Navoiyazot” aj “pvx, ks va M” ishlab chiqarish majmuasi 910-sonli “Xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda” sexining


Tuzni saqlash va tashish (201-bino)


Download 0.92 Mb.
bet59/75
Sana11.10.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1697906
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
28.09.23регламент 04,09,23

Tuzni saqlash va tashish (201-bino)
Temir yo‘l sisternalaridan tuzni saqlash joyiga tushirish uchun tutqichli kranlardan foydalaniladi.
Birlamchi tuzli eritmani olish (202 - bino)
Oddiy ish paytida ikkita tuz eritadigan poz.CT220001ABC hovuzlari mavjud. Ishga tushirish va keyingi ish paytida tuz tog‘ining tepasi har doim hovuzdagi suyuqlik sathidan yuqoriga bo‘lishini ta’minlash kerak. Agar tepalik ko‘rinmasa,u holda yuklash uskunalariga poz.L210002ABCD tuzni ombordan tuzli eritma hovuziga tuzni yuklash kerak. Tuzning optimal iste’moli 19 t/h ga teng.
Tuzli suv hovuzini texnik suv bilan to‘ldirish jarayoni poz.V220001AB bakidan poz.P220001AB nasoslari yordamida amalga oshiriladi. Nasoslarni ishga tushirishdan oldin ularni to‘ldirish kerak. Rejimga kirgandan so‘ng, tuzni eritish uchun dag‘al tuzli eritma ishlatiladi.
Hovuzga tuz yetkazib berish hovuzning sathi texnik suv bilan 50% gacha to‘ldirilganda amalga oshirilishi kerak. Hovuzga tuzni yuklash dastlab bug‘ yordamida poz.E220001 issiqlik almashitirgichida 600C gacha qizdirilgan texnik suv bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Tuzni eritish jarayonini yaxshilash uchun hovuz siqilgan havo bilan aralashtirish tizimi bilan jihozlangan. Tuz eritmasining konsentratsiyasi 305 g/l bo‘lganda, to‘yingan tuzli eritma havzaning yuqori qismidan poz.V220002 diafragmali jelobga quyiladi. Tuz konsentratsiyasi tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Shu orqali eritma hovuzi va tindirgichning to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi. Tindirgichda harorat farqiga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki tindirgichda har xil harorat zonalari paydo bo‘ladi, buning natijasida eritmaning har xil zichligi bo‘ladi, bu esa cho‘kkan loyni chiqarib tashlashga olib keladi.
Magniy ionlarini bog‘lash va organik moddalarni oksidlash uchun poz.V220002 2-sonli jelobga reaktivlarni hisoblangan miqdori (32% kaustik soda va 2% natriy gipoxlorit eritmasi) beriladi.
Keyin tuzli eritma 2-sonli jelobdan tortishish kuchi bilan tozalash reaksiyasini amalga oshirish uchun poz.CT220003 bak-reaktoriga kiradi.
Tuzli eritmani tozalash uchun quyidagilar kerak:
- natriy sulfit eritmasini avtosisternalardan poz.V220017 rezervuariga qabul qilish;
- 32% gidroksidi eritmani elektroliz bo‘linmasidan poz.V220013 bosim bakiga qabul qilish;
- reagentlarni tayyorlash(1% li temir xlorid eritmasini, 20% li kalsinatsiyalangan soda eritmasini, membranani yuvish uchun kislotali eritma, 5% li natriy sulfit eritmasini, 5%li xlorid kislota eritmasini, 2%li natriy gipoxlorit eritmasi tayyorlash):
1% li temir xloridini dozalash stansiyasi
Dozalash stansiyasini ishga tushirishdan oldin quyidagilarni qilish zarur:
- texnik suvni qo‘shish va poz.V220015 bakini sathi - 50% bo‘lguncha to‘ldirish.
- aralashtirish uchun siqilgan havoni yetkazib berish;
- quruq reaktivning hisoblangan miqdorini - 140kg bo‘lguncha asta-sekin qo‘shish;
- poz.V220015 bakningsathinitexnik suv bilan 85% bo‘lguncha ko‘tarish;
- to‘liq eritilgandan so‘ng, havoni o‘chirish va eritmani tahlil qilish;
- poz.V220016 oziqlantirish bakigatemir xloridning tayyor eritmasi quyish.
Kalsinatsiyalangan soda Na2CO3 uchun dozalash stansiyasi: 
Na2CO3 (20%) eritmasi quyidagicha tayyorlanadi:
- poz.V220020 bakiga texnik suv bilan sathi 50 % ga yetguncha to‘ldirish, aralashtirgich pichoqlari suyuqlikka botishi kerak;
- aralashtirgichni yoqish;
- past bosimli bug‘ni berish;
- Na2CO3 hisoblangan miqdorni - 10 tasta-sekin solish;
- bakni sathi 85%ga qadar texnik suv bilan to‘ldirish;
- to‘liq eritilgandan so‘ng, bug‘ ta’minotini o‘chirish, aralashtirishni to‘xtatish va eritmani tahlil qilish;
- poz.P220012 nasosi yordamida tayyorkalsinatsiyalangan soda eritmasini poz.V220021 oziqlantirish bakiga sathi85% yetguncha quyish.
- poz.V220020 bakda qolgan eritma keyingi foydalanishga tayyor.
5 %li natriy sulfit uchun dozalash stansiyasi.
Dozalash stansiyasini ishga tushirishdan oldin quyidagilar zarur:
- 20% natriy sulfit eritmasini poz.V220018 bakiga sathi 17% ga yetguncha solish;
- bakni tuzsizlantirilgan suv bilan sathi 85% bo‘lguncha to‘ldirish;
- eritmaning konsentratsiyasini analitik yo‘l bilan tekshirish;
- poz.V220019 oziqlantirish bakiga natriy sulfitning tayyor eritmasini quyish.
Kislotali yuvish eritmasi uchun dozalash stansiyasi HCl (15%)
Dozalash stansiyasini ishga tushirishdan oldin quyidagilar zarur:
- texnik suvni (dastlabki to‘ldirish uchun) sathi 40 % bo‘lguncha berish;
- 31% xlorid kislotaning hisoblangan miqdorini sathi 80% bo‘lguncha berish;
- eritmaning konsentratsiyasini analitik yo‘l bilan tekshirish.
- 31 %xlorid kislota qo‘shib konsentratsiyani 15% chegarasida saqlash.
Kislota eritmasi uchun dozalash stansiyasi - HCl (5 %)
Dozalash stansiyasini ishga tushirishdan oldin quyidagilar zarur:
- gidrozatvorlarda suv borligiga ishonch hosil qilish;
- tuzsizlantirilgan suvni poz.V220102 bakiga sathi70% bo‘lguncha berish;
- 31%li xlorid kislotaning hisoblangan miqdorini sathi 85% bo‘lguncha berish;
- eritmaning konsentratsiyasini analitik yo‘l bilan tekshirish;
- 5%li xlorid kislotaning tayyor eritmasini poz.V220103 oziqlantirish bakigaquyish.
(2 %)natriy gipoxlorit eritmasini tayyorlash uchun tugun
- poz.V220014AB yuqori bosim baklariga sathi68% bo‘lguncha texnik suv berish;
- natriy gipoxloritning konsentrlangan eritmasini rezervuarlar parkidan (209-bino) sathi 85% ga yetguncha berish;
- eritmaning konsentratsiyasini analitik yo‘l bilan tekshirish.
- poz.V220005 gazlarini eritish uchun bakni tayyorlash, poz.V220011 bufer rezervuariga havo yetkazib berish, poz.P220002ABnasosi yordamida poz.V220005 bakiga ko‘rish oynasi qadar tuzli eritmaniyuborish;
- nazorat klapanini ochish va tuzli eritmani poz.V220006 dastlabki ishlov berish apparatiga 112 m3/h sarf bilan poz.V220001AB bakiga tashlash bilanyuborish;
- magniy gidroksid cho‘kmasini kattalashtirish uchun temir xlorid eritmasini ishlatish;
- jarayon barqarorlashgandan so‘ng (taxminan ikki soat), tuzli eritmani poz.V220007bakiga o‘tkazish;
- kalsiy ionlarini yo‘qotish uchun 20% kalsinatsiyalangan soda eritmasini yuborish, aralashtirgichni yoqish;
- tuzli eritmaning shaffofligi bilan tuzli eritmaning tozaligini aniqlash;
- reaktorlarning pastki qismida cho‘kgan cho‘kindi loylarnipoz.CT220002 loylarni yig‘ish hovuziga yuboriladi;
- poz.F220001AB membrana filtrini ishga tayyorlash va tuzli eritmani poz.V220001AB bakiga tashlash bilan filtrlash uchun yuborish. Rejimga tushgandan so‘ng, tuzli eritmani 3-jelobga yuborish;
- filtrlangan tuzli eritmada erkin xlorni yo‘qotish uchun va poz.V220009 3-sonli jelobda tartibga solinadigan Vodorod ko‘rsatkich pH ni me’yorda ushlab turish uchun 5% natriy sulfit eritmasi va 5% xlorid kislota eritmasi ishlatiladi;
- poz.V220010AB baklari to‘ldirilgandan keyin poz.P220003AB nasoslarini yoqib,birlamchi tuzli eritma ikkilamchi tuzli eritma olish va elektroliz bo‘linmasiga yuboriladi. (203-bino);
- tuzni eritish hovuzidagi loy sathiga qarab, har 3-4 haftada loyni olib tashlash uchun zaxira hovuziga o‘tib, loylarni yo‘qotish kerak.
- poz.P220005A-Fnasoslarini to‘ldirib, ishga qo‘shish, loyni poz.CT220002 loy hovuziga yuborish;
- siqilgan havoyuborish;
- poz.V220025ABC vakuum baklarini texnik suv bilan to‘ldirish, poz.P220006ABC nasoslari ishga tushirish, loyni poz.F220002АВ press-filtrlariga yuborish;
- poz.V220003 bakni to‘ldirgandan keyin, poz.P220007AB nasoslarini yoqish va filtratni tuzli eritmani eritish uchun qayta foydalanishga yuborish;
- poz.V220001AB bakiga berilgan kuchsiz tuzli eritmaning bir qismi, sulfat radikallarini yo‘qotish uchun yuboriladi;
- sovutishdan oldin kuchsiz tuzli eritmaga natriy sulfit eritmasini yuborish;
- poz.Е220102 issiqlik almashtirgichga aylanma suv yetkazib berish;
- poz.E220101 va E220102 issiqlik almashtirgichlarda kuchsiz tuzli eritmani sovutgandan so‘ng poz.V220101rezervuarini sathi 50% gacha to‘ldirish, poz.P220101AB nasoslarini yoqish, tuzli eritmaning Vodorod ko‘rsatkich pH miqdorini (5,5 ÷ 7,5) ushlab turish uchun 5% xlorid kislota eritmasini yuborish;
- poz.P220101AB nasoslarni quyish liniyasida qoldiq erkin xlorni olib tashlash uchun qo‘shimcha ravishda natriy sulfit eritmasini yuborish;
- poz.V220104 rezervuarini sathi 50% bo‘lguncha to‘ldirish, poz.P220103AB nasoslarni poz.V220106 aylanma tuzli eritma bakiga yuborish uchun yoqish;
- tuzli eritmani Vodorod ko‘rsatkich pH va OQP aniqlash uchun analizatorga yuborish;
- poz.V220106 rezervuarini sathi 50% bo‘lguncha to‘ldirish, poz.P220105AB nasoslari yoqiladi, kuchsiz tuzli eritmani 47 m3/h sarf bilan poz.E220101 issiqlik almashtirgichga yuboriladi keyin, poz.V220001AB suvni dozalash bakiga tuzni eritish uchun yuboriladi;
- analizatorlarning ko‘rsatkichlarini kuzatish. Rejim barqarorlashgandan so‘ng (4 soatdan ortiq), kuchsiz tuzli eritmani oldindan faollashtirilgan poz.NF220101 membrana filtriga yuborish, poz.P220111 va P220112 nasoslarini yoqish;
- membrana agregatini yuvish uchun poz.V220107AB bakida yuvish uchun reagent eritmalarini tayyorlash;
- sulfat radikallaridan tozalangan kuchsiz tuzli eritma bilan poz.V220106bakinito‘ldirish, poz.P220105AB nasoslari bilan poz.E220101 issiqlik almashtirgichga sovutish uchun va undan keyin tuzli erititsh uchun qayta foydalanishga yuborish;
- membrana agregatidan keyin konsentrlangan natriy sulfat eritmasini poz.V220105 idishiga yig‘iladi, poz.P220104AB nasoslari bilan poz.E220103 dastlabki issiqlik almashtirgich orqali poz.V220109 galogen tayyorlash bakiga yuboriladi;
- pos.P220113AB nasoslari yordamida poz.V220109 bakiniregeneratsion tuzli eritma bilan sathi - 70% gacha to‘ldiriladi;
- poz.P220108AB nasoslarini yoqish va tuzli eritmani sovutuvchi sikl bo‘ylab poz.E220104AB issiqlik almashtirgichlari orqali aylantirishni boshlash;
- poz.V220108bakida etilen glikolning 35% eritmasini tayyorlash, foydalanish qo‘llanmasiga muvofiq poz.C220101 sovutish moslamasini yoqish, poz.P220107AB nasoslarini yoqish va etilen glikolni aylanish uchun yuborish;
- poz.V220109 bakidagi ishchi harorati rejimiga (3-5)0C chegarasida erishilganda poz.P220104AB nasosni yoqish va to‘yingan tuzli eritmani (6,5 m3/h) poz.E220103 sovutgichi orqali sovutish konturiga aylanish uchun yuborish;
- qo‘yuvchi qurilmaga yetib borgach, to‘yingan tuzli eritma oqim bo‘yichapoz.V220110 cho‘ktirish bakiga beriladi;
- tiniqlashganto‘yinmagan tuzli eritma cho‘kmaga tushgan natriy sulfatcho‘kmalaridan tozalangandan keyin, quyish qurilmasi orqali oqim bo‘yicha poz.V220111 bakiga boradi;
- poz.V220111 bakining sathi50% ga yetgandan keyin poz.P220109 nasoslarni yoqish, poz.E220103 issiqlik almashtirgichiga to‘yingan tuzli eritma bilan issiqlik almashinuviga yuborish, keyin poz.V220106idishiga va tuzli eritish uchun qayta foydalanishga yuboriladi;
- tizimdagi natriy sulfatning konsentratsiyasi oshadi va to‘yinganlik paytida kristallar hosil bo‘lishini kuzatiladi;
- natriy sulfat kristalgidrat cho‘kmasi Na2SO4 · 10H2O (mirabilit) poz.С220102 markazdan qochma apparatiga yuboriladi;
- ajratilgan dastlabki eritma poz.V220112 bakida yig‘iladi, poz.P220110 nasosini yoqish va poz.V220109 galogen tayyorlash bakiga qayta tozalash uchun yuboriladi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling