Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


AJRATILGAN BO‘LAKLAR , UNDALMA , KIRITMA


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

AJRATILGAN BO‘LAKLAR , UNDALMA , KIRITMA
1. Ajratilgan hol vazifasida ko‘pincha holning qaysi ma’no turlari keladi? 
A) ravish holi va daraja-miqdor holi B) payt holi va o‘rin holi
C) o‘rin holi va sabab holi D) sabab holi va maqsad holi 
2. U hech kim bilan gaplashmadi – to‘nni teskari kiyib oldi.
Ushbu gapdagi «to‘nini teskari kiyib oldi» birikmasi qaysi qatorda to‘g‘ri tavsiflagan?
A) ajratilgan bo‘lak B) vaziyat holi C) uyushiq bo‘lak D) uyushiq kesim 
3.Bugun soat 2 da – buni sizga aytish yodimdan chiqayozibdi – tushlikdan keyin , 
yozuvchilar bilan uchrashuv bo‘lar ekan.
Berilgan gap qaysi qatorda to‘g‘ri tasvirlangan ? 
A) tarkibida ajratilgan bo‘lak va murakkab kiritma mavjud bo‘lgan sodda gap


B) tarkibida kiritma mavjud bo‘lgan sodda gap
C) tarkibida sodda birikma va uyushiq bo‘laklar mavjud bo‘lgan gap
D) tarkibida murakkab kiritma va uyushiq bo‘laklar mavjud bo‘lgan gap 
4. Ajratilgan bo‘laklar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri? 
A) Ajratilgan bo‘lak mantiqiy urg‘u oladi.
B) Ajratilgan bo‘lak o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan oldin yoki keyin keladi. 
C) Barcha hukmlar to‘g‘ri.
D) Ajratilgan bo‘laklar yozuvda vergul, tire, ba’zan qavs bilal ajratiladi. 
5. Kiritma gaplar nutqning qaysi ko‘rinishida ko‘proq qo‘llanadi? 
A) nasriy nutqda B) she’riy nutqda C) barcha javoblar to‘g‘ri D) dramatik nutqda 
6. Qaysi bo‘laklar doimo o‘zi izohlayotgan bo‘lakdan keyin keladi? 
A) tobe bo‘laklar B) izohlovchilar C) uyushiq bo‘laklar D) ajratilgan bo‘laklar 
7. So‘zlovchining o‘z fikri tarkibiy qismlarning ahamiyatliligi darajasini bildiruvchi 
kiritma qaysi gapda mavjud? 
A) Yaxshi hamki, vaqtida yetib keldik. B) Demak, ertalab uchrashamiz.
C) Yaxshi kunlarga yetib keldik, inshoolloh. D) Birinchidan, bu borada siz nohaqsiz. 
8. Suhbat asnosida uning hech narsaga tushunmayotgani, men bog‘dan kelsam, u tog‘dan 
kelayotgani, birdaniga sezilib qoldi. Berilgan gapdagi ibora qanday vazifani bajargan? 
A) ajratilgan izohlovchi B) uyushiq ega C) kiritma gap D) sifatdosh 
9. Qaysi gapda ajratilgan bo‘lak qo‘llangan?
A) Bosh turmushim to‘ri, ko‘nglimning jo‘ri – bularning hammasi sensan, Vatanim.
B) Uyda ko‘p ish qildi – supurdi, kir yuvdi, tozaladi.
C) Gulzorning narigi tomonida daroyi, husayini, yakdona, charos, kishmish – turli uzum 
ishkomlari bor edi.
D) Berilgan gaplarda ajratilgan bo‘lak qo‘llanmagan. 
10. Ertaga qishloqqa – buni sizga aytish yodimdan ko‘tarilibdi – do‘stlaringiz huzuriga , 
ketyapmiz. Berilgan gap qaysi javobda to‘gri tavsiflangan? 
A) tarkibida ajratilgan bo‘lak va murakkab kiritma mavjud bo‘lgan gap
B) tarkibida kiritma gap mavjud bo‘lgan gap
C) tarkibida ajratilgan bo‘lak mavjud bo‘lgan gap
D) tarkibida murakkab kiritma va uyushiq hol mavjud bo‘lgan gap 
11. Tarkibida ajratilgan bo‘lak, kiritma va undalma mavjud bo‘lgan gapni belgilang 
A) Biz Xorazmda , Ma’mun ibn Ma’mun saroyida, besh yil birga xizmat qilganmiz, 
begim.
B) Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim, Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am. 
C) Qani, ayt, maqsading nimadir sening, nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang!?
D) Xojam, yaxshiyamki, Sulton Mahmud yoshlik chog‘larida, yuragida insof va adolat 
tuyg‘usi tomoman so‘nib bitmagan mahallarda, bu adolatli farmonni bergan ekan. 


12. Kiritma gap va ajratilgan bo‘lak bilan murakkablashgan sodda gap qaysi qatorda 
berilgan? 
A) Uni tanishsa kerak, (Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada 
yaxna choy olib chiqdi.
B) Xojam, yaxshiyamki, Sulton Mahmud yoshlik chog‘larida, yuragida insof va adolat 
tuyg‘usi tomoman so‘nib bitmagan mahallarda, bu adolatli farmonni bergan ekan.
C) Biz (Bu safar menga Maktuba xola hamroh bo‘ldi) qishloqqa kechqurun, qosh 
qorayganda , kirib bordik.
D) Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida, besh yil birga xizmat qilganmiz, 
begim. 
13. Qaysi qatorda ajratilgan izoh bo‘lak mavjud? 
A) Hovuz bo‘ylarida, yosh tollarning ko‘m-ko‘k barglari ostida, hali ham allaqanday 
sokinlik mavjud edi.
B) Qalay,Hamidboy, ishlar zo‘rmi?
C) Men, Karim aka va haydovchimiz erta tongda yo‘lga tushamiz.
D) Bolam,jon bolam, o‘zingni ehtiyot qil! 
14. Aziz ustozlar, do‘stlar, opa-singillar, aka-ukalar! Bu sharafli ishda barchamiz 
mas’ulmiz. Ushbu gapda qanday bo‘lak uyushgan?
A)Aniqlovchi B) Undalma C) Ajratilgan izoh bo‘lak D) Ega 
15. Ajratilgan izohlovchili gapni toping.
A) Fabrikada qizlar ijodkor, ozod mehnat zavqin suradi.
B) O‘g‘lim , qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti.
C) Bizning, o‘quvchi yoshlarning, o‘zimizga yarasha or-nomusimiz bor.
D) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam! 
16. Qaysi qatordagi gapda ajratilgan to‘ldiruvchi bor?
A) Biz, sizning do‘stlaringiz, yo‘l qo‘yilgan xato halokatga olib borguncha jim 
turamizmi?
B) Barchasida ajratilgan izoh to‘ldiruvchi bor.
C) Biz ham shu xo‘jalik hayotidan nafis film, ya’ni kartinani, yaratmoqchimiz.
D) Dadam shu atrofdan-qishloqning chekkasidan, do‘kon qidirdi. 
17. Gumonni ifodalagan kirish so‘z qaysi gap tarkibida mavjud?
A. Mening so‘zlarim sizga, ehtimol, qattiq botayotgandir.
B.Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor.
C. Menimcha, u bugun-erta o‘yini o‘ylab olgani ma’qul.
D. Jigarim esga tushsa, achinaman, albatta. 
18. Ajratilgan to‘ldiruvchi qatnashgan gapni toping.
A. Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida, besh yil birga xizmat qilganmiz, 
begim. 
B. U birpas tinmaydi-supuradi- sidiradi, idish-tovoqlarni artadi.
C.Ammo biz, yurtimiz kishilari, bunday munosabatlar bo‘lishi mumkin deb hisoblaymiz.
D.Men dugonamni, Halimani, sog‘indim. 


19. Siz bilan biz foydali ishga, ko‘pchilikni ogʽirini yengil qiladigan ishga, bel 
bogʽlaganmiz. Ushbu gapda qanday bo‘lak qatnashmagan? 1) umumlashtiruvchi 
bo‘lak; 2) uyushiq bo‘lak; 3) ajratilgan bo‘lak 
A) 1 B) 1,2 C) 3 D) 1,3 
20. Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan so‘zlar qaysi?
1) undalmalar; 2) kiritmalar; 3) kiritma gaplar; 4) modal so‘zlar; 5) undov so‘zlar;
6) uyushiq bo‘laklar; 7) ajratilgan bo‘laklar; 8) umumlashtiruvchi so‘z
A) 1,2,4,5,6,7,8 B) 1,2,3,4 C) 1,2,5,7,8 
D) 1,2,3,4,5 
21. Qanday undalmalar yoyiq undalmalar deyiladi?
A)o‘ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalmalar
B)birdan ortiq uyushib kelgan undalmalar
C) undalmalar yoyiq holda qo‘llanmaydi 
D) undalma qo‘llanganda gapda egasi ham mavjud bo‘lsa 
22. Qaysi qatorda ajratilgan bo‘lak mavjud?
A) Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so‘ng Turdiga qaradi.
B) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam!
C) Yaxshi hamki, yomgʽir yogʽmadi.
D) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi.
23. Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi.
Ushbu gapda quyidagi bo‘laklardan qaysi biri mavjud emas?
1) uyushiq bo‘lak; 2) ajratilgan bo‘lak; 3) kiritma; 4) undalma
A) 2,3,4 B) 3,4 C) 2,4 D) 1,4 
24. Xo‘p qizim xo‘p pochchasi boqmasa boqmasin uni o‘zim boqaman o‘qitib katta 
mulla qilaman.
Gapda nechta vergul qo‘yiladigan o‘rin bor? A) 5 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 4 ta 
25. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. 
Sen yo‘qolgan kuning , shubhasiz , Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
She’riy parchada gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan nechta bo‘lak 
qatnashgan? 
A)2 B) 1 C) 4 D) 3 
26.Ham undalma, ham ega ishlatilgan gapni belgilang.
A)Do‘stlar! Tabiatni asraylik. B)Nodirjon, sizni bezovta qildim, kechirasiz .
C)O‘zbekiston! Sen bizning faxrimizsan. D)Oh, bu o‘lka naqadar jozibali. 
27.Qaysi qatorda kiritmali gap berilgan?
A)Qarg‘avoy, men seni yemayman
B)“O‘tkan kunlar” (Siz bu romanni o‘qigansiz, albatta) o‘zbek romanchiligi tarixida 
alohida o‘rin egallaydi
C) O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, - dedi ona
D) Men otam, onam va opam bilan xayrlashib, yo‘lga tushdim 
28.Gumonni bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda berilgan?
A)Zokir ota, shubhasiz, juda tajribali paxtakor.


B)Menimcha, u bugun-erta o‘yini o‘ylab olgani ma’qul.
C)Chamamda, hali-beri yetib bormaymiz.
D)Xullas, qo‘shiq yana avjga mindi. 
29.Kirish so‘z ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A)Inson tez o‘tuvchi orzu-havaslarga o‘yinchoq bo‘lmasligi kerak, To‘g‘onbek.
B)Kunduzi bo‘lsa, o‘zingdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi.
C)Zerikmaslik uchun, menimcha, biror ish bilan mashg‘ul bo‘lishing kerak.
D)Eshit, qizim Parizod, chiqaribsan yomon ot. 
30.Qaysi javobda undalmaga xos xususiyat to‘g‘ri berilgan?
A)Undalmalar gap bo‘laklari bilan ma’no jihatdan bog‘lanmaydi.
B)Undalmalar gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. 
C)Gapda undalma va kesim qatnashsa, sodda yoyiq gap hisoblanadi. 
D)So‘zlovchining fikriga gumon,ishonch,taxmin singari ma’nolarni qo‘shadigan so‘zlar
undalma deyiladi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling