Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR
1. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Manzuraning yuziga dam issiq, dam oqshom shabadasi urilardi.
B) Aql – eskirmas kiyim, bilim bo‘lsa tuganmas buloqdir.
C) Vali yana ertasiga saharlab uyg‘onganda G‘ulomjon hujrasida yo‘q edi.
D) Dugonalar ish bilan band bo‘lishdi, suhbat negadir qovushmadi. 
2. Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
1. Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalininb kishiga rohat beradi.
2. Mahsulot aynigan yoki agrotexnika qoidalari buzilgan.
3. Kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi.
4. Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari, dam hind qo‘shiqlari ijro qilinardi.
A) 1 va 4 B) 2 va 3 C) 1,2,3,4 D) faqat 2 
3. Qaysi bog‘ovchilar bilan bog‘langan qo‘shma gap qismlarida ifodalangan voqea-
hodisalarning faqat bittasi yuzaga chiqishi ta’kidlanishi mumkin?
A) bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda
B) ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda
C) zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda
D) inkor bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda 
4. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar to‘liq berilgan qatorni aniqlang. 
A.teng bog‘lovchilar, bo‘lsa, esa so‘zlari, yuklamalar
B.bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar, ohang 
C.ergashtiruvchi bog‘lovchilar, shart mayli qo‘shimchasi, nisbiy so‘zlar 
D.teng bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar, tinish belgilari 
5. G‘alaba qo‘lga kirdi-yu, jang tugagani yo‘q hali.
Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A.bog‘lovchisiz qo‘shma gap
B.zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap
C. inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
D.biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap
6. Qismlari bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa so‘zi yordamida bog‘langan qo‘shma gapni 
aniqlang 
A) Aql eskirmas kiyim, bilim bo‘lsa tuganmas buloqdir.
B) Ilm bir daraxt bo‘lsa, odob uning mevasidir.
C) Kitob bir bog‘ bo‘lsa, yozuvlar uning gullaridir.
D) barcha javoblar to‘g‘ri 


7. Teng bog‘lovchi qaysi gapda qo‘shma gaplarni bog‘lamagan? 
A) U rostini gapirib berani uchun onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli bolaning 
ishi emasligini aytdi.
B) Said nafaqat o‘qishda, balki sportda ham eng faol o‘quvchi.
C) Oy goh oshik tirqishidn mo‘ralar, goh bulutlar orasida g‘oyib bo‘lardi.
D) U chiroqni o‘chirib sandal chetiga yotdi-yu, ko‘nglidagi g‘ulg‘ula kuchayib ketaverdi. 
8. Qaysi qatorda bogʽlangan qo‘shma gap berilgan?
A) Shu kiyimliklardan na xotini va na bolalarini foydalantirar , na o‘zini ziqnalikdan 
qutqarar edi.
B) Dunyo ko‘rgan odam bilan hamsuhbat bo‘lsang, bahri diling ochiladi. 
C) Guli yo‘q bo‘stondan yaproq yaxshi, foydasi yo‘q yo‘ldoshdan tayoq yaxshi. 
D) Mazmunli kitob go‘zallikdir, lekin go‘zallikda ham go‘zallik bor. 
9. Qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Odam bolasi elektr simi emaski, musbat yo manfiyga ajratsang.
B) Ish ko‘pligi-yu vaqt yo‘qligidan nolimang.
C) Aytishlaricha, ko‘zguda inson quvvatini so‘rib olish xususiyati bor ekan.
D) Insoniyat orol bo‘lib emas, qit’a bo‘lib yashashni o‘rganmog‘i lozim 
10.Qo‘shma gap berilmagan javobni aniqlang.
A) Bir so‘z bilan aytganimizda, O‘zbekiston Amir Temur orzu qilgan yurtga aylanib 
bormoqda.
B) Ota-onasi shaharda o‘qisin deb, Buxoroga ko‘chib kelishibdi. 
C) Bularning bari tushimmidi, bilolmadim.
D) Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin bo‘ladi. 
11. Zidlov bog‘lovchisi qo‘shma gap qismlarini bog‘lagan gapni toping. 
A) Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmadi, balki xayoli chalg‘ib biroz orom 
olgandek bo‘ldi.
B) Sobir nafaqat o‘qishda, balki sportda ham eng faol edi.
C) Xalqni qo‘rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‘lgan odam marddir .
D) Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi
12.Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Yaxshilik qilmoqlik ulug‘ fazilatdir, uning qadriga yetmaslik esa illatdir.
B) Shamol qay tarafga essa, maysa ham o‘sha tomonga egiladi.
C) Daryo shovullab oqar, uning muzdek shamoli menga zavq bag‘ishlardi.
D) Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi. 
13.Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo‘lsa faqat
dam olaylik deysan. 
Ushbu gap qo‘shma gaplarning qaysi turiga mansub?
A) bog‘langan qo‘shma gap B) ergashgan qo‘shma gap
C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) murakkab qo‘shma gap 
14.Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? 
A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi.


B) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar.
C) So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, So‘zning qattig‘i odamni o‘ldiradi. 
D) Berilgan barcha gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gap hisoblanadi 
15.Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. 
A. Lolalar uchun oftob yaxshidir, Bolalar uchun odob yaxshidir
B. Ko‘m-ko‘k tog‘li yaylovlarda o‘tov oqarib yer-u ko‘kni podalarning shovqin-suroni 
tutdi
C. O‘ziga berilgan aqlsiz tentak bo‘lsa, o‘zini bezagan xushro‘y satangdir 
D. Chor atrofda esardi ellar va bog‘larda qushlar chiyillar 
16. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan? 
A. Quyosh yerga nurini har qancha sochsa ham, u yerdan buning evaziga hech narsa talab 
qilmaydi.
B. Tantanali kechaning badiiy qismida konsert berildi ham hujjatli film namoyish etildi. 
C. Suv keldi – nur keldi.
D. Men shunday sekin so‘zlaymanki, hech kim eshitmaydi. 
17.Bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A. Mashrab shuni yaxshi biladiki , o‘rtog‘i uni aldamaydi. 
B. Yo yerning kuchi yo‘q, yo yorug‘i yaxshi emas.
C. Kim ichkilikdan madad istasa, o‘sha go‘r atrofida bo‘ladi.
D. Shu kunlarda na Ahrordan, na Shuhratdan darak bor. 
18.Qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A. Bahrom kanizagiga ko‘z tashlaydi , ammo uning hayratlanmaganligidan Bahrom
dargʽazab bo‘ladi
B. Bir kuni sarkarda ovdan qaytayotib Bahromni o‘z oromgohiga taklif qiladi 
C. Haqiqatan, bu kelajakka dadil intilayotgan qalbning o‘z hayotidan mamnunligi , 
xolos. 
D. Har bir inson fikr yuritish qobiliyatiga ega. 
19.Zidlov munosabatli ifodalangan bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A. Na hamdard kishisi bor, na ovuntiradigan mashg‘uloti.
B. Kuz tushdi, tog‘ cho‘qqilarini qor bosdi.
C. Uydagilar xursand edi, ammo bu xursanchilik unga tatimadi.
D. Burgut yalqovgina, lekin viqor bilan qanotlarini yoyib uchib ketdi. 
20.Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A.Navoiy goh otda, goh piyoda paydo bo‘lar edi.
B.Hissiyot va aql iroda uchun zarurdir, men faqat ular orqali nima qilishim yoki 
qilmasligim lozimligini bilib olaman. 
C.Haqiqatga har qanday masofa pisand emas, uni hech bir chegara to‘xtatolmaydi 
D.Hammani olib boradimi yoki xohlamagan qolaveradimi? 
21.Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A. U davra o‘rtasida o‘tirdi-da, so‘zlay boshladi.
B. Ajabo, film namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi.


C. Yo‘l yurib charchagan Roziq ko‘rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi.
D. Shuni unutmangki, yomonlarga yo‘ldosh bo‘lmaslik kerak. 
22.Bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A. U tabiat go‘zalligining takomili va inson latofatining ayni mujassami edi.
B. Uning behad chiroyli ko‘zlari iffat va hayo bilan ma’sum bo‘lardi. 
C. Uyga yaqinlashganda boshidagi durrachasini tuzatdi, qo‘lidagi esa tugunchani yerga 
qo‘ydi. 
D. Tabiiyki, har ikkisi birlashgan joyda jahon guliston bo‘ladi.
23. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap qatorini aniqlang.
A. Mahkam salomlashib o‘tib ketmoqchi bo‘ldi, biroq Mirsaid to‘xtatdi.
B. Masofa yiroq - ko‘ngil yaqin.
C. Dunyoda biz bormiz – tinchlik buzilmas.
D. Kuzning o‘rtalarida havo bir-ikki da’fa aynidi hamda vodiyga qalin tuman tushdi. 
24. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni belgilang. 
A. Ko‘z yoshi yo ko‘ngildagi gam-gʽussaning damini kesish, yo berahmning rahmini 
keltirish uchun to‘kiladi.
B. Uyatsizlik hamma narsa uchun zarardir.
C. Hozir uning ko‘ksi goh og‘rituvchi, goh yupantiruvchi kechinmalar bilan to‘la edi.
D. Dam kun qizib ketadi, dam jala quyadi. 
25. Bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A. Ongli kishi deyilsa, ongga ega, aql-idrokli odam tushuniladi.
B. Shuni bilingki, vaqtning qadriga yetish lozim.
C. Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro‘yi bir pul bo‘ladi. 
D. Rostgoylik odamni kamolotga yetaklaydi, yolg‘onchilik esa uni halokatga olib 
boradi. 
26. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A.Har kimning zari bo‘lmasa bo‘lmasin-u, hunari bo‘lsin.
B. Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, 
dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi.
C. To‘satdan eshik sharaqlab ochildi-yu, ostonada Eltoyev paydo bo‘ldi.
D. Inobat qizishib ketib pisandaga o‘tganini endi payqadi. 
27. Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilmagan?
A. Qilgan xatolaringni o‘lguningcha ko‘z o‘ngingda tut, ammo qilgan
yaxshiliklaringni unut.
B. Xalqqa xayr-u ehson qilish naqadar ulug‘ fazilat, biroq bu xayr-u ehsonning
beg‘araz bo‘lgani yana ham yaxshi.
C. Har bir narsa aqlga muhtoj, aql esa tajribaga muhtojdir. 
D. O‘ylamoq yaxshi narsa, lekin ko‘p o‘ylab xayolparast bo‘lish zararlidir. 
28. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni belgilang.
A. Adabiyotga o‘g‘ri mushukka o‘xshab tuynukdan oshib tushadiganlar ham bo‘ladi.
B. Taqdirimiz birdir, go‘zalim. Gar o‘rtada daryo bo‘lsa ham.


C. ...odam gapni qay tarzda gapirganligiga emas, nima deganiga qaralsa, durust bo‘lar.
D. Mol-u puling ketsa ketsin-u, vaqtingni zoye ketkazma. 
29. Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilmagan?
A .Jondan ortiq narsa yo‘q, lekin do‘stlar uchun jonimiz fido.
B. Oradagi masofa yiroq, ammo mehr bizni bog‘lab turadi.
C. Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi.
D. Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi. 
30. Zidlov munosabati ifodalangan bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A. Na hamdard kishisi bor, na ovuntiradigan mashg‘uloti.
B. Kuz tushdi, tog‘ cho‘qqilarini qor bosdi.
C. Kechasi yana qor yog‘gan, biroq havo unchalik sovuq emas edi.
D. Iqror bo‘lish im kerakki, dehqonchilik mening ishim emas ekan. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling