«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»
Dastlabki sovutish va tozalash
Download 242.44 Kb.
|
915 sex reglamenti
4.2.2 Dastlabki sovutish va tozalash.
105°C haroratli, 0,5MPa bosimli siqilgan havo tartib raqami T611001 bo‘lgan sovutish ustunining pastki qismiga kiradi. Havoni sovutish ustuni ikki qismdan iborat bo‘lib, uning pastki qismida havo aylanma suv yordamida sovutiladi. Yuqori qismida esa harorati 12,5°C, tartib raqami T611002 bo‘lgan aylanma suvni sovutish ustunidan va harorati 10,5°C, tartib raqami C611005 bo‘lgan suvni sovutish agregatidan keluvchi suv ishlatiladi. Har ikki qismning bog‘lanish yuzasini oshirish uchun “nasadka”lar bilan to‘ldirilgan. Sovutilgan havo 12°C haroratida suv, CO2, C2H2 va boshqa moddalardan tozalash uchun molekulyar sito bilan to‘ldirilgan tartib raqami D611001AB bo‘lgan adsorberga kiradi. Tartib raqami D611001AB bo‘lgan adsorberlar navbat bilan ishlaydi. Biri ishlab turganida ikkinchisi regeneratsiyada bo‘ladi. Adsorberlar regeneratsiyasi tartib raqami EH611001ABC bo‘lgan elektrqizdirgichda 180°C haroratgacha qizdirilgan tozalanmagan azotning teskari oqimi hisobiga amalga oshiriladi. Tozalanish bosqichidan o‘tgan havo uch oqimga bo‘linadi: - birinchi oqim tartib raqami E611001ABCD bo‘lgan birlamchi issiqlik almashgichga yuboriladi; - ikkinchi oqim tartib raqami C611002 bo‘lgan havoni siquvchi kompressorga yuboriladi; - uchinchi oqim tartib raqami C611006AB bo‘lgan havoni siquvchi turbodetanderga yuboriladi. Birinchi oqim tartib raqami E611001ABCD bo‘lgan birlamchi issiqlik almashgichga yuborilib u yerda tartib raqami E611003 bo‘lgan suyultirilgan kislorod bug‘latgichidan kelgan suyultirilgan kislorodning teskari oqimi va tartib raqami E611004 bo‘lgan qayta sovuygichdan chiqgan tozalanmagan azot hisobiga manfiy173°C haroratgacha sovutiladi va tartib raqami T611003 bo‘lgan rektifikatsion kolonnasining pastki qismiga uzatiladi. Havoning ikkinchi oqimi tartib raqami C611002 bo‘lgan havoni siquvchi kompressorining so‘ruvchi qismiga yuboriladi. U yerda 1,07MPa bosim va 40°C haroratga yetib, sovutilish uchun tartib raqami E611001ABCD issiqlik almashgichga yuboriladi. Manfiy163°C haroratga yetgan havo tartib raqami E611003 bo‘lgan suyultirilgan kislorod bug‘latgichida suyultirilgan havo kislorodning harorati hisobiga sovutilib, suyultirilgan havo fazaga o‘tganidan so‘ng, havo tartib raqami E611008 bo‘lgan suyultirilgan havoni qayta sovutgichiga uzatiladi. Tartib raqami E611008 bo‘lgan suyultirilgan havo havoni qayta sovutgichidan o‘tganidan so‘ng havo uch oqimga bo‘linadi: suyultirilgan havo havoning birinchi oqimi tartib raqami T611003 bo‘lgan rektifikatsion kolonnaning pastki qismiga uzatiladi suyultirilgan havo havoning ikkinchi oqimi tartib raqami E611004 bo‘lgan qayta sovutuvchisiga uzatiladi va u yerda manfiy 178°C haroratgacha sovutilganidan so‘ng rektifikatsion kolonnaning yuqori qismiga uzatiladi suyultirilgan havo havoning uchinchi oqimi tartib raqami T611003 bo‘lgan rektifikatsion kolonnaning pastki qismiga uzatiladi Tartib raqami D611001AB adsorberlardan chiqqan havoning uchinchi oqimi tozalangach 19°C haroratda tartib raqami C611006A/B bo‘lgan siquvchi turbodetenderga uzatiladi. Siquvchi turbodetender ikki qismdan iborat. Birinchi qismi – siquvchi qismi bo‘lib, havoni 0,815MPa bosimiga keltiradi. 70°C haroratga ega bo‘lgan siqilgan havo E611005 A/B bo‘lgan sovutgichga uzatilib, u yerda 40°C haroratgacha sovutilib, tartib raqami E611001ABCD bo‘lgan issiqlik almashgichga yuboriladi va u yerda manfiy 108°C haroratiga qadar sovutiladi. Ikkinchi turbodetander qismi havoni siqib kengaytirish (drossellash) uchun mo‘ljallangan. Bunda havo harorati manfiy 167°C ga tushiriladi va tartib raqami E611008 bo‘lgan suyultirilgan havo havoni qayta sovituvchisiga yo‘boriladi. So‘ng tartib raqami T611004 bo‘lgan rektifikatsion kolonnaning yuqori qismiga uzatiladi Download 242.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling