Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
1. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang
1. Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. 2. Kimning 
ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. 3.Hayot shundayki, uning sinovlaridan 
hamma ham muvaffaqiyatli o‘ta olmaydi. 4. Sevgi shunday navbahorki, u tikandan 
gul qilur. 
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C)1, 2, 4 D) 1, 2 
2. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi.
Ushbu gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turi hisoblanadi?
A) hol ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) ega ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap 
3. Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi.
Ergash gapning kesimini aniqlang. 
A) muloyim edi B) shundaki C) muloyim D) edi 
4. Berilgan gaplarning qaysi biri to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap emas?
A) barchasi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
B) Shunisi muhimki, biz kelajagi buyuk davlat farzandlarimiz.
C) Shuni unutmasligingiz kerakki, Vatanning istiqboli sizning qo‘lingizda . 
D) Shuni bilingki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. 


5. Shunisi qiziqarli ediki, ko‘m-ko‘k bahor osmoni bolalar uchirgan anvoyi rang 
varraklarga to‘lib ketardi.
Ushbu gap - …
A) kesim ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) ega ergash gapli qo‘shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap 
6. Qaysi gapda ergashgan qo‘shma gap sodda gapga noto‘g‘ri aylantirilgan? 
A) Kim ko‘p bilsa, u kamgap bo‘ladi. – Ko‘p bilgan kamgap bo‘ladi.
B) Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. – Men sherik 
qilib olishim uchun siz ishonch bildiring.
C) Shunday xursandmizki, bolalar o‘z yo‘lini topib ketishdi. – Bolalar o‘z yo‘lini topib 
ketishganiga xursandmiz. 
D) barcha qo‘shma gaplar sodda gapga to‘g‘ri aylantirilgan. 
7. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi qaysi bo‘lakka tobelangan?
A) to‘ldiruvchiga B) ot-kesimga C) fe’l-kesimga D) egaga 
8. Kimki bir tovoq osh-chun qul ersa, kerakdir yuziga qozon qarosi.
Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turi hisoblanadi?
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) hol ergash gapli qo‘shma gap 
C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap 
9. Qaysi ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gaplarda 
ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi?
A) basharti, mabodo B) go‘yoki, xuddi C) chunki, negaki D) toki 
10. Qaysi bog‘lovchilar ergash gap boshida keladi?
A) -ki yuklamasi B) ko‘makchili qurilma
C) shart bog‘lovchilari D) deb so‘zi 
11. Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami, kechmi pand 
yeyishadi. 
Ushbu gapda ergash gap bosh gap tarkibida olmosh bilan ifodalangan qaysi gap 
bo‘lagini izohlab kelgan? 
A) egani B) kesimni C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchini 
12. Qaysi gapda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan?
A) Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon kishining gapi ko‘p bo‘ladi. 
B) Bobolardan qolgan noyob bu tortiq Toki avlodlarga yetolsin omon.
C) Saxiylikni odat qilgan bo‘lsa kim, Qo‘lidan davlati ketmasin uning.
D) Kitob mening do‘stim, chunki u bilim manbayi. 
13. Umidim uldurkim, so‘zim martabasi avjdin quyi inmagay.
Navoiy qalamiga mansub ushbu satrlar qo‘shma gapning qaysi turi sanaladi?
A) anqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap 


14. 1.Alam qiladigan joyi shundaki, uning yurak dardlarini hech kim tinglasi kelmasdi.
2.Shunisi borki, biz mahallalarni obod qilishga o‘z hissa-mizni qo‘shishimiz kerak.
3.Kimki hayotga xo‘mrayib boqsa, hayot ham unga zarda bilan qaraydi.
Ushbu gaplar qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? 
A) 1,2,3-to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar
B)1,3-to‘ldiruvchi,2-ega ergash gapli qo‘shma gap 
C) 1-kesim, 2-ega, 3-to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
D) 1-kesim, 2,3-ega ergash gapli qo‘shma gap 
15. Shuni unutmangki, g‘alvirda suv turmas.
Ushbu gap haqidagi tog‘ri hukmni belgilang. 
A) Bog‘langan qo‘shma gap, sodda gaplar yuklama yordamida bog‘langan. 
B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, ergash gap bosh gapga yuklama yordamida 
bog‘langan 
C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma , ergash gap bosh gapga ko‘rsatish olmoshi
vositasida bog‘langan 
D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap, sodda gaplar ohang yordamida bog‘langan 
16. Ayrim muammolar borki, ularni butun jahon xalqlari birgalashib hal qilishi kerak.
Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) kesim tobe gapli qo‘shma gap B) ega tobe gapli qoshma gap 
C) aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gap 
17. Tarkibida otlashgan sifat mavjud bo‘lgan ega ergash gapli qo‘shma gap berilgan 
qatorni aniqlang. 
A) Kimning yuragida yaxshilik bo‘lsa, u doimo boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘radi. 
B) Shu narsa aniqki, xudbin hech qachon elga qayishmaydi.
C) Kimki rostgo‘y, samimiy bo‘lsa, u el o‘rtasida qadr topadi.
D) Quvonarlisi shuki, sinfdagi hamma o‘quvchilar bir-biri bilan ahil. 
18. Quyida berilgan qo‘shma gap qismlari o‘zaro qaysi bog‘lovchi vositasida 
bog‘langan? 
Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatlarini 
sira qo‘ldan boy berma 
A) nisbiy so‘zlar B) ohang
C) ergashtiruvchi bog‘lovchi D) ko‘makchili qurilma 
19. Quyidagi qaysi qatorda to‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gap berilgan?
A) Hayotxon bu gapni shunday g‘amgin tovush bilan aytdiki, G‘ulomjon beixtiyor 
to‘xtadi.
B) U tarixchilar, shoirlar, adabiyotshunoslar, tabiblar, binokorlarni o‘z atrofiga yig‘di. 
C) Yigitlar yuzlarini berkitsalar ham, qumlar yuzlariga qadalardi.
D) Bilib qo‘yki, sening ulug‘ noming bor. 
20. Qaysi qatordagi ergashgan qo‘shma gap tarkibida bosh gap ergash gapdan oldin 
qo‘llangan ? 
A) Olim bo‘lsang, olam seniki.


B) Kamtar bo‘l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi.
C) Qo‘rqoq keta turib maqtansa, jasur qaytib kelib maqtanadi
D) Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning uchun men bormayman. 
21. Samandar fahmladiki, qushning bolalari har yili shu ajdarga yem bo‘lar ekan.
Ushbu gap tobe gapli qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) ega tobe gapli qo‘shma gap B) aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap
C) hol tobe gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gap
22. Quyidagi gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga kiradi?
Buning natijasi shu bo‘ldiki, To‘laganning qanshariga musht tushdi.
A) hol ergash gapli qo‘shma gap B) kesim ergash gapli qo‘shma gap
C) ega ergash gapli qo‘shma D) aniqlovchi gap ergash gapli qo‘shma gap 
23. Qaysi qatorda nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan hol ergash gap berilgan? 
A) Bahor keldi, shuning uchun biz dala ishlarini boshladik.
B) Nur borki, soya bor.
C) Kim ko‘p mehnat qilsa, u yo‘qchilik zahmatini chekmaydi.
D) Men qanchalik yaqin borsam, u shunchalik uzoqlashadi. 
24. Berilgan gap ergash gapli qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
Kim sening kamchiliklaringni to‘g‘ri aytsa, u sening haqiqiy do‘stingdir.
A)ega ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap 
25. Mashina qaysi yo‘ldan yursa, otliqlar ham xuddi shu yo‘ldan yurmoqda edilar.
Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo‘shma gap 
26.Har kimki o‘ziga ehtiyot bo‘lsa, birovni o‘g‘ri tutmas.
A. Kesim ergash gapli qo‘shma gap. B. Hol ergash gapli qo‘shma gap.
C. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. D. Ega ergash gapli qo‘shma gap. 
27.Ega ergash gapli qo‘shma gapni ko‘rsating.
A. Daraxtni yer ko‘kartiradi, odamni el ko‘kartiradi. 
B. Agar seni aldasa hayot, Sen noumid bo‘lm a hech qachon.
C. Mirzakarim boy qishloqi jiyani bilan so‘zlashishdan to‘xtagan bo‘lsa ham, fikri
yigitni o‘rg anish bilan mashgʽul edi.
D. Kim mehnatni sevsa, u qadrli bo‘ladi. 
28.Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapni belgilang.
A. Sevgi shunday navbahorki, U tikandin gul qilur.
B. Biz istaymiz: barcha ellar bir-biriga yaqinroq bo‘lsin.
C. Oq, pushti, sarg‘ish, qip-qizil gullarga qara, diling yayraydi.
D. Do‘stlarning haq so‘zi achchiq bo‘lsa ham, aqlli odam uni shirin so‘zdan ustun
qo‘yadi 
29.Bosh gapda qo‘llanmagan to‘ldiruvchini izohlab kelgan to‘ldiruvchi ergash gap
qaysi qatorda berilgan? 


A. Biz shuni yaxshi anglaymizki. o‘z izzati va qadrini bilgan inson millat
ajratmaydi. 
B. Bilib qo‘yki, seni vatan kutadi.
C. Chaqimchidan qo‘rqqin, chunki uning bir soatda buzgan ishini bir yilda ham
tuzatib bo‘lmaydi.
D. Sen tabiatga to‘pponchadan o‘q uzsang, tabiat senga to‘pd an o‘q uzadi. 
30.Berilgan gap ergash gapning qaysi turiga mansub?
U menga shunday kuch bo‘lib tuyuldiki, bu kuch oldida o‘lim ham, dushman
ham ojiz.
A. Ega ergash gapli qo‘shma gap. B. Kesim ergash gapli qo‘shma gap.
C. Hol ergash gapli qo‘shma gap. D. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling