Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
UYUSHIQ BO‘LAKLAR 1-VARIANT
1. Ular daryo bo‘yidagi toshlardan, har xil giyohlardan namuna olishdi. Ushbu gapda qaysi bo‘lak uyushgan? A) o‘rin holi B) vositali to‘ldiruvchi C) qaratqich aniqlovchi D) ega 2. Quyidagi gap bo‘laklardan qaysi biri uyushib kelishi mumkin? 1) ega; 2) kesim; 3) hol; 4) to‘ldiruvchi;5) aniqlovchi A) 3,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 3,4 D) 2,3,4 3. Qaysi qatorda uyushiq bo‘laklar mavjud? 1) Sa’dulla va Jo‘rabeklarning xonasiga kirdik. 2) Ularning xonasiga kirdik, birozdan so‘ng chiqdik. 3) Ularning katta, yorugʽ xonasiga kirdik. 4) Sa’dullaning bolaligi o‘tgan xonasiga kirdik A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,4 4. Qaysi qatorda sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelmagan? A) Ichkaridagi gilos, tashqaridagi o‘rik daraxtlari qiygʽos gullagan. B) Ichkaridagi va tashqaridagi gilos daraxtlari qiygʽos gullagan. C) Ichkarida va tashqarida gilos daraxtlari qiygʽos gullagan. D) barcha gaplarda sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan 5. Yo‘lda ba’zan katta-katta maydonni qoplab olgan oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi. Ushbu gapda qaysi bo‘lak uyushgan? A) qaratqich aniqlovchi B) ega C) vaziyat holi D) sifatlovchi aniqlovchi 6. Qaysi qatorda uyushiq kesim berilgan? A) Men bu masalani uqqan va yechganman B) Do‘kondorlar molini maqtab turishardi va xaridorlarni chorlab turishardi C) Siz a’lochisiz va jamoatchisiz D) barcha gaplarda kesim uyushgan 7. Bugun bizning uyda ham Saodatlarning uyida ham quvonchli kun. Ushbu gapda uyushiq bo‘laklar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) nuqtali vergul B) tire C) vergul D) hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi 8. Qaysi qatorda uyushiq hol berilmagan? A) U dam hazil bilan, dam jiddiy so‘rardi B) U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi C) Tomlardan, ivigan devorlardan bugʽ ko‘tarila boshladi D) barcha qatorda uyushiq hol mavjud 9. Qaysi qatordagi to‘ldiruvchilar biri narsa-buyum ma’nosini, ikkinchisi atalganlik ma’nosini ifodalab uyushmagan? A) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib yo‘lga tushdim B) Shu payt yonimizdan ikki muloyim, nuroniy chol o‘tib qoldi C) Bu daftarni senga oldim D)Togʽ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi 10. O‘n-on bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi. Ushbu gapda qanday gap bo‘lagi uyushib kelgan? A) aniqlovchi B) hol C) kesim D) to‘ldiruvchi 11. Umumlashtiruvchi so‘zlar quyidagilardan qaysilari bilan ifodalanishi mumkin? 1) kengaygan birikmalar bilan; 2) umumlashtiruvchi ma’noli so‘zlar bilan;3) so‘z birikmalari bilan A) 1,2 B) 1 C) 1,2,3 D) 2,3 12. Uyushiq bo‘laklar umumlashtiruvchi so‘zning ma’nosini … keladi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni toping. 1) aniqlab; 2) izohlab; 3) bo‘rttirib; 4) ta’kidlab A) 1,2,3,4 B) 2 C) 2,4 D) 1,2 13. Gapda umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, ular orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) vergul 14. U hayajon bilan, tez-tez, bo‘gʽilib so‘zlar edi. Ushbu gapda uyushiq hol qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? A) ravish, ravishdosh B) ot, ravish C) ot, ravish, fe’l D) ravish 15. Gapda umumlashgan so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelsa, ular orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) vergul 16. Uyushiq bo‘laklarga xos bo‘lgan xususiyatlar qaysi javobda noto‘gʽri ko‘rsatilgan? A) uyushiq bo‘laklar gapda bir xil sintaktik vazifani bajarib keladi B) barcha javoblarda uyushiq bo‘laklarga xos xususiyatlar to‘gʽri ko‘rsatilgan C) uyushiq bo‘laklar bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, o‘zaro teng aloqada bo‘ladi, teng bogʽlovchilar yoki sanash ohangi yordamida bogʽlanadi D) uyushiq bo‘laklar boshqa bo‘laklar bilan tobe aloqada bo‘lmaydi 17. Uyushgan ot kesimni toping. A) Siz aqllisiz va donosiz B) Siz aqlli va donosiz C) Siz aqllisiz – donosiz D) Siz aqllisiz, donosiz 18. Qaysi qatorda umumlashtiruvchi so‘z olmoshdan iborat emas? A) Na qor, na yomgʽir, na to‘fon va na bo‘ron – hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitmadi. B) Bittangiz: yo Shahobiddin yoki siz so‘zga chiqasiz . C) Hammasi: quyosh ham, oy ham, daryo-yu dengiz ham, togʽ-u cho‘llar ham yigitga yordam berdi D) Yigʽilishda hech kim: na Sa’dullo, na Akbarali bu haqda gapirmadilar. 19. Qaysi qatorda umumlashtiruvchi so‘z ot bilan ifodalangan? A) Daraxtdagi sayroqi qushlar: sa’va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo‘r bo‘lishdi B) barcha qatorda umumlashtiruvchi so‘z ot bilan ifodalangan C) Tabiat hodisalari: shamol, qor, yomgʽir, do‘l o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi D) O‘rik, nok, olma – mevali daraxtlar bogʽimizda talaygina. 20. Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib hovli aylanishdi. Ushbu gapda qanday bo‘lak uyushgan? A) hol B) ega C) kesim D) to‘lduruvchi 21. Qaysi qatorda undalmalar uyushgan? A) Seni unutolmas yuragim also, Ey O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo. B) Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o‘gʽillar, opa-singillar, siz shu haqda murojaat qilamiz. C) Kitob, sen bo‘lmasang, balki kun yorishmasdi. D) Bu yerning iqlimi, ob-havosi, tabiati menga juda ma’qul tushdi. 22. Shuni bilingki, kitob bolani ham aqlan, ham ma’nan boyitadi. Istiqlol davri bolalari gʽayratli va shijoatlidir. Biz mana shu shijoat va gʽayratni to‘gʽri yo‘lga yo‘naltira olishimiz kerak. Shundagina o‘z maqsadimizga erishamiz va farovon hayot bizga muyassar bo‘ladi. Ushbu matnda sodda gaplar tarkibida qaysi gap bo‘laklari uyushib kelgan? A) to‘ldiruvchi va kesim B) hol va to‘ldiruvchi C) hol va kesim D) hol, to‘ldiruvchi va kesim 23. Qaysi gapda ikkita gap bo‘lagi uyushib kelgan? A) “Avesto” da yigitlar kurash tushishni, chavandoz bo‘lishni, mol boqa olishni, chorvani yirtqichlardan muhofaza qila bilishni o‘rganishlari shartligi aytilgan. B) Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning, zorli, gʽamli ohlariga u qanday chidar ekan? C) Olgan bilim va tajribangiz, odob-axloq, kasb-hunar bobidagi kamolingiz faqat yaxshilikka, bunyodkorlikka buyursin. D) Ona Vatanga muhabbat, millat birligi, uning kelajak istiqboli, hayot farovonligi va tinchligini dildan jo‘shib kuyladilar. 24. Qaysi gapda ega uyushgan? A) Mana shu o‘yin-kulgilar, qo‘shiqlar va kuylar, yoshlar va keksalarning diliga orom va quvoch bagʽishlagan lola sayli yaqindagina bo‘lgan edi. B) Munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko‘k, qizil, oq, pushti, sariq, qora gullari yulduzlardek yasanib uyga bir hayotiylik berar edi. C) Jamolovning egnida oq shohi kitel, sariq shim, oyogʽida kavkazcha etik, boshida chust do‘ppi edi. D) Bola qoshida ota-onaning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmasligi ularning o‘z izzat - hurmatlari ildiziga o‘z qo‘llari bilan urilgan boltadir. 25.Vatanga muhabbat, xalqning va millatning birligi, yurtning kelajak istiqboli, hayot farovonligi va tinchligini dildan kuyladilar. Ushbu gapda ishtirok etgan uyushiq bo‘laklarga oid qaysi ma’lumot to‘gʽri? A) Uyushiq bo‘laklarning barchasi sodda yasama so‘zlar bilan ifodalangan. B) Uyushiq bo‘laklar hokim qismga boshqaruv va moslashuv usulida tobelangan. C) Aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holning uyushib kelishi kuzatiladi. D) Uyushiq bo‘laklar ot va sifat turkumiga oid so‘zlar bilan ifodalangan. 26. Ayiruv bogʽlovchisi yordamida bogʽlangan uyushiq vositali to‘ldiruvchilar qatnashgan gapni aniqlang. A) Eng achinarlisi shuki, bu odamga yo bir maslahatni aytib bo‘lmaydi, yo ro‘zgʽor ishini. B) Dildor dam chaman bo‘lib turgan atirgullarga, dam ariqchalarda shildirab oqib turgan suvlarga qarab zavqlanardi. C) U yaratmoqchi bo‘lgan yangi paxta navi haqida hozircha na institut direktoriga, na do‘sti Umidga hech narsa demadi. D) Togʽlar goh chap tomoningda, goh o‘ng tomoningda paydo bo‘lib qoladi. 27. Ayiruv bogʽlovchisi yordamida bogʽlangan uyushiq vositali to‘ldiruvchilar qatnashgan gapni aniqlang. A) U o‘zining kelgani haqida na Qurbon otaga, na Siddiqjonga xabar qildi. B) Harom yo farzandga, yo davlatga urar. C) Berdiboy dam tandir, dam o‘choq quradi. D) Nonushtadan so‘ng men onam, otam va opam bilan xayrlashib yo‘lga tushdim. 28.Bugun kechqurun shaharchamizga muhandislar, shifokorlar, o ‘qituvchilar, hisobchilar, hatto yetuk va mashhur olimlar, iste’dodli qalamkashlar tashrif buyurishadi. Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumotlar to‘gʽri emas? 1) Ushbu gapda uyushiq ega va uyushiq aniqlovchi qatnashgan; 2) Ushbu gapda holning 3 xil ma’no turi qatnashgan; 3) Ushbu gapdagi barcha uyushiq bo‘laklar yasama so‘zlar bilan ifodalangan; 4) Ushbu gapda hokim qismga bitishuv va boshqaruv usulida tobelangan hollar qatnashgan. A) 2, 3 В) 1, 4 C) 1, 2 D) 3, 4 29. Ravish holi uyushib kelgan bogʽlangan qo‘shma gapni aniqlang. A) Nizomjon yigʽ ilib qolgan gaplarini entikib, shoshilib gapirardi, Dildor bo‘lsa beparvogina uning gaplariga quloq solib borardi. B) Kunbotar tomondan ko‘tarilgan bulutni shamol haydab keldi-da, shatir-shutir qilib jala quya boshladi. C) To‘satdan daraxtlarning biri qattiq va vahimali silkindi, yomgʽ irdek duv to‘kilgan olmalar uning boshiga, yelkasiga tushdi. D) U bolakayni sevintirish, uning kayfiyatini ko‘tarish uchun shunday qilgan edi, lekin onasi buni o‘zgacha tushundi 30. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bogʽliq xatolik mavjud emas? A) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit. B) Na qor, na yomgʽir, na to‘fon va na bo‘ron - hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi. C) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorongʽilikka jimgina cho‘kdi. D) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling