DARS ISHLANMA –37
Fan: Jismoniy tarbiya
Sana.________2013-yil Sana.________2013-yil
Sinfi:8 Sinfi:8
Nazariy: Gimnastika
Amaliv: Gimnastika. a) Buvum va buvumlarsiz URM bajarish; b) Tayanib sakrash mashqlari; v) Gimnastika "Kazyoli"dan oyoqlarni kerib va bukib sakrash; d) Arg'amchida sakrash mashqlari.
VAZIFALAR: 1.Saf mashqlarini o’rganishda davom ettirish.
JIXOZLAR: Gimnastik mat .
Ta’limiy maqsad: umumiy tushuncha berish, o’rgatish va mustaqil bajarishga ko’nikma yaratish.
Tashkiliy maqsad: mustaqil qaror qabul qilishga o’rgatish, mustaqil fikirlay olishni mustahkamlash.
Rivojlantiruvchi maqsad: bolalarda epchillik va chaqqonlikni rivojlantirish.
Dars
qismi
|
Mazmuni
|
Me’yori
|
Tashkiliy uslubiy ko’rsatmalar
|
Tayyorlov qismi 10-12 daqiqa
|
1. Saflanish . O’quvchilar bilan salomlashish. Raport olish.
2. O’quvchilar davomatini tekshirish.
3. Mavzuni tushuntirish.
O’qituvchining buyrug’iga binoan zal bo’ylab yurish, yugirish, yurish.
URM
1. D.X. Oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. 1-4 hisobga boshni aylantirish, chap-o’ng tomonlarga. 1-4 hisobda.
2. D.X. Oyoqlar yelka kengligida, qo’llar yelkada. 1-4 hisobiga, qo’llarni oldiga-orqaga aylantirish.
3. D.X. Oyoqlar yelka kengligida, qo’llarni yelka qism bilan aylantirish. 1-4 hisobiga.
4 D. X. Oyoqlar yelka kengligida, qo’llar ko’krak oldida. 1-4 hisobida qo’larni chap va o’ng tomonga yoyish.
5. D. X Oyoqlar yelka kengligida, qo’llar belda. 1-4 hisobida belni aylantirish chap va o’ng tarafga 6. D. X A.T. 1- qo’larni chap oyoqqa uchiga. 2- qo’larni o’ng va chap oyoq uchiga. 3- qo’larni o’ng oyoq uchiga. 4- D.X
7.D.X.Oyoqlar keng kerilgan, qo’llar belda. 1- 4 hisobida chap va o’ng tarafga o’tirish.
8. D. X. A. T. Chap,o’ng va ikkala oyoqda sakrash.
|
2-5 daqiqa
2-4
marta
2-4
marta
2-4
marta
2-4
Marta
|
XXXXXXXXXXX
O
O’quvchilarning sport kiymiga e’tibor berish, bo’yma-bo’y saflanishga e’tibor qaratish.
Buyum va buyumlarsiz mashqlar bajarish.
Ko’rsatish va o’z uslubida foydalanish.
Katta ampulada harakatlarni bajarish.
Tizzalarni bukmasdan bajarish.
Tizzalarni bukmasdan bajarish.
Sakraganda tizzalarni ko’krakka tekkazish.
|
Asosiy qism 25-30 daqiqa
|
I. Guruhlarda saf mashqlarini davom ettirish.
-Turgan joydan o’nga, chapga, ortga burilishlar.
-Bir qatordan ikki qatorga saflanish.
-Bir qatordan uch qatorga saflanish.
-O’qituvchi buyrug’iga asosan zal bo’ylab yurishlar.
,kozyol" ustidan oyoqlami yozib sakrash, Buning uchun qisqa masofadan yugurib kelib ko'prikcha ustiga ikkala oyoqni qo'yib depsinib, „ kozyol” ustiga qo'llarni keng yozib qo'yiladi va „kozyol"dan tezda itarilib, birdaniga ikkala oyoqni keriladi hamda belni biroz orqaga egib, bosh ko'tariladi. Shu holatni iloji boricha saqlab qolib, yerga sakrab tushish oldidan gavda biroz orqaga tashlanadi, so'ng oyoq tezda jipslab olinadi .
Oyoq qo’yilgandan so’ng qo’llarni bir hil qilib bosh ustiga ko’tariladi.
Kozyoldan sakrash mashqlari bajarilayotganda o'qituvchi o'quvchilarni diqqatlik bilan kuzatib, sakrash jarayonida extiyotkorlik sifatida unga yordam berishi mumkin. Arg'amchida mashq qilishni yaxshisi joyida turib sakrab, qo'llar bilan arg'amchini aylantirayotganday harakatdan boshlang. Agar siz ham arg'amchi bilan mashq qilishni istasangiz, quyi-dagi mashqlarni bajaring. Arg'amchida mashqlar bajarganda yum-shoq, prujinasimon harakatlanib, qomatni tik tutib, gavda va boshni to'g'ri ushlab, yelkalarni keng yoyib, muskullarni ortiqcha zo'riqtirmay bajaring. Arg'amchida sakraganda, tizzalarni iloji bo-richa bukmasdan sakrang. To'pday yengil sakrashni va yerdan ko'tarilganda ipday tarang tortilishni o'rganish uchun sakrashni arg'amchisiz ham ko'p mashq qiling. Sakrash vaqtida xatoga yo'l qo'ysangiz uyalmang, sakrashni davom ettiring. Shoshilmang, ammo bo'shashmang ham. Sabr qiling.
|
Ko’rsatish usulidan foydalanish.
Mustaqil bajarish, takrorlash.
Mustahkamlash.
|
Ketma-ketlikda aniq sanashga ahamiyat berish.
Qadamlarni aniq dadil qo’ygan holatda qatordan qatorga o’tish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |