Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining
Vodorod xlorid sintezi va yuqori tozalikdagi xlorid kislota ishlab chiqarish (206 - bino)
Download 0.92 Mb.
|
28.09.23регламент 04,09,23
Vodorod xlorid sintezi va yuqori tozalikdagi xlorid kislota ishlab chiqarish (206 - bino)
- ishga tushirishdan oldin sintez qurilmasining vodorod quvurlarini azot bilan tozalash kerak. Yondirgich oldigadivintellar yopiq bo‘lishi kerak. Xlor bilan aloqa qiladigan barcha qismlar (quvurlar, armatura) yog‘ va surtilgan qalin yog‘dan tozalanishi kerak. - poz.R260001A-C vodorod xlorid grafitli sintezi pechkasi aylanma sovutish suvi va tuzsizlantirilgan suv ta’minotini ochish.Poz.P260006AB nasosini ishga tushirish; - vozdushkadan va sintez pechidansovutish suvi chiqadigan armaturalarni ochish. Sintez pechiga kirishdagi sovutuvchi suviga kirishdagi armaturanigidroudarni oldini olish maqsadida asta-sekin ochish, suv paydo bo‘lganda vozdushnikdagi vintelni yopish; - poz.V260003ABC bakidagi 260PV-01006 tashlash klapanini ochish. Tarmoqga bug‘ yetkazib berish klapanini 260PV-01015 yopish; - poz.V260003ABC bakini sathi50% gacha to‘ldirgandan keyin, tozalash klapanini ochish va sathni avtomatik saqlash rejimini o‘rnatish; - pechga azot kirishidagi klapanlarni yopish; - vakuumlash uchun 260XV-05003 vintelini ochish, 260PV-01013 klapanini ochish, 260XV-01006 klapanini yopish, 260XV-05004 klapanini yopish, poz.J260001A suv enjektorini yoqish, 260XV-05003qo‘l klapanining ochilish darajasini boshqarish, poz.J260001A suv enjektorini o‘chirish, 260XV-05004 klapanini ochish, vakuumlash uchun 260XV-05003 vintelini yopish; - vodorod tozaligi≥ 98% ga yetgunga qadar 260PV-01010 klapanni ochish.260FV-01001 klapanni ochish; - xlor tozaligi≥ 90%ga yetgunga qadar 260PV-01009 klapanni ochish.260FV-01002 klapanni ochish; - pechga havo yetkazib berish klapanini ochish; - pechni avtomatik ravishda yoqish. Tugmani bosish bilan pechning elektr yonishi amalga oshiriladi. Pechni yoqish dasturini boshqarish avtomatik ravishda ishlaydi. Yonish dasturidan chetga chiqish signal bilan ogohlantiriladi. Yonish jarayoni avtomatik ravishda to‘xtatiladi va pech azot bilan tozalanadi. Tugmani bosgandan so‘ng (yonishning boshlanishiga qaytish), yonish dasturi boshiga qaytadi va qayta yoqish mumkin. Yondirgichni muvaffaqiyatli yonishi chiroq bilan signal beradi va MBT uzatiladi. Olovning shakli va rangi vizual ravishda ko‘rish oynasi orqali boshqariladi. Pechka yondirgichi yoqilgan paytdan boshlab vodorod va xlor ta’minot quvurlaridagi nazorat klapanlari avtomatik rejimda ishlaydi. Qurilma ortiqcha vodorod bilan ishlashi kerak, shuning uchun dastlab vodorod sarfi oshiriladi. Bosim me’yorlashgandan so‘ng, poz.V260003A bakidagi bug‘ umumiy zavod kollektoriga o‘tadi. Absorbsion qurilmalaridan chiqishda xlorid kislotaning harorati nazorat qilinishi va 40 °C dan oshmasligi kerak. Vodorod xloridning kerakli sifatiga erishilgandan so‘ng, mahsulotning katta qismi quritishni qurilmasiga o‘tadi va keyinchalik VXM ishlab chiqarishga beriladi: - chuqur muzlatish kamerasini ishga tushirish uchun (- 35)0C muzlatilgan tuzli eritma 260TV-10003 klapanini ochish; - poz.V260014 vodorod xlorid tuman tutuvchisidan chiqish joyidan poz.V260012 qayta ishlangan kislota bakigacha klapanni yopish, poz.V260013 xlorid kislota ajratgichidagi suyuqlik darajasini boshqarish klapanini qo‘lda ochish, poz.V260013 xlorid kislota ajratgichidagi suyuqlik darajasini berilgan qiymatga qadar sozlash; - 98% konsentratsiyali sulfat kislotani sisternalardan poz.V260018 bakiga suyuqlikning sathi 80% bo‘lgungacha qabul qilish, tushirish trubkasidagi klapanni yopish va tez ta’sir qiluvchi ulagichni olib tashlash; - poz.P260015AB nasosi yordamida poz.T260007, T260008, T260009 qurutish ustunlarini sulfat kislota bilan to‘ldirish; - poz.T260007 va T260008 quritish ustunlaridagi sulfat kislotani poz. P260013AB va P260014AB tegishli nasoslari bilan aylanishiga ruxsat berish. Poz.V260018 rezervuaridanpoz.P260015AB nasoslariga kirgungacha 98% sulfat kislota yetkazib berish klapanini yopish. - poz.V260016 sulfat kislota tuman tutuvchisidan poz.T260009 quritish ustunigacha quvur klaapnini yopish, poz.P260016AB 98% sulfat kislota nasoslarini ishga tushirish, quritish tizimiga qo‘shimcha konsentrlangan sulfat kislota sarfini sozlash; - vodorod xloridning kerakli tozaligi to‘g‘risida tahlil natijalarini olgandan so‘ng, quritish moslamasiga gazni yetkazib berish. Quritilgan vodorod xloridining namlik miqdori 100 ppm dan kam bo‘lishi kerak. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling