Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
GAP BO‘LAKLARI 2-VARIANT
1.Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan qaralmish uchraydi? A) O‘rnida va vaqtida sidqidildan aytilgan oddiygina so‘z qudratli va yengilmas kuchga aylanadi. B) So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr yengilmas kuchdir. C) So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q, o‘tkir dalil va yuksak fikrlar safini yorib o‘tish mumkin emas. D) So‘z - inson qudratining qo‘mondoni, u - hayotning buyuk quroli. 2.Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili birikma qatnashgan? A) Ko‘p o‘ylaydigan odam iloji boricha kam so‘z ishlatib, ko‘proq fikr berishga intilib gapiradi. B) Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o‘tkirligi uchun kurash - madaniyat quroli uchun kurashdir. C) O‘rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir. D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasi ekanligi shubhasizdir. 3. Qaysi gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashishi kuzatiladi? A) Har bir narsani tejash, bugungini erta uchun zaxiraga qo‘yish yaxshi fazilatdir. B) So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni yiqadi, u ko‘zga ko‘rinmas quroldir. C) So‘z bilan ifodalangan ezgu fikr dunyoni harakatlantiruvchi kuchdir. D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir. 4. Qaysi gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan? A) Barcha tillar aniqlikka intiladi, aniqlik esa qisqalik, ixchamlikni talab etadi. B) So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni yiqadi, uning yordamida insonning qalbini jarohatlash mumkin. C) So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr ta’sir ko‘lami tugamaydigan kuchdir. D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasi ekanligini bilasizmi? 5. Qaysi gapda hokim qismlari ega vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan? A) Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir. B) Chet tillarni o‘rganish o‘zga millat kishilarining mushohada olamiga kirib borish imkonini beradi. C) O‘zidan mangu xotira qoldiradigan insonlar uchun tug‘ilish chinakam baxtdir. D) Shuni bilingki, tilda xalqning bor-yo‘g‘i, uning ona vatani gavdalanadi. 6. So‘zdan qudratliroq kuch yo‘q, o‘tkir dalillarning va yuksak fikrlarning ta’sirini inkor e ’tib bo‘lmaydi. Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Gapda hokim qismi aniqlovchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. B) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan toldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan. C) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan. D) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan holli so‘z birikmasi qatnashgan. 7. Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lishdir. Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. B) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. C) Gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan. D) Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan. 8. Qaysi gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan? A) Har doim o‘z sevgan ishi bilan mashg‘ul bolish insonning nodir baxtidir. B) Kitoblar - keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir. C) Taassurotlar qanchalik tez va shiddat bilan aytib berilsa, ular shunchalik yuzaki va bir lahzalik bo‘lib chiqadi. D) Ilm qalbni hamisha yoritadi, insonni yuksaklikka ko‘taradi. 9. Qaysi gapda hokim qismi to‘ldiruvchi va kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan? A) Nutqdagi aniqlik qisqalik va ixchamlikni talab etishini hammamiz bilamiz. B) Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning eng dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lishdir. C) Kitoblar o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir. D) Darhaqiqat, til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir. 10. Qaysi gapda hokim qismlari ega va to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan? A) Ora-chora uzoqdan kelgan bola yig‘isi bu tinchlikni buzar edi. B) So‘z - inson qudratining qo‘mondoni, u - hayotning buyuk quroli. C) Shiroq shohning ishonchsizlik ko‘zi bilan qarayotganini fahmlab, o‘z so‘zining to‘g‘riligini isbotlashga kirishdi. D) Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. 11. Uydan chiqib ketish uchun shoshilib yurdi,birdan temir darvoza oldida kuzatib turgan shubhali kishiga ko‘zi tushdi-yu,qo‘rqqanidan orqasiga qayrildi va tez-tez yurib uyiga qaytib kirdi. Ushbu gapdagi hollar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Ma’nosiga ko‘ra holning faqat 2 turi qatnashgan. B) Ot, fe’l, ravish bilan ifodalangan hollar qatnashgan. C) Tobe bog‘lanishlarda ham hokim, ham tobe qism vazifasini bajargan sabab holi qatnashgan. D) Fe’l bilan ifodalangan hollarning barchasi ma’nosiga ko‘ra o‘zaro bir turga oid. 12. Bir chimdim uxlash uchun ko‘zini yumdi, biroq qattiq charchagani uchun allamahalgacha uxlay olmay qiynaldi. Ushbu gapga oid qaysi javobda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Fe’lning maqsad holi vazifasini bajarishi kuzatiladi. B) Sifatdoshning sabab holi vazifasini bajarishi kuzatiladi. C) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan hol qatnashgan. D) Payt holi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan. 13. Bir chimdim uxlash uchun ko‘zini yumdi, biroq qattiq charchagani uchun allamahalgacha uxlay olmay qiynaldi. Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlari bajargan sintaktik vazifalar to‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang. A) Fe’l bilan ifodalangan sabab holi 3 o‘rinda qatnashgan. B) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan hol qatnashgan. C) Hollar faqat fe’l bilan ifodalangan. D) Payt holi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan. 14. Shunday inson haqida xabar keltirdimki,uning har bir ishi va har bir so‘zi bebaho gavhardir. Ushbu gapdagi gap bo‘laklariga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi va hol qatnashgan. B) Sifatlanmishning hol vazifasini bajarishi kuzatiladi. C) Qaralmishlar ega vazifasini bajargan. D) Barcha sifatlovchi aniqlovchilar sifat bilan ifodalangan. 15. Kichikka ulugʽlik ulug‘dan bo‘lar, Ulug‘ga egilsa, kichik qut olar. Ushbu parcha haqidagi qaysi fikrlar to‘g‘ri emas? 1) vositali to‘ldiruvchilar sifatlar bilan ifodalangan; 2) ot bilan ifodalangan ega qatnashgan; 3) otlashgan so‘z bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan; 4) sifat bilan ifodalangan gap bo‘laklari ushbu gapdagi so‘z birikmalarida hokim qism vazifasini bajargan. A) 2, 3 B) 3 ,4 C) 1 ,4 D) 1,2 16. Hindistonda ovchilar bo‘ri inidan ikkita bo‘ri bolasini va ikkita qizchani topibdilar. Ushbu gapdagi gap bo‘laklari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Qaralmishning vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajarishi kuzatiladi. B) Sifatlanmishlar ega va vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. C) Ushbu gapda holning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan. D) Ushbu gapda holning egaga tobelanishi kuzatiladi. 17. Kitob bebaho durga o ‘xshaydi, insonlar ma’naviyatini boyitadi. Ushbu gapdagi tobe bog‘lanishlarda hokim qism vazifasini bajara olmagan bo‘laklarni aniqlang. A) ega, sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi B) ega, sifatlovchi aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi C) sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi ,vositali to‘ldiruvchi D) ega, sifatlovchi aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi 18. Qaysi gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan? A) So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni yiqadi, u ko‘zga ko‘rinmas quroldir. B) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir. C) So‘zdan qudratliroq kuch yo‘q, o‘tkir dalil va yuksak fikrlar safini yorib o‘tish mumkin emas. D) Har bir narsani tejash, bugungini erta uchun zaxiraga qo‘yish yaxshi fazilatdir. 19. Qaysi gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan? A) Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir. B) So‘z yovuzlarni yakson etadigan, qal’alarni yiqadigan ko‘zga ko‘rinmas quroldir. C) Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning eng dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lish demakdir. D) Birdan bir haqiqiy ne’mat odamlarning o‘zaro muloqotidir. 20. 1. Tinchlik tufayli yurt obod. 2. Uyalganidan qizarib-bo‘zarib ketdi. 3. Shularni surishtirish uchun yelib yugurdi.4. O‘ynab kelgani ko‘chaga chiqdi. Ushbu gaplarning qaysi birida sabab ma’nosini ifodalaydigan hol mavjud? A) barchasida sabab holi ishtirok etgan B) 1, 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 2 21. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mustaqil kesimini aniqlang A) o‘ynar, tomchilar, yanchilar B) qamchilar, tomchilar, yanchilar, kelmasa C) o‘ynar, ko‘zlarimdan, yanchilar, kelmasa D) qamchilar, tomchilar, yanchilar, ozodkorim 22. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning nomustaqil kesimini aniqlang A) o‘ynar, yanchilar B) qamchilar, kelmasa C) kelmasa D) qamchilar, tomchilar, yanchilar, ozodkorim 23. Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida qo‘llangan? A. To‘gʽri yursang, murodingga oson yetarsan. B. Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko‘chaga otildi. C. Bir xotin sabzavotlar solingan xaltasini ko‘tarib kelayotgandi D. Har narsaga qiziqish-biz uchun eski odat. 24.Ravish bilan ifodalangan hol qo‘llangan gap qatorini aniqlang. A. Uy ichida odam ko‘p edi. B. Shodmonbek zarbdan ko‘zi tinib hushdan ketdi C. Yigʽlab-yigʽlab marza olsang, o‘ynab-o‘ynab sugʽorasan. D. U o‘ychan ko‘zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi 25.Ega+aniqlovchi+aniqlovchi+to‘ldiruvchi+hol+kesim qolipidagi gapni aniqlang. A. Zebi opasining beradigan javobini ilgaridan bilardi. B. Bogʽbon ko‘m-ko‘k ajriq ustida o‘tirib hordiq chiqardi. C. Dadash mehribon odamlarning suhbatlashishidan zavqlanar edi. D. A’zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi. 26.Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchi qo‘llangan gapni toping. A. O‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi. B. Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman. C. Mening borishimdan sizga nima foyda? D. So‘rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal 27.Qaysi gapdagi aniqlovchi narsa-buyumning qarashliligini ifodalagan? A. Bu kitoblar kimniki? B. Yangi binolar qishloqning husniga husn qo‘shmoqda. C. Shu payt ichkaridan ship-ship qadam tovushi eshitildi. D. Uzoq-yaqinlardan odamlar yigʽila boshladi. 28.Qaysi gapda gapning o‘zgargan tartibi ega va holga tegishli? A. Shovulladi tun bo‘yi shamol. B. Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor. C. Men nechun sevaman O‘zbekistonni?! D. Arra tortar, Nosirning boshi egik, ko‘zi nam. 29.Qaysi gapda ibora hol vazifasida qo‘llangan? A.Qani endi u hozir yonida bo‘lsa, yurt tinchigan, dehqonning ogʽzi oshga yetib, ro‘zgʽoriga baraka kirgan vaqtlarni ko‘rsa. B. Yulduzni benarvon urgan yigitlar o‘shalar. C. Tiyrak ko‘zlarining yiltirashidan jiddiy gapga bel bogʽlaganini angladi. D. Ular o‘zlarini qayerga qo‘yishini bilmay yugurishadi 30.Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ushbu maqolda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan so‘z qaysi so‘z turkumiga mansub? A. sifat B. ot C. ravish D.olmosh Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling