Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

GAP TURLARI
1.Yurak, sen mening sozimsan. Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumotlar 
to‘g‘ri? 
1) Ushbu gap egasi ma’lum gap sanaladi; 
2) Ushbu gap tarkibida sodda ot kesim qatnashgan. 
3) Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qatnashgan ismning munosabat shakllari soni 3 ta; 
4) Ushbu gapda qaralmish ega vazifasini bajargan.
A) 1,3 B) 1,2 C) 2, 3 D) 3, 4 
2. O‘zbekning kurashi hamisha halol, 
Unda yo‘qdir g‘irrom, yo‘qdir yomonlik
Doimo do‘stlarga tilaydi kamol, 
Tilaydi barchaga do‘stlik, omonlik. 
Ushbu she’riy parcha nechta sodda gapdan tashkil topgan?
A. 3 ta B. 4 ta C. 5 ta D. 6 ta 
3. Berilgan gaplarning qaysi biri istak gapga mansub emas?
1. Qani endi, dunyodagi barcha bolalar baxtli bo‘lsa.
2. Hammamiz o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaylik. 
3. Millatning dardiga darmon bo‘linglar.
4. Xorijiy tillarni o‘rganib, chet ellarga o‘qishga borsam.
A) 2
B) 3
C) 2, 3 D) Berilgan barcha gaplar istak gap. 
4. Qaysi qatorda istak gap berilgan?
1. O‘qiylik do‘stlar, o‘qishning qadriga yetaylik, savodsizlik gumrohlik ekanligini 
tushunub yetaylik! 2. Yozning issiq kunlari g‘animat ekanligini esdan chiqarmangiz!
3. Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari haqiqatga aylansin.


A) faqat 1 B)1va 2 C) 1 va 3 D) istak gap berilmagan. 
5. Fikr ifodalagan til birligi berilgan qatorni toping.
A.yog‘ tushsa yalaguday B. ko‘cha katta
C. maktabning hovlisi D. qunt bilan o‘qimoq 
6. – Seni qurol ushlashga qaysi nomard majbur qildi?
– Vijdonim, xalqimning amri.
Ushbu to‘liqsiz gapda qaysi gap bo‘laklari tushirilgan? 
A) ega va kesim B) kesim va unga oid so‘zlar
C) ega, ikkinchi darajali bo‘laklar D) ega 
7. Qaysi qatorda shaxsi noma’lum gap berilgan? 
1. Yo‘lda biroz to‘xtashga to‘g‘ri kelib qoldi.
2. Ko‘nglida armon qolmasligi uchun chilyosin qildirishga to‘g‘ri keldi.
3. Yo‘lda ukam menga to‘g‘ri kelib qoldi.
4. To‘garakka barvaqt borishga to‘g‘ri keldi. 
A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 
D) 1, 2, 3 
8. Qor yog‘ardi bo‘ralab, Qolishmasdi dovuldan. To‘yga aytib ketishdi Shundoq 
qo‘shni ovuldan. (A. Oripov)
Berilgan she’riy parchada nechta sodda gap bor?
A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta 
9. Qaysi gap shaxsi umumlashgan gapga mansub? 
A) Birovning izidan gapirma, yuziga gapir. 
B) Farzandni gulga, onani bo‘stonga o‘xshatadilar. 
C) Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin. 
D) Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o‘xshataman. 
10. So‘roq gapda buyurish mazmunini ifodalangan javob qaysi? 
A….sinashta o‘rtog‘ingiz bo‘lsalar, u kishidan sir yashirib o‘tirasizmi?
B.Hoy uka, shu yerda qo‘lida kitob, daftar ko‘targan bola ko‘rmadingizmi?
C.Tunov kuni aytganim yodingizdan chiqdimi?
D.Kumushning o‘zi yigit to‘g‘risida hech narsa bilmaydimi? 
11. Notiq dedi: “Taqdir shul, Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul, Bir til qolur dunyoda”.
Ushbu parchada nechta gap ishtirok etgan?
A.3 B. 5 C.6 D.4 
12.Sodda gapni toping.
A.Yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatdan el-yurtga naf 
yetadigan siymolarnigina mutafakkir deyish mumkin.
B.Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi.
C.Odam borki, fikr yuritish qobiliyatiga ega.
D.Amir Temur, Husayn Boyqaro va Bobur faoliyatida davlat tafakkuri ustuvorlik qilgan 
bo‘lsa, Ulug‘bek faoliyatida ilmiy tafakkur yetakchi edi. 


13. Joiz, kerak kabi so‘zlar egalik qo‘shimchalarini olmagan harakat nomlari bilan 
birikib, qanday gaplar tarkibida murakkab kesim vazifasida keladi? 
A) atov gaplarda B) shaxsi noma’lum gaplarda
C) egasi (shaxsi) umumlashgan gaplarda 
D) egasi (shaxsi) ma’lum gaplarda 
14.Qaysi gapda egasi umumlashgan gap berilgan? 
A. Xonaga kirgan avval salom beradi. B. Manzilga mana shu yo‘ldan boriladi.
C. Topshiriqni o‘z vaqtida bajarish kerak. D. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 
15.Qaysi qatorda egasi ma’lum gap berilgan? 
A. Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi.
B. Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir. 
C. Dam olish kuni kitobxonlar yigʽiniga borish kerak.
D. Bugun to‘garakka borishimiz lozim edi. 
16.Qaysi qatorda atov gap qo‘llanmagan?
A. Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv mildirab oqadi. 
B. Yam-yashil o‘tov. Hulkar bu yerga kelsa, qanday quvonadi. 
C. Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. 
D. Barcha gapda atov gap qo‘llangan. 
17.Shaxsi umumlashgan gapni toping. 
A. Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o‘xshataman .
B. Birovning izidan gapirma, o‘ziga gapir. 
C. Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
D. Farzandni gulga, onani bo‘stonga o‘xshatadilar. 
18.Shaxsi noma’lum gapni toping. 
A. Kiyimni bo‘yga qarab bichadilar.
B. Umr bo‘yi bilimni boyitib borish lozim. 
C. Xalqimning baxt-u saodati yo‘lida xizmat qilishga tayyorman.
D. Do‘stini yomonlagandan qoch. 
19.To‘liqsiz gapni toping. 
A. Shundaymi? - yoqasini ushladi chol.
B. – Familiyangiz nima? –A’zamxonova.
C. Sabr – umr xazinasi. 
D. Ertaga Qorabuloqqa borar ekansiz-da?
20. - Imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko‘rdingmi? – Ha.
Ushbu gapdagi ha so‘zini qanday izohlaysiz? 
A. to‘liqsiz gap B. so‘z-gap C. kirish so‘z D. atov gap
21.Qaysi qatorda shaxsi ma’lum gap berilgan? 
A. Bu yil olma bilan o‘rik hosili mo‘l bo‘ldi.
B. Sochilgan urugʽ tez unib chiqdi.
C. Bir tup tok eksang, bir tup tol ham ek . 
D. Gullab yotgan o‘rikzor xira pardaga o‘raldi. 


22. Shaxsi noma’lum gap qo‘llangan qatorni toping. 
A. Qo‘rqoq hamma narsadan mahrum. 
B. Elni ixtilof buzadi. 
C. O‘tgan narsa hamisha totli.
D. Toshdan gavharni farq qilish kerak. 
23. Shaxsi noma’lum gapni toping. 
A. Insonni bilish uchun uni sevish lozim. 
B. Nahotki bugun yomgʽir yogʽsa.
C. Hayotning go‘zalligi ham xalqlarning rang-barangligida emasmi?
D. Ko‘p bilgan oz so‘zlar. 
24. Shaxsi noma’lum gap qaysi qatorda berilgan? 
A. Saida shuni tezroq bilgisi kelardi. 
B. Hozir soat o‘n bir. 
C. U yerga mana bu yo‘ldan boriladi. 
D. Soat o‘n birdan qirq besh minut o‘tdi
25.Sodda yigʽiq gap berilgan gapni toping. 
A. Alisher o‘ylanib qoldi. 
B. Opam talaba bo‘ldi. 
C. Siz fargʽonalikmisiz?
D. Barcha javoblar to‘gʽri. 
26. Shaxsi ma’lum gap qaysi qatorda berilgan? 
A. Aqlli yoshlar fursatlarini behuda o‘tkazmaydilar, gʽayrat bilan o‘qiydilar, ishlaydilar
B. Har kuni sport bilan shugʽullaning. 
C. Biz to‘quvchilik kasbini ulugʽlayapmiz . 
D. Sharqda hamma insonlar keksalarni hurmat qilishadi. 
27. Shaxsi noma’lum gapni toping. 
A. Ra’no oyoq uchlarini sariq atlas ko‘ylagi bilan yashirdi. 
B. Aql - odamning ko‘rki.
C. Inson qalbi bilan hazillashmang siz. 
D. Vazifani bajarish zarur. 
28. - Siz ham shunday o‘ylaysizmi? - Aksincha!
Ushbu gapdagi aksincha so‘zi qaysi javobda to‘gʽri izohlangan? 
A. to‘liqsiz gap B. atov gap C. inkor so‘z- gap D. undov so‘z
29.Qaysi qatorda egali gap berilgan? 
A. Siz bilan bu haqda gaplashishga to‘gʽri keladi. 
B. Ertalabki salqinda yetib borish kerak. 
C. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l . 
D. Katta qizi bir choynak va ikkita piyola olib kirdi. 
30.Qaysi qatorda so‘z - gap qo‘llangan? 
A. - Sening bundan xabaring bormi, Ali? -- Yo‘q, ustoz. 
B. - Ulardan xat keladimi? -- Keladi, keladi. 


C. - Shu voqeadan so‘ng kuyovingiz aniq kelganmi edi? - Kelgan edi, qizim. 
D. - Siz qayerdan, mehmon? - Toshkentdan. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling