Navoiy viloyati Xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari


-bob. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining xizmat vaqtidagi xulq-atvorining


Download 45.75 Kb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi45.75 Kb.
#1622345
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
одоб ахлок коидалари илова

2-bob. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlarining xizmat vaqtidagi xulq-atvorining
asosiy prinsiplari hamda ularning huquq va majburiyatlari

  1. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishlari kerak:

qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoyilik;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
adolatlilik, halollik va xolislik;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.

  1. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari quyidagilarga majbur:

xizmat vazifalarini bajarishda davlat prinsiplari va talablariga qat’iy rioya etish;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq ta’limi vazirligi Hay’ati qarorlariga, xalq ta’limi vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Odob-axloq qoidalariga amal qilish;
o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;
yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshiriqlarini) o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarda belgilangan lavozim vakolatlari doirasida amalga oshirish;
normativ-huquqiy hujjat va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, o‘z xizmat vazifalarini og‘ishmay bajarish;
o‘z xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxs, guruh yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ulrning ta’siridan mustaqil bo‘lish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki xizmat vazifalarini amalga oshirishi jarayonida qonun talablariga zid bo'lgan biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, shuningdek o‘z xizmat faoliyatiga biror-bir ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga barham berish;
xizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va malakaga ega bo‘lish hamda kasb-mahoratini doimiy ravishda oshirib borish;
viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida berilgan vakolatlarni qonun hujjatlari doirasida amalga oshirish, sansalorlik va ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
xizmat mavqeidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish maqsadida foydalanmaslik;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruhlar va konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikka ko‘maklashish;
umume’tirof etilgan axloq qoidalariga rioya qilish, milliy an’analar, urf-odatlar va qadriyatlarni hurmat qilish;
o‘zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyish, shuningdek o‘z obro‘siga yoki xalq ta’limi tashkilotlari va muassasalarining nufuziga zarar etkazishga qodir bo‘lgan vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish, shu jumladan yurish-turish, kiyinish va muomalada o‘z hamkasblariga ijobiy tomondan o‘rnak bo‘lish;
ishonib topshirilgan xizmat xonalaridan, davlat mulki, moddiy-texnika jihozlari va materiallaridan oqilona foydalanish;
viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida xabarlarni va xizmat axborotlarini taqdim qilishning belgilangan qoidalariga rioya etish, ish joyi va vaqtidan tashqari xizmat masalalarini muhokama qilmaslik;
shaxsiy manfaatdorligi munosabati bilan xizmat vazifalarini xolisona bajarishiga to‘sqinlik qilishi yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida o‘z rahbariga zudlik bilan ma’lum qilish;
viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarining boshqa xodimlariga hamda ishga yangi qabul qilingan xodimlarga zarur amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.

  1. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlarining qonun hujjatlari talablarini hamda Odob-axloq qoidalarini buzishi uchun siyosiy, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik, shuningdek, shaxsiy vajlar va boshqa sub’ektiv sabablar asos bo‘la olmaydi.

  2. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqarma tizimi xodimlariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish taqiqlanadi.

  3. Viloyat xalq ta’limi tizimi xodimlari korrupsiya holatlariga qarshi kurashishi va ularning oldi olinishi bo‘yicha ishlarda faol ko‘maklashishi shart.

Xodimga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini ko‘zlagan holda muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita o‘zi yoki vositachi orqali pul, qimmatli qog‘ozlar, moddiy boyliklar, sovg‘alar, mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan xizmatlar (shu jumladan, transport vositasidan foydalanish, davolanish va h.k) kabi takliflar bilan murojaat qilingan taqdirda, bu haqida zudlik bilan o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qilishi lozim.
Bunda xodim poraga moyillik sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarga va so‘zlarga yo‘l qo‘ymasligi, ularni huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida biror bir shaxslarning qilgan murojaatlarining barcha holatlari to‘g‘risida, shuningdek unga biror bir shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilganganligi ma’lum bo‘lgan holatlarda zudlik bilan o‘z rahbarini xabardor qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarga darhol murojaat etishi lozim.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarining rahbarlari xodimlar tomonidan qonun hujjatlarining buzilishi faktlari to‘g‘risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikr, e’tiroz va murojaatdagi tanqidi uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun ishdan bo‘shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlashi kerak.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shart.

  1. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari kasbiy faoliyati davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishlari shart, ularning oshkor etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

  2. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarining rahbarlari o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, boshqarma, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi lozim, ular bo‘ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishni talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarining rahbarlari kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik, mahalliychilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash va joy-joyiga qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ular guruhbozlik, mahalliychilik, favoritizm ko‘rinishlarining, shuningdek o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning qat’iy ravishda oldini olishi lozim.
Shuningdek, rahnamolikka (asossiz rag‘batlantirish va lavozimini oshirishga), shuningdek, beparvolikka (faoliyatdagi kamchiliklari uchun chora ko‘rmaslikka, noqonuniy harakatlariga e’tibor bermaslikka) yo‘l qo‘yilishi mumkin emas.

  1. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarining rahbarlari quyidagi vazifalarni bajarishi shart:

manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi;
korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi;
xodimlarni samarali boshqarishi;
o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi.
Boshqarma, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi, boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalar rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarning xizmat vazifalarini va xulq-atvor prinsiplarini buzayotgan xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l qo‘yilmaslik choralarini ko'rmaganligi uchun javob beradi.

  1. Boshqarma tizimi xodimlari o‘zlarining ish faoliyatidagi xulq-atvori va jamoada boshqa hamkasblari o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, amaliy hamkorlik o‘zaro ishchanlik kayfiyatida bir-birini o‘zaro hurmat qilish asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Boshqarma tizimi xodimlari xayrixoh, xushmuomalali, odobli, e’tiborli va diqqatli bo‘lishi, tanqidga toqatli bo‘lishi, o‘zi to‘g‘risidagi tanqidiy fikrlar uchun bevosita yoki bilvosita ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymasligi, hamkasblari va fuqarolar bilan munosabatda bo‘lganda sabrlilik va hurmatni namoyish etishi shart.
Xodimlar fikr erkinligi huquqini amalga oshirishda boshqarmaning obro‘siga putur yetkazmasligi kerak.
Boshqarma tizimi xodimlari o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, shuningdek, ularga murojaat qilishda kamtarlik va vazminlikni saqlashi, qaysi bir shaxs, guruh yoki tashkilotlarga nisbatan kamsitish va afzal ko'rish hamda asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Boshqarma tizimi xodimlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda adolatlilik va xolislikni ko‘rsatib, sansolarlikka yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Boshqarma tizimi xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining shakliga bog‘liq holda tashqi ko‘rinishi, kiyinish madaniyati (jumladan kiyinish uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turish, toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan (tarqatilmagan) holda tutish, haddan tashqari ochiq va kalta kiyim kiymaslik, ish joyida ortiqcha g‘ashga tegadigan kiyim-bosh kiymaslik, bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmaslik va me’yordan oshmagan pardoz bilan yurishi, erkaklar sochlarining uzunligi me’yordan oshmasligi, ayollar ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim) fuqarolarning ta’lim tizimiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ular vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak, shuningdek, xodimlarning xizmat vazifalarini bajarish vaqtida alkogolli ichimliklardan, giyohvandlik yoki toksik moddalar ta’siridan mastlik holatida ishga kelishi ta’qiqlanadi. Shu kuni ishga kelgan xodim ishga qo‘yilmaydi.

  1. Boshqarma tizimi xodimlari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob- axloq normalariga rioya etishlari, shuningdek, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo'l qo‘ymasligi kerak.

3-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi

  1. Boshqarma tizimi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

Manfaatlar to‘qnashuvi ta’lim tizimi xodimlarining shaxsiy manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda paydo bo‘ladi.
Boshqarma tizimi xodimlarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek, ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarda bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko'rish yoki afzalliklarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda boshqarma xodimlari o‘z rahbarini darhol xabardor qilishi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olgan rahbar uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko'rishi shart.

  1. Boshqarma xodimlari o‘zlarining o‘z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga yoki ularga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirmasligi kerak.

Xodimlar o‘z mavqeidan o‘zi uchun, shuningdek o‘zining qarindoshlari va o‘ziga yaqin boshqa shaxslar uchun manfaat, xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa naf olish maqsadida, shaxsiy masalalar bo‘yicha turli davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat qilishda foydalanmasligi, kasbga oid faoliyatni bajarganligiga bog‘liq haq olmasligi lozim.
Xodim har qanday holatlarda ham o‘z xizmat mavqeidan mumkin bo‘lmagan shaxsiy foydani olishi mumkin emas.

  1. Boshqarma xodimlari lavozimiga tayinlanayotganda va xizmat vazifalarini bajarayotganda o‘zining xizmat vazifalarini zarur darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligining mavjudligi yoki mavjud bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risida ma’lum qilishi shart.

4-bob. Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

  1. Boshqarma tizimi xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalarining buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.

  2. Boshqarma tizimi xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi attestatsiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

  3. Ushbu Odob-axloq qoidalari normalarining buzilishlari Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlarini Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Odob-axloq komissiyasi tomonidan boshqarma rahbariyatiga Odob-axloq qoidalari buzilganligi va qoidalar buzilishini sodir etgan xodimlarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritiladi. Yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda, Odob-axloq komissiyasi boshqarma xodimiga nisbatan odob-axloq qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.
Boshqarma tizimi xodimlari o‘zi yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Download 45.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling