Talabalar soni 25-30
|
Mavzu
|
Mashg’ulot shakli
|
Kirish – mavzu bo’yicha ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Modda nuqta kinematikasining tavsifi.
2. To’g’ri chiziqli tekis xarakat.
3. Tekis tezlashuvchan va tekis sekinlanuvchan xarakat.
4. Aylanma xarakat.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi
|
Moddiy nuqta, ko’chish, xarakat tezligi hamda o’quv kursi bo’yicha umumiy tasavvurni berish.
|
Pedagogik vazifalar:
|
O’quv faoliyati natijalari:
|
-kursning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
|
-kursning maqsad va vazifalarini aytib bera oladi;
|
-kursning tuzilmasi, o’quv faoliyaitini baholash mezonlari hamda tavsiya qilinadigan adabiyotlari ro’yxati haqida ma’lumot beriladi;
|
-kursning tuzilmasi, o’quv faoliyatining o’ziga xos hususiyatlari va baholash shakllarini aytib bera oladi;
|
-fizika fani nazariyasi va amaliyoti yutuqlari tushuntiriladi;
|
-fizika fani nazariyasi va amaliyoti yutuqlarini yoritib bera oladi;
|
- ko’chish, tekis va notekis xarakatga oid tushunchalar beriladi.
|
-ko’chish, tekis va notekis xarakatga oid tushunchaga ega bo’ladi.
|
- aylanma xarakatga oid tushunchalar beriladi
|
-aylanma xarakatga oid tushunchalarga ega bo’ladi.
|
O’qitish usullari
|
Ma’ruza, namoyish, aqliy hujum, pinbord texnikasi.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, komp’yuter slaydlari, doska, mul’timedia, proektor.
|
O’qitish shakllari
|
Frontal, kollektiv ish.
|
O’qitish sharoiti
|
Komp’yuter bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Kuzatish,og’zaki baholash, savol- javob.
|
Ish bosqichlari
|
O’qituvchi faoliyatining mazmuni
|
Tinglovchi faoliyatining mazmuni
|
bosqich.
Kursga va mavzuga kirish
(20 daqiqa)
|
1.1.Fan nomini aytadi. Fan haqida umumiy tushunchalar beradi. Tinglovchilarni O’quv kursi reyting baholash va har bir mashg’ulotdagi faoliyatini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi (1-Ilova)
1.2. O’quv kursidagi barcha mavzular bilan qisqacha tanishtiradi.
1) Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi.
1.3. O’quv mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini aytadi.
1.4. Shu mavzu bo’yicha biladigan tushunchalarni aytishni so’raydi,
(aqliy hujum metodi 2-Ilova) aytilgan tushunchalarning barchasini doskaga yozadi
1.5. Bu ish mashg’ulotning ohirigacha tugatilishini aytadi.
|
Tinglaydi
Tinglaydi
Yozadi
Mavzu nomini yozib oladi.
Tushunchalarni aytadi
Tinglaydi
|
2-bosqich.
Asosiy bo’lim
(50 daqiqa)
|
2.1 Shu mavzu bo’yicha ma’ruza matnini tarqatadi va mavzu rejasi, tayanch iboralar bilan tanishib chiqishni so’raydi.
2.2.Mavzuni tanishtiradi. Fizika fanining muxandis iktisodchilarning shakllanishida axamiyati, moddiy nuktaning xarakati, tekis xarakat, notekis xarakat, aylanma xarakatlar bilan tanishtiradi. Slaydlar yordamida mavzuni tushuntiradi (5-ilova)
Har bir punkt bo’yicha xulosa chiqara ekan, eng muhim joylariga e’tibor berishni so’raydi.
2.3. Mavzu bo’yicha doskada yozilgan tayanch iboralarga qaytishni so’raydi. Talabalar bilan birgalikda ularning ketma-ketligini aniqlaydi, takrorlangan ma’lumotlar shu erning o’zidayoq o’chiriladi (4-Ilova pinbord texnikasi) fanga aloqasi bo’lmagan ma’lumotlarni ham o’chiradi, zarur bo’lgan tayanch ibora va terminlarni kiritadi.
|
O’qiydi
Eshitadi. Kerakli joylarni yozib oladi
Savollar beradi
Har bitta tayanch iborani muhokama qiladi.
Konspekt yozadi
|
3 – bosqich.
Yakunlovchi
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzu bo’yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi.
3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
3.3. Mavzu bo’yicha mustaqil o’rganish uchun savollar beradi.
1. Yukoriga otilgan jism xarakati tenglamasi.
2. Tekis sekinlnuvchan xarakat tenglamasini keltiring.
3. Aylanma xarakat uchun N’yutonning 2 qonuni.
|
Savollar beradi
Mustaqil tayyorlanish uchun savollarni yozib oladi.
|