Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining


Xlor kompressori haqida ma’lumot C240001ABC


Download 0.92 Mb.
bet10/75
Sana11.10.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1697906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Bog'liq
28.09.23регламент 04,09,23

Xlor kompressori haqida ma’lumot C240001ABC:
Modeli-3H-3/3550
Ishchi suyuqligi (gazi)-Cl2 98% dan ko‘p
Gaz sarfi (min/max)- Min 3550 Nm3/soat, Max 4082 Nm3/soat
Kirish bosimi- Min -0.003 MPa, Max +0.003MPa
Kirish gaz temperaturasi-15-25 0C
Chiqish bosimi-0.2MPa
Chiqish gaz temperaturasi-40 0C
Ishchi aylanish tezligi-10459 ob/min
Tashqi qurilmao‘lchami - 6000x2660x2105 mm
Qurilma og‘irligi - 12975 kg
4.2.4.2 Vodorodni qayta ishlash
Elektrolizerlardan ajratilgan vodorod yuqori haroratga ega, tarkibida suv va gidroksidli bug‘i mavjud. Vodorodni sovutish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuvish va haroratni sovutish ustunlari, shuningdek quvurli issiqlik almashtirgichlarda bilvosita sovutish usullari ishlatiladi.
Nam holatdagi vodorod elektroliz bo‘linmasidan (0,014-0,02) MPa bosim va 85 0C harorat bilan poz.T240101 vodorodni yuvish ustuniga 40 0C gacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovutish uchun va vodorodning ishqor bug‘ini yutishi hisobiga aylanma suv bilan yuvish uchun kiradi. Yuviluvchi eritma poz.E240101 sovutgich orqali aylanadi, aylanma suv va 5 0C haroratidagi (yoz davri) sovutish suvi bilan sovutiladi . Dastlabki yuvish eritmasi sifatida tuzsizlantirilgan suv ishlatiladi.
Kondensatsiyadan to‘ldirilgan yuvish eritmasining bir qismi poz.V240101 vodorod gidrozatvori orqali poz.V240102 bakiga, keyin poz.P240102 nasosi yordamida poz.V220001AB suvni dozalash bakiga tuzni eritish uchun birlamchi tuzli eritma olish bo‘limiga yuboriladi. Poz.V240102 bakida tushirish trubkasida yong‘in to‘sar o‘rnatilgan va inert gaz – azot bilan ta’minlanadi, azot gazi 240PCV-06001 klapan orqali boshqariladi.
Vodorod yuvish ustunidan keyin poz.C240101ABC vodorod kompressorlariga kirib, 0,095 MPa bosimgacha siqiladi va 40 0C harorat atrofida poz.E240102 vodorod sovutgichiga sovutuvchi suv bilan 150C gacha sovutiladi. Namlikni yo‘qotilgandan so‘ng vodorod poz.V240103 vodorod bufer idishidan poz.V240104 vodorodni taqsimlagichga o‘tadi, keyin (206-bino) vodorod xlorid sintezi va yuqori konsentrlangan xlorid kislota ishlab chiqarish bo‘limiga yuboriladi . Ishga tushirilganda, past konsentratsiyali vodorod poz.V240105 gidrozatvorni chiqarish quvurlari orqali va yong‘inga qarshi vositalar bilan atmosferaga tashlanadi.
Poz.C240101ABC vodorod kompressorlariga kirishda vodorodning doimiy bosimini saqlab qolish uchun poz. V240103 vodorod bufer bakiga qadar vodorod reflyuks (baypas) quvur liniyasi o‘rnatilgan, u vodorod kompressorining kirish yig‘gichiga poz.C240101ABC ulangan va nazorat klapani orqali boshqariladi.
4.2.4.3 Qayta ishlangan gaz holatidagi xlorni qayta ishlash (Xlorning favqulotda chiqishlarini oldini olish)
Bu jarayon gidroksidi eritmasi bilan xlor gazining ikki bosqichli yutilishiga va natriy gipoxloritni olinishiga asoslangan.
Poz.T240201absorbsion ustuniga xlor gazini yuttirish uchun yuboriladi:
- xlor kompressoridan chiqadigan siquvchi gaz;
- elektroliz bo‘linmasidan gazli xlor, xlor gazini qayta ishlash, vodorod xlorid sintezi va yuqori tozalikdagi xlorid kislotasini ishlab chiqarish bo‘linmasi;
- elektrolizerlarni ishga tushirish va to‘xtatish vaqtida hosil bo‘lgan past konsentratsiyali xlor gazi.
Chiqindi gazlar birinchi bosqichni tozalashdan keyin poz.T240202 absorberiga beriladi.
Chiqindi gazi ustunning yuqori qismidan poz.CA240201AB xlorni so‘rish ventilatorlari yordamida so‘riladi va atmosferaga chiqariladi. Chiqarish quvurining balandligi kamida 25m bo‘lishi kerak.( qurilmalar va uskunalardan 2m yuqorida bo‘lishi kerak)
Poz.T240201 va T240202 absorbsion ustunlarini to‘yintirish uchun elektroliz bo‘linmasidan 32% natriy gidroksidi eritmasi poz.V240203 tarqatish maydoniga kiradi, ishlab chiqarish suvi bilan 16% konsentratsiyasiga suyultiriladi va poz.V240201AB va V240202AB navbat bilan ishlaydigan rezervuarlariga beriladi. Poz.P240201AB va P240202AB nasoslar bilan ishqoriy eritma yutish ustunlar orqali NaOH tarkibi 1% gacha tushguncha aylanadi. 
Aylanma gidroksidi eritmani sovutish uchun poz.E240201 va E240202 sovutgichlari mavjud, 50C haroratidagi suv bilan sovutiladi.
Aylanma eritmasida faol xlor tarkibi ≥10% ga erishilganda aylanishni darxol to‘xtatish va xlor gazining yutilishini davom ettirish uchun boshqa sirkulyatsion bakga sirkulyatsiyani yoqish kerak. Natriy gipoxlorit (NaClO), zarur konsentratsiyasini olgandan so‘ng, u poz.V290004 natriy gipoxlorit omboriga kiradi. (209 bino)

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling