Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/59
Sana26.09.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1688078
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
Ona tili fanidan 1500 mavzulashgan testlar to\'plami

YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI
1.Ba’zan uloqni to‘dadan olib chiquvch ham ko‘rinib qoladi, biroq uning ketidan
uloqchilar chug‘urchiqday yopishib, o‘n-o‘n besh qadamda tutib oladilar.
Mazkur gapta bog‘lovchining qaysi turi mavjud?
A)Ayiruv B) Zidlov C) Birikturuv D) Inkor 
2. Berilgan gaplar ichidan qaysi yordamchi so‘z ham ko‘makchi , ham bog‘lovchi 
vazifasida qo‘llana oladi?
A) Ona bilan bola- gul bilan lola.
B) Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim also.
C) O‘ktam tolga suyanib dam cholga, dam tegirmonga qarab indamay turaverdi.
D) Uning o‘g‘illari: Bektosh va Hoshim maktabda o‘qiydi. 
3. Sof biriktiruv bog‘lovchisi mavjud gapni aniqlang.
A) Ona bilan bola- gul bilan lola.
B) Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim also.
C) O‘ktam tolga suyanib dam cholga, dam tegirmonga qarab indamay turaverdi.
D) Uning o‘g‘illari: Bektosh va Hoshim maktabda o‘qiydi. 
4. Uyushiq bo‘laklar va gaplarni o‘zaro bog‘lab keluvchi yordamchi so‘zlar …
deyiladi. 
A) ko‘makchi B) yuklama C) bog‘lovchi D) modal so‘z 
5. Uyushiq bo‘lak va gaplar o‘rtasidagi mazmuniy munosabatlarni ro‘yobga chiqarishiga 
ko‘ra teng bog‘lovchilarning qanday turlari mavjud?
A)biriktiruv, zidlov, aniqlov B)zidlov, biriktiruv, ayiruv, inkor
C)sabab, shart, aniqlov D)ayiruv, biriktiruv, sabab, zidlov. 
6.Faqat sof zidlov bog‘lovchisi mavjud gapni toping.
A)Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach,na mix, na lok.
B) Bu gapni senga emas, balki ukangga aytdim-ku.


C) Qimmat ham sehrgar kampirning uyiga kelib qolibdi, ammo u kampirga bir og‘iz ham 
shirin so‘zlamabdi, aytgan ishlarini qilmabdi.
D) B va C 
7. U rostini gapirib bergani uchun onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli 
bolaning ishi emasligini aytdi.
Mazkur gap tarkibidagi bog‘lovchiga xos bo‘lmagan javobni aniqlang. 
A) vazifadosh bog‘lovchi B) sof bog‘lovchi
C) zidlov bog‘lovchi D) teng bog‘lovchi 
8. Bir o‘rinda bog‘lovchi, boshqa o‘rinda ko‘makchi, yuklama yoki modal so‘z vazifasida 
keluvchi yordamchilar qanday bog‘lovchilar sanaladi?
A)vazifadosh bog‘lovchi B) sof bog‘lovchi
C) teng bog‘lovchi D)ergashtiruvchi bog‘lovchi 
9.Qaysi vazifadosh bog‘lovchi ham bog‘lovchi,ham modal so‘z vazifasini bajaradi?
A)bilan B)na…na, ham C) -u, -yu, -da D)balki 
10.Qaysi vazifadosh bog‘lovchi ham ko‘makchi, ham bog‘lovchi vazifasini bajaradi?
A) bilan B) na…na, ham C) -u, -yu, -da D) balki 
11.Qaysi vazifadosh bog‘lovchi ham bog‘lovchi, ham yuklama vazifasini bajaradi?
A) bilan B) na…na, ham C) –u, -yu, -da D) B,C 
12. Qaysi gapda bog‘lovchi mavjud emas?
A) Mushuk yarmi qizil, yarmi sariq koptokni u yoqdan bu yoqqa dumalatish bilan ovora 
edi.
B) Yorning o‘zi emas, balki guli keldi.
C) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi.
D)Sen ham,men ham aytaveraylik.
13.Vazifadosh zidlov bog‘lovchi mavjud gapni aniqlang.
A) Mushuk yarmi qizil, yarmi sariq koptokni u yoqdan bu yoqqa dumalatish bilan ovora 
edi.
B) Yorning o‘zi emas, balki guli keldi.
C) Na ko‘kning fonari o‘chmasdan, Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan…
D) Sen ham, men ham shunga ishonibmiz-a! 
14. Sof bog‘lovchi berilgan gapni aniqlang.
A) Boyvachcha yer o‘pib tavba qilibdi va keksa ota- onasini rozi qilish uchun o‘sha 
zahoti ularning huzuriga shoshilibdi.
B) U chiroqni o‘chirib sandal chetiga yotdi-yu, ko‘nglidagi g‘ulg‘ula kuchayib ketaverdi. 
C) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi.
D) Sen ham, men ham shunga ishonibmiz-a! 
15. Javoblarning qaysi birida bosh kelishik shaklidagi ismlar bilan qo‘llana olmaydigan 
ko‘makchilar keltirilgan? 
A) bilan, yangligʽ, bo‘yi, orqali B) haqida, kabi, sari, uzra
C) ko‘ra, avval, muvofiq, doir D) holda, osha, tufayli, chamasi 


16. Javoblarning qaysi birida yuklama ishtirok etgan?
A) U chiroqni o‘chirib sandal chetiga yotdi-yu ,ko‘ngildagi g‘ulg‘ula kuchayib ketaverdi.
B) Oson yashashga o‘rganib qolgan va doim o‘zi shuni ko‘zlaydi.
C) Polvon yigit ekan, ko‘ksi to‘la faqat orden va medallar.
D) Atrofda bo‘layotgan voqealarga u pisand qilmas edi, chunki uning qo‘lidan hamma 
ish kelar edi. 
17. Bir boshing uchun buncha harakat qilasan! Sen ham men kabi rohatda yashasang 
bo‘lmaydimi, chunki mening hayotimda hech bir mashaqqat yo‘q. Ushbu gaplarda 
qanday yordamchilar ishtirok etgan? 
A) 2 ta ko‘makchi, 1 ta bogʽlovchi, 2 ta yuklama
B) 1 ta ko‘makchi, 1 ta bogʽlovchi, 2 ta yuklama 
C) 1ta ko‘makchi, 2 ta bogʽlovchi, 1 ta yuklama
D) 2ta ko‘makchi, 1 ta bogʽlovchi, 1 ta yuklama 
18. Qaysi gapda ko‘makchi mavjud?
A) Marraga avval Salim, keyin Jahongir, eng so‘ng Otabek yetib keldi.
B) Oldinda chuqur soy, orqada baland cho‘qqi, orada maydon.
C) Bu ishlarga siz tufayli erishdim, ustoz!
D) Avval o‘yla, keyin so‘yla. 
19. Vazifadosh ko‘makchi qo‘llanmagan qatorni aniqlang.
A) Bu masala ustida ko‘p muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
B) Bir hafta ichida “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini yodlab oldi. 
C) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas.
D) Sen ham, men ham bashar farzandimiz, do‘stim. 
20. Javoblarning qaysi birida zidlov bogʽlovchisi ishtirok etmagan? 
A) Inson go‘zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi.
B) Balki, bugun - erta yetib kelar. 
C) Yo‘qchilik gʽayratli, ishchan odamning uyidan mo‘ralaydi – yu, ichkariga kira 
olmaydi. 
D) U kishi bilan qo‘l berib xayrlashdi – da, menga qolganda burilib ketdi.
21. Yuklamaning zidlov bogʽlovchisi vazifasini bajarishi qaysi gapda keltirilgan? 
A) Har kimning zari bo‘lmasa – da, hunari bo‘lsin.
B) Mashhur qora qashqa aygʽirning chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi – da, 
dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi.
C) Gulchehra “piq” etib kuldi – da, cho‘zilib tugunni oldi.
D) Kuzning o‘rtalarida havo bir – ikki daf’a aynidi – yu, vodiyga qalin tuman tushdi. 
22.Qaysi gapda biriktiruv bog‘lovchisi qo‘llanilmagan? 
A) Qayt, baxt-u kulfatim, azob-u davlatim, qayt!
B) Bu usul Sharq adabiyotida ham, G‘arb adabiyotida ham ko‘p qo‘llaniladi.
C) Qalandar, haqiqat qidirib keldim, deysan , lekin haqiqat emas, oltin qidirasan!.. 
D) Bu asarlarda millat vakillarining g‘oyasiga xos hamda jonli badiiy timsollar yaratildi. 


23.Javoblarning qaysi birida teng bog‘lovchi o‘zaro uyushgan bo‘laklarni bog‘lab 
kelgan?
A) Xalqni qo‘rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo‘lgan marddir.
B) Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda ko‘zga ko‘rinarli imoratlar bisyor.
C) Men opam bilan buni rosa muhokama qildim.
D) Vaqt ketsa ham, otang maslahati bilan ish tutganing yaxshiroqdir. 
24.Qaysi gapda yuklama qo‘llangan?
A) Yurtim senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. 
B) Suv hayot manbayidir.
C) U o‘z yurtiga qaytdi-yu, nihoyatda xursand bo‘ldi.
D) Bu yerda na ofat, na kulfat, na g‘am bor. 
25.Mol-u davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq – atvoringiz bilan 
faxrlaning. 
Ushbu gapda qanday yordamchi so‘zlar ishtirok etgan?
A) 2 ta bog’lovchi, 2 ta ko‘makchi 
B) 2 ta bog’lovchi, 1 ta ko‘makchi
C) 1 ta bog’lovchi, 2 ta ko‘makchi, 1 ta yuklama
D) 1 ta yuklama, 2 ta ko‘makchi,
26.Sabab bog‘lovchisi berilgan qatorni aniqlang. 
A. Qo‘rqoq do‘st dushmandan xavflidir, chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, ammo 
do‘stga ishonasan. 
B. Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir.
C. Abdumalik ota ,,Nevaralarim yeyishar”,- deb, har bahorda ko‘chat ekardi.
D. Vatanimiz poytaxtida ,yani Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko‘p 
27.Qaysi gapda ham ayiruv bog‘lovchisi,ham zidlov bog‘lovchisi mavjud? 
A. Mol-u davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq – atvoringiz bilan 
faxrlaning. 
B. Bu xabar unda hech qanday norozilik tug‘dirmadi,chunki ertaroq qaytishga juda ham 
orzumand emas edi.
C. –Nega u siznikida yuradi? -Negaki boradigan joyi yo‘q.
D. Hamon shamol o‘kirar ,osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab,yong‘oq 
shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi.
28.Qaysi gapda sof ko‘makchi mavjud ?
A)Avval o‘yla , keyin so‘yla.
B)Bu kitob qo‘liga tushgandan keyin bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi.
C)Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim.
D)Devor usti yomg‘irdan iviy boshladi.
29.Qaysi gapda sof ko‘makchi mavjud?
A)Yo‘lchida Gulnor haqida ikki og‘iz so‘z eshitish orzusi kuchli edi.
B)A’zamjon qilmishi uchun undan uzr so‘radi.
C)Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog‘idir umr daftarin.


D) A,B,C. 
30.Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singadi.
Mazkur gapda yordamchi so‘z turkumining qaysi turi mavjud?
A)Yuklama B) Bog‘lovchi C)Ko‘makchi D) Modal so‘zlar 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling