Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

SO‘Z BIRIKMASI 1-VARIANT
1. Qaysi qatorda fe’lli birikma berilmagan? 
A) daftarga yozmoq B) asaldan shirin C) zimdan kuzatmoq D) qushlarni kuzatib 
2. O‘zbek tilida so‘z birikmalaridagi tobe so‘zining o‘rni qanday bo‘ladi?
A. Hokim so‘zdan keyin keladi
B. Hokim so‘zdan oldin keladi
C. har xil bo‘lishi mumkin 
D. ba’zan keyin, ba’zan oldin keladi 
3. Otli so‘z birikmasi berilgan qatorini toping. 
A. Ogʽzini ochmoq B. Jigarrang
C. Quyi Chirchiq D. O‘quvchilarning har qaysisi
4. So‘z birikmasi berilgan qatorni toping. 
A. tashrif buyurmoq B. ko‘ngil uzmoq
C. gul ochildi D. keng yo‘l 
5. Otli birikmalar berilgan qatorni toping. 
1) baland bino 2) tez kelgan 3) asalday shirin 4) intizomda birinchi 5) senga berdim 
6) bolalarning hammasi 
A.1,2,4,6 B.1,2,3,6 C.1,3,4,6 D.1,3,4,5,6 
6. Hokim so‘z fe’lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan so‘z birikmasini toping. 
A. O‘qigan bola B. Oldinga yurib C. Mehnatda sinalgan D. Guldan nozik 
7. Qaysi qatorda so‘z birikmalari ot+ot shaklidagi belgisiz qaratqich yo‘li bilan birikkan? 
A. sizning ukangiz, tilla tish, odam izlari 
B. bino derazalari, kitobim muqovasi, bayrogʽin rangi 
C. yurt bayrogʽi, shahrimiz ko‘chalari, masala yechimi 
D. xonalarning kattarogʽi, bosh qotdi, qizil gul 
8. Qaysi qator so‘z qo‘shilmasiga mos kelmaydi? 
A. olma va anor, aka bilan uka
B. tinchlig-u urush, ota – yu ona
C. ko‘cha yo‘lagi, shahar binosi
D. yuqoridagi javoblar so‘z qo‘shilmasiga mos keladi. 
9. Qaysi qatorda ot+ ot shaklida bosh kelishik yo‘li bilan birikkan bog‘lanish mavjud? 
A. odam izlari, bino derazalari, ko‘p hikmat.
B. oltin kamar, kumush qish , tilla tish. 
C. bino xonasi, odam soyasi, she’r o‘qish. 
D. Uning qo‘li, bu odam, sergap odam. 
10. Qaysi qatorda faqat fe’lli so‘z birikmasi mavjud? 
A. Kitob o‘qimoq, daftarga yozmoq, ohista gapirmoq.
B. O‘qdan tez, o‘qishga kirmoq, sevinib kelmoq. 
C. Buni ko‘rmoq, uning yuragi, shunga qaramoq.
D. Yaxshi do‘st, shoshib aytmoq, omad quvonchi 


11. Navoiy bilan Bobur so‘z qo‘shilmasidagi so‘zlar bir-biri bilan qanday usulda 
bogʽlangan? 
A) ko‘makchili boshqaruv usuli bilan
B) kelishikli boshqaruv usuli bilan
C) bitishuv usuli bilan 
D) teng bogʽlanish usuli bilan 
12. Qaysi xususiyat teng bogʽlanishga xos emas? 
A) bunda so‘zlar teng bogʽlovchilar vositasida bogʽlanadi
B) Teng bogʽlanish natijasida so‘z birikmalari emas, so‘z qo‘shilmalari hosil bo‘ladi
C) Teng bogʽlanishda so‘z qo‘shilmasidagi bir so‘z boshqasiga tobe bo‘lmaydi
D) So‘zlar bir-biri bilan ko‘makchilar vositasida bogʽlanishi mumkin 
13. So‘z birikmasi berilgan qatorni toping. 
A) erta bahor B) men o‘qidim C) ukam uchun D) O‘rta Osiyo 
14. Hokim so‘z ot bilan ifodalangan so‘z birikmalarini toping. 
A) bugungi bayram, o‘rik hidi, qattiq aziyat
B) bahoriy kayfiyat , oydan go‘zal, yosh ijodkorlar 
C) ishga shoshilmoq, bayram fayzi, yurakdan o‘qimoq
D) kamalakdek egik, anketa so‘rovi, tarixiy shaxs 
15. Sen tufayli. Ushbu so‘zlar qo‘shilmasi tobe bogʽlanishning qaysi turiga mansub?
A) bitishuv B) tobe bogʽlanish sanalmaydi C) moslashuv D) boshqaruv 
16. So‘z birikmasi haqida quyida keltirilgan fikrlarning qaysi biri to‘gʽri? 
1) Tobe so‘z, odatda, hokim so‘zdan oldin keladi. 2) Hokim so‘z, odatda,
tobe so‘zdan oldin keladi. 3) Hokim so‘z tobe so‘z orqali beriladigan so‘roqqa 
javob bo‘ladi. 4) Tobe so‘z hokim so‘z orqali beriladigan so‘roqqa javob
bo‘ladi. A) 1,4 B) 1,3 C) l,2 D) 2,4 
17. Varrak uchirmoq, muhabbating tanitmoq kabi so‘z birikmalari qaysi qatorda to‘g’ri 
izohlangan? 
1) har ikkalasi fe’lli birikma; 2) 1-si aniqlovchili, 2-si to‘ldiruvchili birikma; 3) har 
ikkalasi to‘ldiruvchili birikma; 4) har ikkalasi aniqlovchili birikma 
A) 1 va 4 B) faqat 1 C) 1 va 3 D) faqat 3 
18. Quyidagi birliklardan qaysi biri so‘z qo‘shilmasi sanalmaydi? 
A) na kitob, na daftar B) ba’zan qor, ba’zan yomg‘ir 
C) oy-u quyosh D) barchasi so‘z qo‘shilmasi sanaladi
19. Qaysi qatorda fe’lli so‘z birikmasi berilgan?
A) ta’sirli so‘zlamoq B) bolalarning orzusi
C) hammasidan yaxshi D) barchasi otli birikma sanaladi 
20. Qaysi qatorda sifat+fe’l shaklidagi fe’lli so‘z birikmasi berilmagan? 
A) tashvishli gapirmoq B) barchasi to‘g’ri 
C) ko‘p gapirmoq D) ta’sirli so‘zlamoq 
21. Qaysi qatorda ravish+fe’l shaklidagi fe’lli so‘z birikmasi berilgan? 
A) ko‘p mahsulot B) asta qo‘zg‘almoq


C) yaqin qo‘shni D) barchasi to‘g’ri 
22. Ot+ ot shaklida belgisiz qaratqich kelishikida birikkan so‘z birikmasi qatnashgan 
gapni aniqlang. 
A. Cho‘lda Ahmad odam izlarini ko‘rganday bo‘ldi. 
B. Uzoqdan binoning derazalari yaltirab ko‘rindi. 
C. U kishi hammani baland ovoz bilan chaqirardi.
D. Bobur ukasin ishini hal qilib berdi. 
23. Tobe so‘z o‘z shaklini hokim so‘zning shakliga moslaydigan bog‘lanish 
turi…deyiladi. 
A. bitishuv B. moslashuv C. boshqaruv D. barchasi
24. Hokim so‘z egalik qo‘shimchasini olgan so‘z bilan ifodalansa, tobe so‘z qanday 
kelishik shaklida keladi?
A) tushum va qaratqich B) qaratqich va jo‘nalish C) faqat tushum D) faqat 
qaratqich 
25. Otli birikmada hokim so‘z quyidagi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanmaydi? 
1. Ot. 2. Undov. 3. Son. 4. Modal so‘z. 5. Sifat. 6. Taqlid so‘z. 7. Sifatdosh. 8. Ravish.
9.Ravishdosh 10. Olmosh.
A. 2,10 B. 7,9 C. 4,6,7,9 D. faqat 9 
26.Olovqalb va shijoatli yoshlarimizning o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishi 
yurtimizning porloq kelajagiga ishonchimizni mustahkamlamoqda. 
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi bor? ? 
A) 9 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 8 ta 
27. Bilimli, ma’naviyatli, keng mushohadali yoshlarni tarbiyalash dolzarb vazifa 
sanaladi. 
Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A) Barcha so‘z birikmalarida tobe va hokim qismlar bitishuv usulida bog‘langan. 
B) Tobe va hokim qismlari ot turkumiga oid so‘z bilan ifodalangan so‘z birikmasi 
ishtirok etgan.
C) Barcha so‘z birikmalarining tobe qismi yasama so‘z bilan ifodalangan. 
D) Tobe va hokim qismi aniqlovchi vazifasini bajargan so‘z birikmasi ishtirok etgan. 
28. Ota-onangiz, qavm-qarindoshlaringiz, yor-birodarlaringizning ahvolini so‘rashni, 
ularni yo‘qlashni unutmang. 
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud? 
A) 7 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 6 ta 
29. O‘z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining 
burchidir. 
Ushbu gapda nechta so‘z birikmasi mavjud? 
A) 8 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 5 ta 
30. Yaxshi asar muallifning kitobxonga in’om etgan qimmatbaho tortig‘idir. 
Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 
A) Bitishuvli so‘z birikmasining hokim qismi ega, hol va kesim vazifasini bajargan. 


B) Tobe qismi ham, hokim qismi ham yasama so‘z bilan ifodalangan 2 ta aniqlovchili 
so‘z birikmasi mavjud. 
C) Aniqlovchili so‘z birikmalarining hokim qismi ega, to‘ldiruvchi va hol vazifasida 
kelgan. 
D) 3 ta so‘z birikmasining tobe qismi sifat bilan ifodalangan. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling