Navoiy viloyati Xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari


Download 45.75 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1622345
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
одоб ахлок коидалари илова

5-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

  2. Odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uni tasdiqlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.

Navoiy viloyati Xalq ta’limi
boshqarmasi boshlig’ining
2019-yil “ __” dagi
-sonli buyrug‘iga
2-ILOVA
Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining odob-axloq komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 31-oktabrdagi 349-sonli buyrug‘iga muvofiq Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasining odob-axloq komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) faoliyatining tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Komissiya Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari (bundan buyon matnda boshqarma xodimlari deb yuritiladi) tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi.

  2. Komissiya odob-axloq qoidalari normalarining buzilishini o‘z vaqtida aniqlaydi va bartaraf etadi hamda boshqarma xodimlarining huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini ta’minlaydi.

  3. Komissiya o‘z faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiradi:

qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoyilik;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.

  1. Komissiya o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu nizomga muvofiq amalga oshiradi.


Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling