Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining
Bug‘lash va qattiq kaustik soda olish (207 bino)
Download 0.92 Mb.
|
28.09.23регламент 04,09,23
4.2.7 Bug‘lash va qattiq kaustik soda olish (207 bino)
4.2.7.1 Bug‘lash bo‘limi Ishqor elektroliz bo‘limidan 32% konsentratsiya bilan poz.V270001 qattiq kaustik soda saqlash bakiga kiradi, keyin poz.P270004AB nasoslari yordamida bug‘latgichning uchinchi (qavat) binosiga poz.E270003 uch bosqichli bug‘latgichga beriladi, u suv bug‘i bilan ikkinchi (qavat) binosidagi poz.Е270002 bug‘latgichida isitiladi. Bu yerda, suyuq kaustik soda konsentratsiyasi 36 % ga etadi. Keyin kaustik soda (NaOH 36 %) poz.P270003AB nasoslari bilan birinchi bug‘lash binosidan poz.E270007 va E270009 plastinkali issiqlik almashtirgichlarga bug‘ kondensati va 50% konsentratsiyali suyuq kaustik soda bilan isitish uchun beriladi. Keyin kaustik soda (NaOH 36 %) ikkinchi (qavat) binoga poz.Е270002 bug‘latgich kiradi, bu yerda birinchi (qavat) binodagi poz.E270001 ikkinchi darajali suv bug‘lari bilan isitiladi. Bu yerda, suyuq kaustik soda konsentratsiyasi 42 % ga yetadi. Keyin kaustik soda (NaOH 42 %) poz.P270002AB nasoslari bilan birinchi (qavat) bug‘lash binosidan poz.E270006 va E270008 issiqlik almashtirgichlarga bug‘ kondensati va 50% konsentratsiyali suyuq kaustik soda bilan isitish uchun beriladi. Poz.E270001 bug‘latgichning birinchi binosida suyuq kaustik soda (NaOH 42 %) yuqori bosimli suv bug‘lari va 2300C harorat bilan isitiladi, 50% konsentratsiyasigacha bug‘lanadi va poz.E270006 va E270009 issiqlik almashtirgichlarga sovutishga yuboriladi. Uchinchi va ikkinchi bug‘latish binosidagi suyuq kaustik soda bilan issiqlik almashinuvchi E270006 va E270009 lar tufayli kaustik soda harorati (NaOH 50%) ~720C gacha pasayadi. Keyingi sovutish uchun kaustik soda poz.E270010 ishqor eritmasining sovutgichiga yuboriladi, bu yerda aylanma suv bilan 450C gacha sovutiladi. Poz.P270001AB nasoslar bilan kaustik soda tayyor eritmasi (NaOH 50 %) beriladi: - tayyor mahsulot omboriga (209 bino); - poz.E270011 qattiq ishqorning oldingi konsentratoriga. Bug‘latgichlar(8-dona)- tushuvchi plyonkali, nikel quvurli issiqlik almashtirgichlardan tashkil topgan. Bug‘latgichning yuqori qismida kaustik sodani quvurlarning ustki qismidan bir tekisda tarqalib, uzilmas plenka hosil qilib quvurlarning ichki yuzasidan bug‘ separatorining pastiga tushadi. Avtomatik boshqarish tizimi yordamida bug‘ separatorida doimiy daraja saqlab turiladi. Poz.E270001 bug‘latgichning birinchi korpusining bug‘lanish kamerasidan bug‘- gaz aralashmasi poz.V270002 bug‘ bakiga (separator) kiradi. Ajratilgan bug‘ kondensati poz.E270007 va poz.E270008 issiqlik almashtirgichlariga ishqor eritmalari bilan issiqlik almashinuviga beriladi, va ~ 720C harorat bilan tuzni eritish (202-bino) uchun birlamchi tuzli eritma bo‘limiga qaytadi. Poz.E270002 bug‘latgichning ikkinchi korpusining bug‘lanish kamerasidan bug‘-gaz aralashmasi poz.V270003 bug‘ bakiga (separator) kiradi. Ajratilgan bug ‘ kondensati qayta ishlatish uchun poz.V270004 kondensatsiyalanadigan suv omboriga yuboriladi. Poz.E270003 bug‘latgichning uchinchi korpusining bug‘lanish kamerasining bug‘-gaz aralashmasi qayta ishlatish uchun poz.V270004 kondensatsiyalanadigan suv omboriga kiradi. Poz.E270003 bug‘latgichning uchinchi korpusining bug‘lanish kamerasidan ikkilamchi bug‘ poz.P270005A/B vakuum nasoslari yordamida issiqlik almashinuvi uchun poz.E270005 kondansatoriga beriladi, sirkulyatsion suv bilan kondensatsiyalanadi va poz.V270004 kondensatsiyalanadigan suv rezervuariga kiradi. Poz.P270006AB nasoslari yordamida 64 оС haroratli kondensat birlamchi tuzli eritma bo‘limiga tuzni eritish uchun (202 bino) yoki qayta foydalanish (ikkilamchi bug‘ni qayta ishlash, shakar eritmasini tayyorlash) uchun ishlatiladi. Kondensat oqimi poz.V270004 kondensatsiyalanadigan suv bakidagi darajasiga qarab tartibga solinadi. 4.2.7.2 Qattiq kaustik sodasini olish Bug‘lash bo‘limidan poz.P270001AB nasoslari bilan 50% kontsentratsiyali kaustik soda bir qismi poz.E270011 oldingi konsentratorga beriladi. Isitish elementi sifatida poz.E270014 oxirgi kontsentratorning bug‘lanish kamerasidagi ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Eritmaning kristallanishini oldini olish uchun, tushuvchi quvurlar bug‘ yo‘ldoshlari bilan jihozlangan. Ishqorning konsentratorga yetkazib beriladigan miqdori darajaga qarab 270LV-07010 klapanlari bilan nazorat qilinadi. Suyuq kaustik sodadagi xlorli kislota asta-sekin kislorod ajralib chiqishi bilan parchalanadi, u apparat materiallari (nikel) bilan reaksiyaga kirishib, nikel oksidi qatlamini hosil qiladi. Nikel oksidi kuchli suyuq kaustikada osongina eriydi. Bu uskunalar korroziyasi va sinishiga olib keladi. Uskunani korroziyadan himoya qilish uchun suyuq kaustik sodaga shakar eritmasi qo‘shiladi. Shakar eritmasi poz.V270010 bakida tayyorlanadi va poz.P270012AB nasoslar bilan poz.E270011 dastlabki konsentratorga kiradi. Shakar eritish qayta foydalanilgan kondensat (yoki tuzsizlantirilgan suv) bilan siqilgan havoda doimiy aralashtirish bilan amalga oshiriladi. Poz.E270011 dastlabki konsentratorning bug‘lanish kamerasidan kondensatsiyalanadigan suv poz.V270004 kondensatsiyalanadigan suv rezervuariga kiradi. Poz.E270011 dastlabki konsentratorining bug‘lanish kamerasidan ikkilamchi bug‘ poz.P270009AB vakuum suv aylantiruvchi nasoslari bilan poz.E270012 kondensatoriga beriladi. Kondensatorda sovutuvchi sifatida aylanma suv ishlatiladi. Kondensirlangan bug‘ (ikkilamchi bug‘ kondensati) kondensatsiyalanadigan suv poz.V270004 rezervuariga kiradi. Ishqor eritmasi kontsentratsiyasi 50% dan 61% ga ko‘tarilgach, u poz.P270007AB 61% ishqorning nasoslari bilan yanada konsentratsiyasini oshirish uchun poz.E270014 oxirgi kontsentratorga kiradi. Poz.E270014 oxirgi konsentratori 8 ta isitish elementlari va hajmi 2m3 iborat 1 ta separator (bug‘lanish kamerasi)dan tashkil topgan. Isitish elementlari diametri ø 112mm, uzunligi 6580 mm quvurlar va diametri 133mm eritilgan tuzni isituvchi rubashkalar bilan ta’minlangan, u poz.Н270001 pechida 425оС haroratgacha tabiiy gaz bilan isitilishdan oldin poz.Р270011 nasoslari bilan poz.V270009 elektroqizdirgichli bakdan aylanadi va suyuq kaustikni qizdirib bug‘latadi. Har bir qizdiruvchi element bug‘ bilan isitish tizimi ko‘zda tutilgan. Yondirgichga boradigan havo purkagich poz.CA270001 ventilyator bilan poz.E270016 isitgichi orqali o‘tib boradi. Havoni 280оC gacha isitish, pechdan chiqadigan gazlarning issiqligi tufayli amalga oshiriladi. Chiqindi gazlarning chiqishi diametri 1100 mm va 7730 balandligi mm poz.S270001 bug‘ trubasi orqali amalga oshiriladi. Tabiiy gaz va havo ta’minoti 270TV-10016 va 270TV-10017 klapanlari bilan pechdan chiqadigan eritilgan tuz haroratiga qarab boshqariladi. Poz.P270011 nasoslari favqulotda o‘chib qolganda tuzning sovub qolishini oldini olish maqsadida poz.V270009 bakiga tuzning o‘z holicha quyilishi ko‘zda tutilgan. Poz.E270014 oxirgi konsentratorda ishqor eritmasining konsentratsiyasi 61% dan 98% gacha ko‘tariladi. Bosimning pasayishi yordamida ishqor suyuqligi U-simon truboprovoddan o‘z holicha poz.V270006 flash-bug‘latgichga tushadi va u yerda bir zumda qaynatish jarayoni yordamida kaustik sodaning konsentratsiyasi 98,5% gacha ko‘tariladi. Bir zumda qaytishdan hosil bo‘lgan bug‘ poz.E270013 sirt kondansatoriga yuboriladi va aylanma suv bilan sovutiladi. Kondensatsiyalangan bug ‘(ikkilamchi bug‘ kondensati) poz.V270004 kondensatsiyalanadigan suv rezervuariga kiradi. Keyin ishqor eritmasi o‘z yo‘li bilan poz.V270007 taqsimlagichiga undan keyin poz.F270015 va F270016 qattiq kaustik soda uchun mo‘ljallangan qurilmalarga boradi. Quymaning kristallanishi aylanuvchi barabanlarda olib boriladi. Sovutuvchi suvning berilishi hisobiga kristallarning harorati 55-60оС gacha pasayadi. Kaustik soda kristallanish jarayoni barabanlarning yuza qismida kristallangan kaustik soda qatlamini pichoq bilan aylanayotganda kesiladi va natijada tangasimon mahsulotini hosil qilinadi. Mahsulotning havo kislorodi bilan o‘zaro aralashuvini oldini olish maqsadida sistemani vaqtinchalik to‘xtatganda ham sistema azot bilan to‘ldiriladi. Barabanlarni sovutish maqsadida 32 оС li aylanma tuzsizlantirilgan sovutuvchi suv quyidagi kontur bo‘yicha beriladi: p oz. V270008 baki poz. Р270010АВ nasoslari poz. Е270015 issiqlik almashtirgichlari poz. F270015 va F270016 qurilmalari poz. V270008 baki. Tayyor mahsulot yarim avtomatik qadoqlash mashinalari poz. W270017 va W270018lar bilan qadoqlanadi. Bo‘sh yuk xalta o‘rnatish naychasiga qo‘yiladi va pnevmatik qisqichlar bilan mahkamlanadi. Tayyor mahsulotni yuklaganingizdan so‘ng, qisqichlar ochiladi va xaltalar yuk xalta mashinasida tikiladi. 25kg li qoplarga qadoqlangan kaustik soda qoplari tayyor mahsulot omboriga iste’molchilarga saqlash va jo‘natish uchun yuboriladi. Qadoqlash bo‘limidan chiqayotgan kaustik changlari poz. CA270014 ventilyatori bilan tuzsizlantirilgan suv bilan to‘ldirilgan poz.V270013 yuvish bakiga tortib olinadi. Ishqorning yutilish jarayonida eritma to‘yinadi va poz.V270015 suyultirilgan ishqor bakiga yuboriladi, shuningdek, u yerga uskunaning drenajlari va yuvish eritmalari yig‘iladi. Poz. P270016 nasoslari yordamida eritma qayta foydalanish uchun poz.V270001 kaustik sodani saqlash bakiga yuboriladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling