchili birikmalar sanaladi. B) Ushbu gapda bitishuvli, moslashuvli va boshqaruvli so‘z birikmalari ishtirok etgan. C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida ot va sifat turkumiga oid so‘zlar hokim qism vazifasini bajargan. D) Ushbu gapdagi barcha so‘z birikmalarining tobe qismlari yasama so‘zlar bilan ifodalangan. 14. Olovqalb va shijoatli yoshlarimizning o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishi yurtimizning porloq kelajagiga ishonchimizni mustahkamlamoqda. Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 9 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 8 ta 15. Bilimli, ma’naviyatli, keng mushohadali yoshlarni tarbiyalash dolzarb vazifa sanaladi. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Barcha so‘z birikmalarida tobe va hokim qismlar bitishuv usulida bog‘langan. B) Tobe va hokim qismlari ot turkumiga oid so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmasi ishtirok etgan. C) Barcha so‘z birikmalarining tobe qismi yasama so‘z bilan ifodalangan. D) Tobe va hokim qismi aniqlovchi vazifasini bajargan so‘z birikmasi ishtirok etgan. 16. Ota-onangiz, qavm-qarindoshlaringiz, yor-birodarlaringizning ahvolini so‘rashni, ularni yo‘qlashni unutmang. Ushbu gapda gap bolaklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan? A) 7 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 6 ta 17. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud? A) 8 ta B)6 ta C)7 ta D)5 ta 18. Yaxshi asar muallifning kitobxonga in’om etgan qimmatbaho tortig‘idir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Bitishuvli so‘z birikmasining hokim qismi ega, hol va kesim vazifasini bajargan. B) Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan 2 ta aniqlovchili so‘z birikmasi mavjud. C) Aniqlovchili so‘z birikmalarining hokim qismi ega, to‘ldiruvchi va hol vazifasida kelgan. D) 3 ta so‘z birikmasining tobe qismi sifat bilan ifodalangan. 19. O‘z Vatanini himoya qilish uchun mardona kurashgan bu jasur o‘g‘lonlar haqida faxrlanib gapiramiz. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Bitishuv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 4 ta. B) 4 ta so‘z birikmasining tobe qismi aniqlovchi vazifasini bajargan. C) Boshqaruv usulida birikkan so‘z birikmalari soni 2 ta. D) 2 ta so‘z birikmasining hokim qismi hol vazifasini bajargan. 20. Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang. A) Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi. B) Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish asosiy vazifamizdir. C) Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi. D) Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi. 21. Ular xalqning va millatning birligi,yurtning istiqboli, farovonligi hamda tinchligini j o ‘shib kuyladilar. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida qaysi javobda to‘g‘ri ma’lumot berilgan? A)Ham tobe, ham hokim qismi yasama so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmalari soni 2 ta. B) Boshqaruvli so‘z birikmalari soni 4 ta. C) Moslashuvli so‘z birikmalari soni 4 ta. D) Bitishuvli so‘z birikmalari soni 2 ta. 22. O‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o ‘quvchining burchidir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Hokim qismi ot, fe’l va olmosh bilan ifodalangan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. B) Tobe qismi ot va olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan. C) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan. D) Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan. 23. Bugun dalalar uzra bolakaylarning qichqirig‘i yangrar, quyosh jilmayib boqar, sarg‘aygan ko‘katlarda shudring jilolanardi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri? A) Hokim qismi o‘rin holi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan. B) Hokim qismi ega vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan. C) Tobe qismi payt holi vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan. D) Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan 24. Birpasdan so ‘ng yomg‘ir tindi, lekin hasadgo‘y bulutlar hamon quyoshni to‘sib turardi. Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Tobe qismi vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan so‘z birikmasi qatnashgan. B) Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan. C) Tobe qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan. D) Tobe qismi hol vazifasida kelgan so‘z birikmalari qatnashgan. 25. O‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o ‘quvchining burchidir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan. B) Tobe qismi ot, olmosh va fe’l bilan ifodalangan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan. C) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan. D) Aniqlovchili so‘z birikmalarining barchasida hokim qism ot bilan ifodalangan. 26. Navoiy, Bobur, Mashrab singari mashhur shoirlar ruhi hamisha bizni insoniy kamolot sari chorlaydi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud? A) 8 ta B)7 ta C)9 ta D)10 ta 27.Qaysi gapda hokim qismi sifat bilan ifodalangan boshqaruv munosabatli so‘z birikmasi qatnashgan? A)Dunyoda onadan mehribonroq inson bo‘lmasa kerak. B)Agar birorta kichikroq baliq suv yuziga suzib chiqsa, mushuk bir hamla bilan ushlab olarkan. C)Shunda pastakkina bir uydan dahshatli faryod eshitildi. D)Bu ish juda nozik, nihoyatda muhim edi. 28.Uning ayollarga ehtiromi ular sharafiga barpo etilgan bogʻ-rogʻlar va nodir me’moriy yodgorliklarda ham aks etadi. Ushbu gapda ishtirok etgan aniqlovchilar nechta oʻrinda hokim boʻlak vazifasini bajargan? A) 3 B)1 C) 4 D) 2 29.Tobe soʻz tarkibidagi qoʻshimcha hokim soʻz tarkibidagi qoʻshimcha bilan shakldoshlik hosil qilgan soʻz birikmasini toping. A))sening vataning B)uzumingni yedingmi C) ishlashni oʻylamoq D) qovunimning tilimi 30. Jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni tinch-totuv va osoyishta yashashga, Vatanni yuksaltirishga, ko‘z qorachig‘iday asrashga va uni himoya qilishga da’vat etadi. Berilgan gapda tobe va hokim qismlari fe’l bilan ifodalangan boshqaruv munosabatli so‘z birikmalari nechta? A) 7 В) 4 С) 6 D) 5 Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling