Nawayi mamleketlik kanshilik texnologiyalar universiteti janindagi nokis kanshilik instituti 1-a-ki studenti


Download 236.58 Kb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi236.58 Kb.
#1026257
1   2   3
Bog'liq
To‘maris va Shirоq

 Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan.


Mil.av.VI asr o‘rtalarida qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo‘lgan ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan, imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II (mil.av.558-530) O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko‘rgan ilk fors podshosi bo‘lgan. Mil.av. 545 va 540-yillar oralig‘ida u Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil.av. 530-yilda, Kir II 200 000 kishilik qo‘shini bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi.

Q adimgi yunon tarixchisi Geradotning (mil.av.V asr) “Tarix” asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil.av. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris (ayrim manbalarda Tomir xotin dеgan taxminlar ham bildirilmoqda) massagetlar podshosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan. To‘marisning tarjimayi holi haqida hеch qanday ma’lumot saqlanib qolmagan, faqat uning jasorati haqidagi rivoyatlar yetib kеlgan. Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo‘li bilan Sparangizni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaatini o‘ylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so‘raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o‘rtada ayovsiz jang bo‘lgan. Gerodot massagetlar va forslar o‘rtasidagi jang tafsilotlarini o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi. “G‘arbdan Kaspiy dengizi, Kavkaz bilan chegaradosh, sharqda esa quyosh chiqish yo‘nalishida unga cheksiz ko‘z ilg‘amaydigan tekislik tutashadi. Bu ulkan tekislikni ko‘pchilik qismini tilga olingan massagetlar egallaydi, ularga qarshi Kayxusrav urush qilishni o‘yladi. Kayxusravda bu yurishga undaydigan juda muhim sabablar bor edi. Eng avvalo u o‘zini odamdan yuqori hayol


Download 236.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling