Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami
GAP BO‘LAKLARI 1-VARIANT
1. Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan baxt va omad ketadi. Berilgan gapda ismlar qanday sintaktik vazifani bajargan? A) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega B) to‘ldiruvchi, ega C) ega, aniqlovchi, hol D) to‘ldiruvchi, hol, ega. 2. Qaysi gapda ayrim shakllarni o‘zgartirish orqali qaratqich aniqlovchini sifatlovchi aniqlovchiga aylantirish mumkin? A) Akramning ko‘ngliga tasalli, taskin beradigan narsa yo‘q. B) Bolalarning eng kattasi 16 yoshda. C) Namanganning bu dongdor to‘quvchisini hamma taniydi. D) U do‘stining beradigan javobini oldindan bilar edi. 3. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqyapti. Berilgan gapdagi yasama so‘z qanday sintaktik vazifani bajargan? A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) kesim D) hol 4. Istadim sayr aylamoqni men g‘azal bo‘stonida. Ushbu gapda o‘rin holi me’yoriy tartibga ko‘ra qaysi bo‘lakdan oldin, qaysi bo‘lakdan keyin joylashishi lozim? A) to‘ldiruvchidan keyin, egadan oldin B) to‘ldiruvchidan oldin, kesimdan keyin C) o‘rin holi gapda me’yoriy tartibga ko‘ra joylashgan D) egadan keyin, to‘ldiruvchidan oldin 5. Quyidagi gapda na so‘zi qanday gap bo‘laklarini bog‘lashga xizmat qilgan? Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok. A) ega B) kesim C) ega, to‘ldiruvchi D) to‘ldiruvchi 6. Qaysi gapda ravishdosh bilan ifodalangan kesim qo‘llangan. A) Ishning boshi boshlanguncha. B) Oftoboyim eridan ham qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urgan edi. C) It hurar – karvon o‘tar. D) Biz tomonlarga ham borib turing. 7. Qaysi qatorda gap bo‘laklarining me’yoriy tartibi ko‘rsatilgan? A) hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin, aniqlovchi egadan oldin joylashadi. B)hol va to‘ldiruvchi kesimdan keyin, aniqlovchi egadan keyin keladi C) ega kesimdan oldin , to‘ldiruvchi kesimdan keyin joylashadi. D) hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchi kesimdan keyin joylashadi. 8. Qaysi gapda sodda ot kesim qo‘llangan? A) Muattar eshikni sekin yopib chiqib ketdi. B) Oltita bolani bag‘riga olgan Mahkam taqachi – shu. C) Qo‘shni xona doimo ozoda bo‘ladi. D) Bu hovlining teng yarmi mevazor edi. 9. Istadim sayr aylamoqni men g‘azal bo‘stonida. Ushbu gapda qaysi bo‘laklar o‘rniga nisbatan oldinga o‘tib qolgan? A) kesim, to‘ldiruvchi B) ega, kesim C) barcha bo‘laklarning o‘rni o‘zgargan D) ega, to‘ldiruvchi, hol 10. Hammani kuldirish uchun ataylab shunday kiyindi. Ushbu gapda holning ma’no turlariga to‘g‘ri izoh berilgan qatorni toping. A) 2 ta maqsad, 1 ta vaziyat holi B) 1 ta sabab, 1 ta maqsad, 1 ta vaziyat holi C) 2 ta sabab, 1 ta vaziyat holi D) 1 ta maqsad, 2 ta vaziyat holi 11. Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi, dona-dona gapirdi, vazifaning muhimligini takror-takror ta’kidladi, jon kuydirib tushuntirdi. Ushbu gapda nechta murakkab hol mavjud? A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta 12. Qaysi qatorda nomustaqil kesim shakli qo‘llangan? A) Agar shu ko‘rganlarini hikoya qilib bersa, ular ishonmaydilar. B) Bugun bir osh qilsak. C) Barcha javoblarda nomustaqil kesim shakli qo‘llangan D) Bu inshoga reja tuzasan. 13. 1. Shifokor dorini bolaning qulog‘iga quydi. 2.Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini o‘g‘lining qulog‘iga quydi. Berilgan gapdagi qulog‘iga quydi birikmasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) 1-gapda: qulog‘iga - to‘ldiruvchi, quydi -sodda kesim: 2-gapda qulog‘iga quydi - murakkab kesim B) 1-gapda qulog‘iga - to‘ldiruvchi, quydi -sodda kesim; 2-gapda qulog‘iga quydi - sodda kesim C) har ikkala gapda qulog‘iga quydi -murakkab kesim D) har ikkala gapda: qulog‘iga- to‘ldiruvchi, quydi - sodda kesim 14. Qani qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay .Ushbu gapdagi fe’llar kesimga xos qaysi qo‘shimchalarni olgan? A) -la -b B) -b, -ay C) -ing, -b D) -ing, -ay 15. Uyushgan hollar qaysi gapda qatnashgan? A) U dam hazil bilan, dam jiddiy so‘radi. B) U kecha to‘satdan biznikiga kirib keldi. C) Dadamning kayfiyati yaxshi bo‘lgani sababli zavq bilan kulardi. D) Chumchuqlar daraxtlarda tinimsiz chirqillaydi. 16. Qaysi gapda murakkab ot kesim qo‘llangan? A) Men kutib olishim kerak. B) O‘sha kuni sovuq qattiq edi. C) Berilgan barcha gaplarda D) Hammasini aytib berishing darkor. 17. Uning nurlarida qishning poyonsiz oq ko‘rpasi mayda oltin uchqunlatar va atrofni chuqur jimjitlik o‘rab yotardi. Ushbu gapda nechta o‘rinda aniqlovchi qatnashgan? A) 5 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 6 ta 18. Gap bo‘laklarini aniqlash bo‘yicha tahlilni amalga oshirishda quyidagi vazifalardan qaysilarini bajarish kerak? 1) gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlash; 2) gapda uyushiq bo‘laklar bor yoki yo‘qligini aniqlash; 3) gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmagan bo‘laklar bor yoki yo‘qligini izohlash; 4) gap bo‘laklari qanday so‘z birikmalari tarkibida kelganini izohlash; 5) gap bo‘laklarini belgilash; 6) gap bo‘laklarining joylashuv tartibini izohlash. A)2,3,5,6 B)1,2,3,5,6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 19. Borish-kelish qilmaysiz, kimdan qoldi ko‘nglingiz. Ushbu gapdagi juft so‘z qaysi so‘z turkumiga xos va uning sintaklik vazifasini aniqlang. A) ot, ega B) ot, to‘ldiruvchi C) harakat nomi, to‘ldiruvchi D) harakat nomi, ega 20. Gapning fikriy mundarijasi nimada ifodalanadi? A) grammatik asosda B) gapdan anglashilgan ma’noda C) fe’l kesimning lug‘aviy ma’nosida D) fe’l kesimining zamon ma’nosida 21. Bu she’r menga bag‘ishlangani uchungina emas ,balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. Berilgan gapda balki bog‘lovchisi qanday bo‘laklarni bog‘lab kelgan? A) uyushiq egani B) sodda gaplarni C) uyushiq holni D) uyushiq to‘ldiruvchini 22. Ibora bilan ifodalangan vositasiz toldiruvchili gapni toping. A) Bo‘linganni bo‘ri yer. B) U o‘z obro‘si, g‘ururiga birovning oz-moz til tekizishini ko‘tarmas edi. C) Ertalabdan kapalagimni uchirib yubordingiz. D) U uyiga tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib qaytdi. 23. Quyidagi gapda qo‘llangan aniqlovchilar sonini toping. U yerda oqila qizlarimiz tikuvchilik san’atini va bichuvchilik mahoratini, kashtado‘zlik, zardo‘zlik sirlarini, popopchilik kasbini o‘rganadilar, A) 5 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 6 ta 24. Chiqish kelishigidagi so‘z sabab holi vazifasida qo‘llangan gapni toping. A) Po‘lat o‘zini kulgidan to‘xtata olmasdi. B) Tilning aqldan oldin ketishiga yo‘l qo‘yma. C) Yuragim hayajondan guppillab urardi. D) Aql aqldan quvvat oladi. 25. Ertalab atayin siz bilan xayrlashmay ketibdi. Ushbu gapda holning qaysi turlari mavjud? A) payt, maqsad va ravish holi B) payt va sabab holi C) payt, sabab va ravish holi D) payt va maqsad holi 26. Qaysi gapda o‘rin holi kesim vazifasida kelmagan so‘zga bog‘langan? A) Dalalarda bahorgi dala ishlari boshlandi. B) Osmonda sanoqsiz yulduzlar charaqlaydi. C) Barcha javoblar to‘g‘ri. D) Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. 27. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning kesimini aniqlang A) o‘ynar, tomchilar, yanchilar, kelmasa B) qamchilar, tomchilar, yanchilar, kelmasa C) o‘ynar, ko‘zlarimdan, yanchilar, kelmasa D) qamchilar, tomchilar, yanchilar, ozodkorim 28. Gap kesimi hisoblanadi bog‘lamasi bilan shakllangan bo‘lsa, gapning kesimi qanday kesim sanaladi? A) sodda fe’l kesim B) sodda ot kesim C) murakkab ot kesim D) murakkab fe’l kesim 29. Bog‘lama ishtirok etmagan gapni aniqlang. A) Birovni qarg‘ash yoki so‘kish gunohdir. B) Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir. C) Barcha gaplarda bog‘lama ishtirok etgan. D) Ilm hayot yo‘limizda so‘nmas mash’aladir. 30. Qanday bo‘lak aniqlanmish sanaladi? A) aniqlovchiga nisbatan hokim bo‘lgan bo‘lak B) narsa-buyumni ifodalaydigan so‘zga tobelanib, uning belgisini aniqlatadigan bo‘lak. C) aniqlovchidan keyin kelgan har qanday so‘z D) aniqlovchidan oldin kelgan so‘z Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling