Navoiy viloyati Xalq ta’limi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalari
Download 45.75 Kb.
|
одоб ахлок коидалари илова
ko'rib chiqish tartibi
Komissiya tomonidan Odob-axloq qoidalari buzilishlari bilan bog‘liq masalalar: boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga binoan; boshqarma tarkibiy bo‘linma rahbarlari va xodimlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan; v) o‘z tashabbusi bilan ko‘rib chiqiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Komissiya yig‘ilishini o‘tkazish uchun asosli ma’lumotlar kelib tushgan vaqtda komissiya raisi uch ish kuni ichida komissiya yig‘ilishi bo’lib o‘tadigan kunini tayinlaydi. Komissiya yig‘ilishi murojaat kelib tushgan kundan boshlab yetti kundan o‘tib ketmasligi kerak. Komissiya raisi odob-axloq qoidalari buzilishi holatlari bo‘yicha ushbu qoidalarga rioya etmagan deb topilgan boshqarma xodimini kelib tushgan ma’lumotlar bilan tanishtirishi shart. Xodim o‘zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmati, ishchanlik obro‘siga daxl qiladigan asossiz ariza taqdim etilgan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularni himoya qilishga haqli. Komissiya majlisiga, haqiqiy holatlarni aniqlash va xolisona qaror qabul qilish maqsadida, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilayotgan xodim, zarur bo‘lgan hollarda esa, arizachilar va boshqa shaxslar taklif etiladi. Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmasligi arizani yoki shikoyatni, boshqarma rahbariyatining topshirig‘ini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Komissiya majlisi odob-axloq qoidalariga rioya etmagan deb topilgan xodimning ishtirokida o‘tkaziladi. Ko‘rilayotgan masala bo‘yicha boshqarma xodimining shaxsan yozma iltimosiga ko‘ra komissiya yig‘ilishi uning ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin. Boshqarma xodimining ko‘rilayotgan masala bo‘yicha o‘zining ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risidagi iltimosi bo‘lmasdan turib komissiya majlisiga kelmagan taqdirda masalani ko‘rib chiqish qoldiriladi. Boshqarma xodimining komissiya yig‘ilishiga uzrli sabablarsiz takroran kelmasligi holatni ko‘rib chiqishni qoldirish uchun asos hisoblanmaydi. Bunday holatda komissiya ushbu masala bo‘yicha mavjud hujjatlar va yig‘ilish ishtirokchilarining nutqlariga asosan qaror qabul qiladi. Komissiya majlisida: kun tartibidagi masala o‘qib eshittiriladi; boshqarma rahbariyatining topshirig‘i yoki xodim tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘qib eshittiriladi; odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risida o‘ziga nisbatan shikoyat yoki ariza tushgan xodim, zarur bo‘lgan hollarda esa, arizachi eshitiladi. Xodim Komissiyaga o‘z huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatining himoyasi uchun materiallar hamda boshqa axborotni taqdim etishga haqli. Ariza materiallari, muassasa rahbariyatining topshirig‘i bilan tanishib chiqish yakunlari bo‘yicha Komissiya xodimning harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini, xodimga nisbatan aniq ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rsatgan holda yoxud xodimning harakatlarida odob-axloq qoidalari buzilishi faktining mavjud emasligini belgilaydi. Xodim odob-axloq qoidalarining xodim tomonidan buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, Komissiya: xodimga nisbatan ogohlantirish tarzidagi ta’sir ko‘rsatish chorasini qo‘llash to‘g‘risida; xodimning harakatlarida odob-axloq qoidalari buzilishi tarkibi va darajasini hamda mazkur xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida; v) xodimning harakatlarida odob-axloq qoidalari buzilishining tarkibi yo‘qligi va asossiz ma’lumotning kelib chiqish sabablarini aniqlash haqida taklif kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Shuningdek, komissiya boshqarma xodimining harakati yoki harakatsizliklarida ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat tarkibi borligi aniqlangan taqdirda tegishli ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi. Komissiya ma’muriy huquqbuzarliklarni yoki jinoyat sodir etilgan holatlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga javob bermaydigan anonim murojaatlarni ko‘rib chiqmaydi hamda davlat organlari va mehnat komissiyalari vakolatiga kiruvchi mehnat intizomini buzilishi holatlari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazmaydi. Xodimning harakatlarida odob-axloq qoidalari buzilishi faktining mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, murojaat ko‘rib chiqilmaydi. Taraflarning yarashuvi, shuningdek xodim o‘z xohishi bilan oshkora uzr so‘ragan hollarda, o‘ziga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilishidan ozod etilishi mumkin. Download 45.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling