«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»
Rektifikatsion kolonna tizimi
Download 242.44 Kb.
|
915 sex reglamenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislorodning olinishi
- Suyultirilgan kislorodni gazifikatsiyalash tizimi.
4.2.3 Rektifikatsion kolonna tizimi.
Rektifikatsion kolonna tizimi quyidagi apparatlardan tarkib topgan: tartib raqami T611003 bo‘lgan pastki rektifikatsion kolonna; tartib raqami E611002 bo‘lgan kondensatsion bug‘latgich; tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonna. Kislorodning olinishi Bug‘latilgan suyultirilgan havo tartib raqami T611003 bo‘lgan pastki rektifikatsion kolonnadan chiqib tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonnaga kelib tushadi va tartib raqami E611002 bo‘lgan kondensatsion bug‘latgichga o‘tadi. Tartib raqami T611004 bo‘lgan yuqori rektifikatsion kolonnaning pastki qismida tartib raqami E611002 bo‘lgan kondensatsion bug‘latgichda yig‘iladigan suyultirilgan kislorod hosil bo‘ladi. E611002 dan suyultirilgan kislorod tartib raqami P611003A/B bo‘lgan nasoslar orqali suyultirilgan kislorodni 0,41 MPa bosim bilan tartib raqami E611008 bo‘lgan qayta sovituvchiga uzatadi.Qayta sovituvchida suyultirilgan kislorod o‘z haroratini tartib raqami C611006A/B bo‘lgan siquvchi turbodetenderdan kelgan havoga beradi. So‘ng suyultirilgan kislorod tartib raqami E611003 bo‘lgan suyultirilgan kislorod bug‘latgichidan o‘tadi. Suyultirilgan kislorod bug‘latgichida kislorodning bir qismi tartib raqami E611001ABCD bo‘lgan issiqlik almashgichdan kelgan havo hisobiga bug‘lanib ketadi. Bug‘langan kislorod tartib raqami E611001ABCD bo‘lgan issiqlik almashgichga kelib, o‘z sovuqligini beradi va bug‘ holatida (20÷37)°C haroratda istemolchiga yuboriladi. Tartib raqami E611003 bo‘lgan suyultirilgan kislorod bug‘latgichining pastki qismidan kislorod tartib raqami E611004 bo‘lgan qayta sovutuvchidan o‘tib tartib raqami V611001 bo‘lgan suyultirilgan kislorod rezervuariga kelib tushadi. Suyultirilgan kislorodni gazifikatsiyalash tizimi. Tartib raqami V611001 bo‘lgan suyultirilgan kislorod rezervuaridan chiqgan suyultirilgan kislorod tartib raqami P611107 nasosning so‘ruvchi qismiga o‘tgach 0,41MPa bosimga ega bo‘ladi va tartib raqami E611006 bo‘lgan suyultirilgan kislorod gazifikatoriga uzatiladi. Gazifikatorda suyultirilgan kislorod 0,6MPa bosimli to‘yingan par tasirida bug‘lanadi va “gaz holatidagi kislorod” gaz holatidagi kislorod quvuro‘tkazgich orqali istemolchiga uzatiladi. Download 242.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling