Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining
Xlorni suyultirish. Ishga tushirish davri uchun bug‘lanish moslamasi bilan suyuq xlorni saqlash (205 - bino)
Download 0.92 Mb.
|
28.09.23регламент 04,09,23
Xlorni suyultirish. Ishga tushirish davri uchun bug‘lanish moslamasi bilan suyuq xlorni saqlash (205 - bino)
Xlorni suyultirish - xlorni suyultirish tizimini azot bilan tozalash; - poz.C250001AB vintli sovutish moslamasini ishga tushirish; - xlorli gaz markaziy quvuridagi xlorli gaz klapanini ochish va poz.E250003AB xlorli erituvchiga yuborish. Xlor dumini yo‘qotish uchun klapanni ochish; - poz.V250001ABC suyuq xlorli suv rezervuarining kirish klapanini ochish, suyuq xlor va xlor gazining aralashmasini poz.V250016AB ajratgichga yuborish; - ishchi rejimidan oldin poz.C250001AB freon sovutish moslamasining yuklamasini asta-sekin oshirish; - kondensatsiyalanmagan xlorli gaz favqulodda chiqindilarni yo‘q qilish bo‘limida joylashgan poz.T240201 absorbsion ustuniga beriladi; - poz.V250001ABC suyuq xlorni saqlash rezervuaridagi sath 80% ga yetganda, boshqa bakga o‘tish kerak. Bakni almashtirganda, avval zaxira bakning kirish klapanini va muvozanat klapanini ochish va to‘lgan bakning kirish va muvozanat klapanini yopish kerak. Azot uch xloridini kamaytirish uchun quyidagilar zarur: - poz.V250009 rezervuarining chiqish klapanini yopish, tarkibida azot uch xloridi bo‘lgan poz.V250016AB ajratuvchining pastki qismidagi chiqarish klapanini ochish; - poz.V250009 rezervuaridagi gaz holatdagi xlorni poz.V250004 qayta ishlangan xlorni tarqatish maydonchasiga yuboriladi; - xlor va azot uch xloridini aralashmasi poz.V250010AB chiqindi suvlarni qayta ishlash rezervuariga ishqorga yutilish uchun boradi; - suyuq xlor tarkibidagi NCl3miqdorini < 60 g/l chegarasida ushlab turish; - chiqindi suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri bo‘lmagan vaqt chiqarib yuborish kerak. Havo yuborish quvuri elektrostatik yerlama moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. rezina shlang va rezina qistirmalar ishlatmaslik kerak. Suyuq xlorning bug‘lanishi - suyuq xlor gazlashtirish tizimini azot bilan tozalash; - poz.V250012 issiq suv bakining sathi 60 % ga yetguncha klapanni ochib qo‘yish; - poz.V250012 issiq suv bakiga bug‘ yuborish klapanini ochish, bakdagi haroratni 40°C gacha qo‘lda tartibga solish, avtomatik boshqaruvga o‘tish; - pos.V250012 issiq suv bakining chiqarish klapanini ochish va poz.P250005AB issiq suv nasoslariniyoqish; - poz.V250001A suyuq xlor rezervuarining 250XV-04002A pastki chiqish klapanini va poz.P250001AB suyuq xlor nasosi klapanini ochish; - poz.P250001AB suyuq xlor nasosini yoqish va zavodning mavjud maydonchasiga etadigan klapanni ochish; - poz.E250001bug‘latgichga kirish qismidagi klapanni qo‘lda ochish, poz.E250002 isituvchining bug‘ klapanini ochish, poz.E250001 bug‘latgichiga boruvchi suyuq xlor va issiq suvning berilishini poz.V250013 bufer bakidagi manometrning qiymatiga muvofiq boshqarish. Xlor gazining bosimi 0,60 MPa ga yetganda, asta-sekin qo‘lda boshqaruvni avtomatik boshqarishga almashtirish va sintez qurilmasi va vodorod xlorid quritish moslamasiga yuborish. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling