Asosiy qism 25-30 daqiqa
|
I. Guruhlarda saf mashqlarini davom ettirish.
-Turgan joydan o’nga, chapga, ortga burilishlar.
-Bir qatordan ikki qatorga saflanish.
-Bir qatordan uch qatorga saflanish.
-O’qituvchi buyrug’iga asosan zal bo’ylab yurishlar.
Muvozanat saqlash mashqlari
Yakkacho'p ustida mashq bajarish. Siz aziz bolajonlar yakkacho'p ustida mashq bajarishni boshlashdan avval unda ii, aylanishni, bir va ikki oyoqlarda o'tirib-turishlarni O'rganib olishingiz kerak.
Bir oyoqda turib „qaldirg'och" mashqini bajarish. Bunday mashq bilan nafaqat siz qizlar, balki siz o'g'il bolalar ham ihug'ullanishingiz, maqsadga muvofiqdir. Chunki muvozanat ,saqlashni yaxshilab o'rganish uchun yakkacho'p ustida ko'p mashq qilib turish lozim, sababi bu mashqlar harakat koordinatsiyasini (harakatlarning o'zaro muvofiqligini) rivojlantiradi. Bulardan tashqari, bu sizga tor joylardan epchil sakrab o'tishga hamda balandlik va pastliklarga tez chiqib-lushganda boshingiz aylanmaydigan bo'lishiga yordam beradi.
Yakkacho'p ustida mashq qilayotganda aylanish va burilishlar oyoq uchida bajariladi. Qo'Ilar yon tomonga yoziladi. Masalan, chap tomonga aylanish oldidan chap oyoqni o'ng oyoqning orqasiga qo'yib, oyoq uchlarida 180°ga aylaniladi. O’ ng tomonga aylanganda o'ng oyoq orqaga qo'yiladi. Mabodo, vakkacho'p ustida ikki kishi uchrashib qolsa, o'zaro yordam- lashib, muvozanatni saqlab qolishga harakat qilinadi. Buning uchun har qaysi tomon o'ng oyoq bilan bir qadam oldinga qo’yiladi, sheriklar o'zaro yelkadan ushlashib, biroz chap tomonga egilib, joy almashib, so'ng tarqalishadi. Yakkacho'pdan o’quvchilar sakrab tushish va tizzalarni bir oz bukish lozim bo'ladi.
|
Ko’rsatish usulidan foydalanish.
Mustaqil bajarish, takrorlash.
Mustahkamlash.
|