Navoiyning ishqiy dostonlari ("Farhod va Shirin", "Layli va Majnun")
Download 254.44 Kb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYNING ISHQIY DOSTONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sujet (41 bob) 4916 Asosiy sujet (26 bob) 2772
“Farhod va Shirin”
Bayt “Layli va Majnun” bayt “Bihamdik fath abvob ul-maoni” 21 Ey yaxshi oting bila sarog’oz (Hamd) 75 Hamd 51 Munojot 55 Munojot 44 Na’t 35 Na’t 50 Na’t (Me’roj) 68 Na’t (Me’roj) 100 230 269 Qalam vasfida, Nizomiy va Amir Xusrav vasfi 62 So’z gavhari vasfida (Nizomiy va Amir Xusrav haqida) 66 Abdurahmon Jomiy vasfi 34 Abdurahmon Jomiy vasfi 40 Hasbu hol 96 Doston mavzusiga munosabat 110 Husayn Boyqaro madhi 60 Husayn Boyqaro madhi 77 Shahzoda Badiuzzamon haqida 53 Shahzoda Badiuzzamon haqida 40 415 223 Tun ta’rifi 112 Asosiy sujet (41 bob) 4916 Asosiy sujet (26 bob) 2772 Ishq ta’rifida 76 Abulfavoris Shohg’arib mirzoga nasihat 94 Shahzoda Sulton Uvays madhi 76 Xotima 127 Xotima 95 221 247 Jami 54 bob 5782 Jami 38 bob 3623 II. Muqaddima boblaridagi bayon vositalarining doston mundarijasi bilan uyg‘unligi. Nizomiy Ganjaviy “Xusrav va Shirin” dostonining muqaddimasida Firdavsiy va uning asarini quyidagicha eslaydi: Hakime k-in hikoyat sharh kardast, Hadisi ishq az eshon tarh kardast. Naguftam har chi dono guft az og’oz, Ki farrax nest guftan guftaro boz [59.12]. Mazmuni: Bu hikoyatni sharhlagan donishmand undan ishq so’zini (hikmatini) olib tashladi. Uning yoshi oltmishga borib qolganligidan, yigitlik o’qi kamonini tark etgan edi. Donishmand aytgan so’zlarni men aytmadim. Zero aytilganni takrorlash maqtangulik ish emas. Nizomiy garchand tarixiy mavzuga murojaat etgan bo’lsa-da, uning asosiy maqsadi ISHQ tushunchasini badiiy gavdalantirish edi. Zero: Zi so’zi ishq behtar dar jahon chist? Ki be o’ gul naxandid, abr nagrist [__. 24]. Jahonda ishq taftidan yaxshiroq nima bor? Usiz na gul kuladi (ochiladi), na bulut yig’laydi (yomg’ir yog’adi). Kase, k-az ishq xoli shud fusurdast, Garash sad jon buvad, be ishq murdast [__. 25]. Ishqdan xoli bo’lgan kishi umrini behuda o’tkazuvchidir. Yuzta joni bo’lsa ham, ishqsiz u o’likdir. Alisher Navoiy ham «Farhod va Shirin» dostonining 2-bobida “Qayyumi mutlaq sifoti” haqida gapirilib, avvalambor ISHQ tushunchasini sharhlashga urinadi: Bu rangin safha, balkim dard bog’i, Ayon har lolasida ishq dog’i. [__. 6-bet] Bobda ilohiy, falsafiy tushunchalar asar qahramonlari, obrazlari nomi bilan majoziy tarzda ifodalanadi. Chunonchi, taqdirni Shopur, ajalni Sheruya, kechani Shabdiz (Xusravning oti), hikmatni Suqrot, aqlni Mulkoro 1 , ko’ngilni Moniy ustaxonasi kabilar: Badan mulkin qilib alqissa ma’mur, Vaziri aql Mulkorosi ma’mur… Qilib hikmat xirad Suqroti qismi, Yasab jon ganjiga paykar tilismi. [__. 8-bet] Bular bir qarashda oddiy tashbeh yoki so’z o’yini, tasvir vositasiga o’xshaydi. Biroq asarda yashiringan g’oyalar tizimini ochish uchun, bizningcha, aynan shu tushunchalar kalit vazifasini bajaradi. Mavzu talabidan kelib chiqib, mazkur bobda asosiy qahramonlar tilga olingan baytlargagina e’tibor qaratmoqchimiz. Alloh bu dunyoning har bir zarrasida ishqni oshkor etib, inson ko’nglini ishq xazinasi qildi va bu ishqni junbushga keltiruvchi husn yaratdi. Boshqacha qilib aytganda, o’z husnini zuhur etdi: Valekin husn o’tin aylab jahonso’z, Bularni andin etti olamafro’z. Ayni shu yerda Navoiy Shirin nomini tilga oladi: Ne mahvash husnig’akim berdi tazyin, Ani aylab jahon ahlig’a Shirin. Demak, Navoiy husn tushunchasini yoxud tangri zuhurini Shirin nomi bilan, bu husnga shaydo bo’lib «balo tog’i» (foniy dunyo)da azob chekan insonlarni umumlashtirib Farhod nomi bilan ataydi: Yeturganga balo tog’ida bedod, Laqab aylab zamona ichra Farhod. Bundan ma’lum bo’ladiki, asardagi Shirin faqat oddiy ma’shuqa obrazi emas, balki azaliy husn, zuhurning majoziy timsoli, Farhod esa shu azaliy husnning azaliy shaydosi, boshqacha qilib aytganda, vaqtinchalik ajralgan butunlik. Chunki: Nedin oshiqni o’rtar shayni ma’shuq, Chu oshiq munda keldi ayni ma’shuq. Ikisi balki ayni ishq, fafham, Tugandi barcha so’z, vallohu a’lam… O’zi naqsh-u, o’zi manqush-u naqqosh, Kishi bu sirni mendek qilmadi fosh. 1 Ba’zi manbalarda “aqlni... Mulkoroga va donishmand Suqrotga” o’xshatadi degan yanglish fikr bor. Mazkur bob Navoiyning ISHQ konsepsiyasini tushunishga yordam berishi bilan birga, doston tarkibidagi obrazlar mohiyati, asarning bosh g’oyasini anglashga ham ko’maklashadi. Download 254.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling