«navoiyazot» aj «tasdiqlayman»


TEXNOLOGIK JARAYON VA CHIZMANING TA’RIFI


Download 242.44 Kb.
bet4/55
Sana22.12.2022
Hajmi242.44 Kb.
#1043685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
915 sex reglamenti

4.TEXNOLOGIK JARAYON VA CHIZMANING TA’RIFI.


4.1 Havoni tarkibiy qismlarga ajratish jarayonining tarifi
Havo tarkibi azot va kisloroddan tashqari quyidagi komponentlardan iborat: argon, vodorod, karbonat angidrid, uglevodorodlar va boshqalar kiradi. Ularning ulishi atmosfera sharoitlariga qarab o‘zgarib turadi. Bunda namlik darajasi va suv bug‘ining miqdori atrof-muhitning haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Havoning kimyoviy tarkibi:
- 78,09% - azot (N2);
-20,95% - kislorod (O2);
-0,93% - argon (Ar);
-0,03% - uglerod (IV) oksidi (CO2);
- 0,0018% - neon (Ne);
-0,00052% - geliy (He);
-0,00022% - metan (CH4);
-0,0001% - azot (I) oksidi;
- 0,00005% - vodorod (H2);
-0,000008% - ksenon (Xe);
-0,000001% - ozon (O3).


Ishlab chiqarish usuli
(915-sex texnologik chizmasi bo‘yicha)
Ishlab chiqarish jarayonida azot, kislorod va argonning olinishi, suyultirilgan havoni past haroratda rektifikatsiyalash usuli asosida olib boriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • issiqlik va massa almashinishi;

  • bug‘latish va kondensatsiyalash;

  • gazlarni siqish va kengaytirish.

Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda turli mashina va apparatlar ishlatiladi.
Havoni tarkibiy qismlarga ajratish qurilmasi texnologik jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
- havoni filtrlash va siqish;
- havoni dastlabki sovutish va tozalash;
- rektifikatsiya tizimi;
- kislorodni olish;
- azotni olish;
- argonni olish.


4.2 Texnologik chizmaning tarifi
4.2.1 Havoni filtrlash va siqish
Tartib raqami C611001 havo kompressori havoni tortib olishidan oldin havo tartib raqami F611005 bo‘lgan filtrda chang va mexanik aralashmalardan tozalanadi.
Tartib raqami F611005 bo‘lgan filtrdan oldi va keyin bosim o‘zgarishi o‘lchanadi - 20kPa (611PDIAH-01001). Tozalangan havo tartib raqami C611001 bo‘lgan (uch bosqichli) kompressorda 0,5MPa bosim va 110°C haroratgacha siqiladi. Siqilgan havo tartib raqami E611206 va E611207 bo‘lgan oraliq issiqlik almashinish apparatida aylanma suv hisobiga sovutiladi. Bu oraliq issiqlik almashinish apparatlari I va II darajali siqilish bosqichlaridan keyin joylashgan bo‘lib, ularda yig‘ilib qolgan kondensat avtomatik kondensat qaytargich bilan olib tashlanadi. Siqilgan havo dastlabki sovutish va tozalash bosqichlaridan o‘tadi.


Download 242.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling