Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining
Vodorod kompressori haqida ma’lumot C240101ABC
Download 0.92 Mb.
|
28.09.23регламент 04,09,23
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2.5 Xlorni suyultirish. Bug‘lash qurilmasi bilan ishga tushirish davrida suyuq xlorni saqlash (205 bino)
Vodorod kompressori haqida ma’lumot C240101ABC:
Modeli-2BW4-303 Ishchi suyuqligi (gazi)- H2 Gaz sarfi - 2250 Nm3/soat Kirish bosimi- 0.11 MPa Kirish gaz temperaturasi- 400C Chiqish bosimi - 0.95 MPa Chiqish gaz temperaturasi-10-150C Dvigatel ichshi quvvati -110 kW Dvigitel markasi - YBX3-355M1 4.2.5 Xlorni suyultirish. Bug‘lash qurilmasi bilan ishga tushirish davrida suyuq xlorni saqlash (205 bino) 4.2.5.1 Xlorni suyultirish Xlor xlorni qayta ishlash bo‘limidan (0,15÷0,2) MРa bosim va 40оС harorat bilan hajmi ~ 2,5 m3 bo‘lgan poz.V250005 bufer bakiga kiradi va keyin poz.V250002 xlorni taqsimlash maydonchasiga boradi. Xlor gazi xlorni taqsimlash maydonchasidan poz.PA250001AB xlorni suyultirish qurilmasiga boradi, u poz. E250003AB xlor gazini siquvchisi, poz. С250001АВ agregatning vintli (freonli)kompressoridan, poz.V250017АВ avtomat ravishda moy yig‘ish qurilmasi va poz.V250016АВ xlor separatoridan tashkil topgan. Sovituvchi sifatida freon–R507 ishlatiladi. Poz.E250003AB xlorni siqish apparatida xlor bilan issiqlik almashilgandan so‘ng freon poz.C250001AB agregatiga siqilish va kondensatsiyalash uchun va aylanma sistemaga berilish uchun qaytib keladi. Xlorning asosiy qismi -15оС past haroratli freon bilan issiqlik almashgandan so‘ng suyuqlanadi. Suyuqlanish FIK(KПД) (odatda 90% kam emas) kondensatsiyalanmagan gazning hajmiga bog‘liq. Poz.E250003AB xlorni suyultirish apparatidagi suyuq xlor va kondensatsiyalanmagan gaz (suyuqlanmagan xlorning bir qismi va boshqa gazlar aralashmasi) poz.V250016AB xlor separatoriga kiradi. Suyuq holdagi xlor separatsiyadan keyin poz.V250001ABC xlorni siqish rezervuariga kiradi. Suyuq xlorni saqlash uchun diametri 3000 mm, balandligi 7500 mm va to‘la hajmi 60,1 m3 (ishchi hajmi 48 m3 ) dan bo‘lgan 3 ta rezervuar mavjud, ulardan 1 tasi ishda, 1 tasi rezervda va 1 tasi birorta rezervuardan sizib chiqib bo‘lgan holda ishlatishga tayyor holda turadi. Me’yorda ishlanganda suyuq holatdagi xlor 48 m3 hajmlik bitta rezervuarda saqlanadi; favqulotda holatlarda suyuq xlor bir vaqtning o‘zida ikkita rezervuarda saqlanishi mumkin(maksimal hajmi 96 m3 yoki 145t). Rezervuarlar yuqoridan to‘kilish holatlarini inobatga olib, poddonlarga joylashtiriladi (300 ÷ 500) mm. Kiruvchi va chiquvchi quvurlarga 2 tadan mahkamlovchi klapanlar quyilgan. Suyuq xlor omborxonasidan 10 m radiusda chegaralar va suvli purkagichlar o‘rnatilgan, suv purkagichlar ishlaganda kislotali chiqindi suvlar, ariqchalardan poz.V250015 hovuziga yig‘iladi. 250АТ-09001 kislotometrning ko‘rsatkichlariga ko‘ra boshqaruvchi klapanlar yordamida ishqor eritmasi beriladi. Neytralizatsiyalangan chiqindi suvlar poz. Р250007 nasoslari yordamida poz. СТ280001 chiqindi suvlar hovuziga tashlanadi. Shu bilan birga, favqulotda xlorni yutish bo‘limiga avariya sodir bo‘lganda zaharli xlor gazini blokirovkalovchi soyabonli shamollatish tizimi o‘rnatilgan. Poz. P250001AB С suyuq xlorning nasoslari yordamida suyuq xlor mavjud sistemaga asosan ishlab chiqarilgan suyuq xlorni saqlash omborxonasiga boradi. Suyuq xlorning bir qismi bug‘lash bo‘linmasiga boradi. Kondensatsiyalanmagan gaz poz.V250016АВ separatoridan poz.V250003 chiqindi gazlarni taqsimlash maydonchasiga borib, rezervuar saqlanadigan joydagi chiqindi xlor bilan aralashadi va poz.V250006 vakuumli taqsimlovchi maydonchadan poz.V250007 vakuumli bufer bakiga beriladi. Poz.Р250006 gidrosirkulyatsiyali nasos agregati yordamida qayta ishlangan xlor favqulotda chqindilarni zararsizlantiruvchi bo‘linmaga qayta ishlashga yuboriladi. Poz.Р250006 vakuumli gidrosirkulyatsion nasos agregati suyuq-halqali vakuum nasoslardan (2 dona), issiqlik almashtirgichdan, sulfat kislotasining separatoridan iborat. Xlorda eruvchanligi kamligi sababli suyuqlik sifatida sulfat kislotasi ishlatiladi. Konsentrlangan sulfat kislotasi (209 bino) rezervuarlar parkidan poz.V250008 rezervuariga kiradi, u yerdan poz. Р250003 nasoslari yordamida poz.Р250006 agregatiga yuboriladi. Qayta ishlangan konsentratsiyasi 96% sulfat kislotasi poz. Р250002 nasoslari poz. V240002kuchsiz sulfat kislota rezervuariga xlorni qayta ishlash bo‘limiga beriladi. Separatordan chiqgan qayta ishlangan xlor favqulotda chiqindilarni zararsizlantirish bo‘limiga boradi. Ishlab chiqarish jarayonida poz.V250016AB xlor separatorining pastki qismida ozroq miqdorda azot uch xloridi hosil bo‘ladi, uning gaz holatdagi xlor tarkibida 5% ortiq bo‘lishi portlovchi aralashma hosil qiladi. Shu sababli uni davriy ravishda poz.V250009 chiqindilarni chiqarish rezervuariga NCl3 miqdorini tahlil qilish uchun tashlab turiladi. Poz.V250010AВ ikki bosqichli chiqindilarni qayta ishlash rezervuarida suyuq xlor tarkibidagi NCl3 yutilish reaksiyasi ishqor eritmasi yordamida gipoxlorid (NaClO) olish yo‘li bilan olib boriladi. Poz.V250010AB chiqindilarni qayta ishlash rezervuaridan poz.P250004 nasoslari yordamida tayyor NaClO (209 bino) rezervuarlar binosiga boradi. Azot uch xloridining ishqor bilan tezda parchlanish reaksiya ntenglamasi: 2NCl3+6NaOH =N2↑+3NaClO+3NaCl+3H2O Kondensatsiyalanmagan gazning bir qismi poz.V250003 maydonchasidan vodorod xlorid sintez qilish bo‘linmasiga boradi. Yetkazish 250PV-05001 klapanlari yordamida nazorat qilinadi. 4.2.5.2 Suyuq xlorni bug‘latish Suyuq xlorni bug‘latish oqimli bug‘latish tizimi asosida boradi, bu usul xlorni tarkibida azot uch xloridi bo‘lgan taqdirda ham to‘la xavfsiz bug‘lanishini ta’minlaydi. Xlorni suyultirish omboridan suyuq xlor poz. V250011 (balandligi~ 4800 mm) balans rezervuaridan poz.E250001 bug‘latgichga boradi. Isituvchi muhit sifatida 40оС haroratli issiq suv ishlatiladi. Poz.E250001 bug‘latgichi - vertikal joylashgan diametri 450mm va balandligi~ 5000 mm bo‘lgan, kojux quvurli issiqlik almashtirgichdir. Bug‘lashdan keyin xlor gazi poz.Е250002 isitgichida 0,4 МРа past bosimli bug‘ bilan 60 оС gacha qizdiriladi, poz.V250013 bug‘langan xlorning bufer bakiga yuboriladi va poz.V250014 taqsimlash maydonchasidan xlorovodorod sintez qilish bo‘linmasiga boradi. Poz.E250002 bug‘latgichi - vertikal joylashgan diametri 400mm va uzunligi~ 2700 mm bo‘lgan kojux quvurli issiqlik almashtirgichdir Isitgichga beriladigan bug‘ning sarfi 250TV-08002 klapanlari yordamida chiquvchi xlor gazining haroratiga qarab nazorat qilinadi. Hajmi 13,5 m3 bo‘lgan poz.V250012 bakida past bosimli bug‘ yordamida tuzsizlantirilgan suv 40 оС gacha qizdiriladi. Issiq suv siqilgan xlorni bug‘latish uchun ishlatiladi. u quyidagi yopiq sikl buylab aylanadi: poz.V250012 rezervuari poz.P250005AB nasoslari poz. Е250001 bug‘latgich poz.V250012 rezervuari. Issiq suvning harorati bug‘ning berilishi bilan ushlab turiladi. Bug‘latgichga beriladigan issiq suvning sarfi poz.V250013 bufer bakidagi bug‘langan xlorning bosimiga qarab nazorat qilinadi. Bug‘latgichga beriladigan suyuq xlor quvuridagi va bufer bakida bosimning me’yordan oshishini oldini olish uchun yoriluvchi membranalar va himoyalovchi klapanlar o‘rnatilgan. Chiqarilgan xlor umumiy kollektorda yig‘iladi va poz.СА250001 shamollatgichi bilan favqulotda chiquvchi gazlarni zararsizlantirish bo‘limiga qayta ishlash uchun yuboriladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling