Nazariy mehanika


Amaliy mashg’ulot olib borish texnologiyasi


Download 1.79 Mb.
bet44/53
Sana17.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1544628
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
Назарий механикадан мажмуа

16.2. Amaliy mashg’ulot olib borish texnologiyasi

Talabalar soni 25-30

16 -mavzu , 2 soat

Mashg’ulot shakli

Individual to’shiriqlarni bajarishga asoslangan amaliy mashg’ulot

Mashg’ulot rejasi

1.Yorug’lik tabiati va u to’-risidagi tasavvurlar rivoji.
2.Yorug’likning ikki muxit chegarasidan o’tishi. Yorug’likning qaytish va sinish qonuni
3.Muxitning absolyut va nisbiy sindirish ko’rsatkichi. To’la ichki qaytish.
4.Energiya oqimi. Yorug’lik oqimi. Ko’rinuvchanlik funkiyasi. Yorug’lik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik.
5. Yorug’likning yutilishi. Buger qonuni.

O’quv mashg’ulotining maqsadi

Yorug’likning qaytish va sinish qonunlari, to’la ichki qaytish, yorug’-likning yutilishi. energiya oqimi, Yorug’lik kuchi, yoritilganlik, ravshanlik hamda o’quv kursi haqida umumiy tasavvurni berish.

edagogik vazifalar:

O’quv faoliyati natijalari:

-yoru-likning qaytish va sinish qonuni to’la ichki qaytish, sindirish ko’rsatkichiga oid tushunchalar beriladi
-yoru-likning intilishi, Buger qonuni, energiya oqimi, yoru-lik oqimi, yoritilganlik, ravshanlikka oid tushunchalar beriladi.

-Yorug’likning qaytish va sinish qonuni, to’la ichki qaytish, sindirish ko’rsatkichiga oid tushunchalarga ega bo’ladi.
-Yorug’likning yutilishi, Buger qonuni, energiya oqimi, Yorug’lik oqimi, yoritilganlik, ravshanlikka oid tushunchalarga ega bo’ladi.

O’qitish usullari

Blits-so’rov, muammoli usul,to’shiriqlar, suhbat

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska, mul’timedia, proektor.

O’qitish shakllari

Frontal, kollektiv ish.

O’qitish sharoiti

Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash

Kuzatish,og’zaki baholash, savol- javob.




Ish bosqichlari

O’qituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi faoliyatining mazmuni

Tayyorgarlik
(5 daqiqa)

1.1. Mavzu nomini, maqsad va vazifalarini aytadi.
1.2. Mashg’ulotni olib borish formasi va baholash mezonlarini aytadi. Qo’yilgan bilim maqsadiga mos keluvchi o’quv to’shiriqlarini ishlab chiqadi. (1- Ilova )
1.3. Guruhdagi ishni effektivligini ta’minlash uchun yozma instruktsiya tayyorlaydi, (2- Ilova )

Mavzu nomini yozib oladi.

1-bosqich.
Kirish
10 daqiqa

1.1. Mavzu nomini, maqsad va vazifalarini aytadi.
1.3. Suhbat shaklida talabalar bilimini jonlantiradi. (3- Ilova)
1.4. O’quv muammosini hal qilish jarayonida faol ishtirok etish uchun talabalarga kerak bo’ladigan zaruriy bilimlar darajasini belgilaydi.

Tinglaydi. Savollarga javob beradi.

2-bosqich.

Asosiy bo’lim


(55 daqiqa)



2.1. To’shiriqlarni tarqatadi, talabalar bilan echish usullarini muhokama qiladi.
2.2. Ish ohirida qanday natijalar kutilishini tushuntiradi. Guruhlardagi talabalarning birgalikdagi faoliyati natijalarini taqdimot etish formalarini aytadi. Har bir talaba va guruh uchun baholash mezonini aytadi. (4-Ilova)
2.3. Talabalarni guruhlarga ajratadi. To’shiriqlarni guruhlarga tarqatadi, to’shiriq bajarishda qanday qo’shimcha materiallardan foydalanish mumkinligini tushuntiradi.
2.4. Doskaga guruh to’shirig’ini bajarish instruktsiyasini ilib quyadi.
2.5. Kuzatuvchi sifatida guruhda ishlashni tashkil etadi, ammo bunda:

  1. Ishlayotgan guruhni nazorat qiladi, lekin ularni boshqarmaydi.

  2. YAkka tartibda ishlashga e’tibor beradi, to’shiriqlarni bajarishda aqlni shakllantirish uchun savollar beradi: “Nimaga siz shunday deb o’ylaysizq”, “Nega aynan shu usulq”.

  3. Talabalar ishini izohlaydi, ularga talabalar bilimini baholash uchun aniq ma’lumotlar beradi, aniq tanbehlar qiladi.

2.6. prezentatsiya boshlanishini aytadi. Guruh lideri guruh a’zolari ishining natijasini va bahosini muhokama qiladi.
2.7. To’shiriqlarni bajarish jarayonida guruhlarning natijalarni o’zaro tekshirishni tashkil etadi.

To’shiriq-larni muhokama qiladi. Mashg’ulot materiali va instruktsisi bilan tanishadi.
Guruhlarga ajraladi. Guruh ichida savollarni bo’ladi.

  1. bosqich.YAkunlovchi

10 daqiqa

3.1. Natijalarni tahlil qiladi.
3.2. To’shiriq bajarilishini yakunlaydi va baholaydi.
3.3. Oldiga qo’yilgan maqsadga erishganligi haqida xulosa qiladi..

Tinglaydi.

1 - Ilova



1 – topshiriq
Sindirish burchagi 600, sindirish ko’rsatkichi 1,5 bo’lgan shisha prizmaga 300 burchak ostida yorug’lik tushadi. Prizmadan chiqishda yorug’-likning sinish burchagi qanday bo’ladi?



1 – topshiriq
Qalinligi 4,0 sm bo’lgan uglerod xloridi qatlamining sirtida 2,0 sm qalinlikdagi suv qatlami suzib turibdi. Agar yorug’lik normal tushayotgan bo’lsa, idish tubining ko’rinma chuqurligi qanday bo’ladi?



2 – topshiriq
SHisha prizmaning sindirish burchagi 600. Prizmaning ikkinchi yon sirtidan chiqishda sirt bo’ylab sirpanib ketishi uchun, nurlar prizmaga qanday burchak ostida tushishi kerak? SHishaning sindirish ko’rsatkichi 1,6.



3 – topshiriq
Kvadrat shaklidagi sport maydonchasi markazining ustida 5 m balandlikda lampa osilib turibdi. Maydoncha markazidan qancha masofada yer sirtining yoritilganligi markazdagidan 2 marta kam bo’ladi? Lamaning yorug’lik kuchi xamma yo’nalishdarda bir xil, deb xisoblang.

2 - Ilova


Guruhda ishlash qoidalari (instruktsiya)

Guruhda ishlash qoidalari
Har kim o’z o’rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirish kerak.
Har kim aktiv, birgalikda, berilgan topshiriqqa ma’suliyat bilan qaragan holda ishlashi kerak.
Har kim zarur holda yordam so’rashi lozim.
Har kim undan yordam so’ralganda albatta yordam berishi kerak.
Har kim guruh ishi natijasini baholashda ishtirok etishi shart.
Har kim aniq tushunishi kerakki:
- boshqalarga o’rgatib o’zimiz o’rganamiz.
- kemaga tushganning joni bir: yo birga qutilamiz yoki birga cho’kamiz.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling