Suyultirilgan argon gazifikatsiyasi va to‘ldirilish tizimi
Tartib raqami V611005 bo‘lgan suyultirilgan argon rezervuaridan suyultirilgan argon tartib raqami P611005 bo‘lgan suyultirilgan argon nasosi yordamida avtosisternalarga to‘ldiriladi.
Iste’molchilar uchun ham argon gaz holatida yetkazib beriladi. Buning uchun suyultirilgan argon tartib raqami P611008A/B bo‘lgan nasos orqali tartib raqami E611009A/B bo‘lgan suyultirilgan argon bug‘latgichiga uzatiladi va u yerda atmosfera havosi hisobiga argon bug‘lanadi.
4.2.4. Tartib raqami С611001 bo‘lgan havo kompressori
Tartib raqami С611001 bo‘lgan bosqichlar oralig‘idagi ikki sovutuvchiga ega
SVK112-3S turidagi uch bosqichli turbinali havo kompressor. Kompressor uzatmalar qutisi o‘qi katta tishlarining membranali qoplamalari orqali ulangan elektrodvigatel hisobiga ishga tushiriladi. Kompressor korpusi, oraliqdagi gazli sovutgich, moy stantsiyasi va elektrodvigatel alohida holda joylashgan.
SVK112-3S kompressori chiqishida sarf 110 000 Nm3/h, bosim 0,6 MPa ga teng.
Birinchi bosqich impelleri oldida kompressorga kirishdagi ish sharoitlarini nazorat qiluvchi QYA (qayta yo‘naltiruvchi apparat) o‘rnatilgan.
Qayta yo‘naltiruvchi apparat (QYA) yordamida kompressorning chiqishidagi bosimini nazorat qilish mumkin. Kompressorning chiqishida sarf nazorat qilinadi.
Kompressorning moy tizimi reduktor, elektrodvigatel, reduktorning tishli juftlarni, tishli muftalar va kompressor podshipniklarini moylash uchun mo‘ljallangan.
Kompressorning moylovchi tizimi majburiy, aylanma. Kompressor ishlashi jarayonida moy tartib raqamiV611201 bo‘lgan moy bakidan tartib raqami P611203 (P611204) bo‘lgan nasos yordamida tortib olinadi va tartib raqami E611209A/B bo‘lgan moy yaxlatgichida siqiladi va sovutiladi. Keyinchalik moy tartib raqami F611201A/B filtri, tartib raqami 611PCV28002 bo‘lgan reduktsion klapan orqali compressor podshipniklarini moylash uchun o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |