20.2 Amaliy mashg’ulot olib borish texnologiyasi
Talabalar soni 25-30
|
20-mavzu, 2 soat
|
Mashg’ulot shakli
|
Individual to’shiriqlarni bajarishga asoslangan amaliy mashg’ulot
|
Mashg’ulot rejasi
|
1.Atom yadrosining tarkibi va xarakteristikasi. Massa soni yadroning massasi, bo-lanish energiyasi.
2. Massa nuqsoni, yadro kuchlari.
3. Radioaktiv tushunchasi. Tabiiy radioaktivlik. Yarim emirilish davri.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi
|
Atom yadrosining tarkibi, massa soni, yadro massasi, bog’lanish energiyasi, radioaktivlik, yarim emirilish davri hamda o’quv kursi haqida umumiy tasavvurni berish
|
‘edagogik vazifalar:
|
O’quv faoliyati natijalari:
|
-atom yadrosining tarkibi, massa soni, yadro massasi, bog’-lanish energiyasi, massa nuqsoni, yadro kuchlariga oid tushunchalar beriladi.
|
- atom yadrosining tarkibi, massa soni, yadro massasi, bog’lanish energiyasi, massa nuqsoni, yadro kuchlariga oid tushunchalarga ega bo’ladilar
|
- tabiiy radioaktivlik, yarim emirilish davri, radiaktiv emirilish qonuni, yadro reaktsiyalariga oid tushunchalar beriladi.
|
- tabiiy radioaktivlik, yarim emirilish davri, radiaktiv emirilish qonuni, yadro reaktsiyalariga oid tushunchalarga ega bo’ladi.
|
O’qitish usullari
|
To’shiriqlar, xabarlashib o’rganish usuli,amaliy ishlash usuli, suhbat
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska, mul’timedia, proektor.
|
O’qitish shakllari
|
Frontal, kollektiv ish.
|
O’qitish sharoiti
|
Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash
|
Kuzatish,og’zaki baholash, savol- javob.
|
Ish bosqichlari
|
O’qituvchi faoliyatining mazmuni
|
Tinglovchi faoliyatining mazmuni
|
1-bosqich.
Mavzuga kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Mavzu nomini, maqsad va vazifalarini aytadi.
1.2. Ma’ruzani olib borish formasi va baholash mezonlarini aytadi.(25-bet 1-Ilova)
1.3. Shu mavzu bo’yicha ma’ruza matnini har bir talabaga tarqatadi.
1.4. Mavzu bo’yicha reja va tayanch iboralarni izohlaydi.
|
Mavzu nomini yozib oladi.
Tinglaydi.
Ma’ruza matnini o’qiydi.
Eshitadi.
|
2-bosqich.
Asosiy bo’lim
(60 daqiqa)
|
2.1. Talabalarga individual tarzda ishlash kerakligini aytadi.
2.2. Talabalar 3-4 guruhga ajratiladi. Har bir guruhdan ekspertlarni aniqlashni so’raydi. ekspertlar bittadan savol bo’yicha guruh a’zolarini tanishtirishi kerak. (xabarlashib o’rganish 29-bet 2-Ilova )
2.3. ekspertlar varag’ini tarqatadi va guruhda ishlashni tashkil etadi. (30-bet 3- Ilova,36-bet 3-Ilova)
2.4. ekspertlar prezentatsiya qilish kerakligini ma’lum qiladi. Maslahatchi o’rnida sharhlaydi, aniqlik kiritadi.
2.5. prezentatsiyani yakunlab, har bir guruhga har bir savol uchun xulosalar qiladi.
|
Savollarga javob beradi.
Talabalar 3-4 guruhga ajraladi.
Guruhda ishlaydi, savollarga javob izlaydi, ma’lumotni taqdim etish uchun grafik organayzerlar tuzadi. Guruh liderlari qo’yilgan masalaning javobini aytadi
|
3 – bosqich.
Yakunlovchi
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzuni yakunlaydi.
3.2. Guruhlarga bir-birlarining baholarini e’lon qilishni so’raydi. Natijalarni izohlaydi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun savollar beradi.
3.4. Keyingi mazvu bo’yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.
|
Savollar beradi.
Baholarni e’lon qiladi
Savollarni yozib oladi
|
1 -Ilova
1 – topshiriq
radioaktiv radon namunasida (preparatida) yarim parchalanish davri 3,825 sutka bщlgan 1010 ta radioaktiv atom bor. Bir sutka mobaynida qancha atom parchalanadi?
2 – topshiriq
Agar radioaktiv parchalanish maxsulotlari to’xtovsiz olib ketib turilsa, qancha vaqt ichida poloniy preparatidagi atomlarning 75,0% i yemirilib bo’ladi?
|
3 – topshiriq
Bir xil, 240 keV kinetik energiyaga ega bo’lgan elektron bilan pozitron o’zaro to’qnashib, ikkita bir xil fotonga aylanadi. xar xil fotonning energiyasini va unga mos kelgan to’lqin uzunligini toping.
|
4 – topshiriq
Elektron potentsiallar ayirmasini o’tib, 0,76 MeV kinetik energiyaga ega bo’ladi. Elektronning tezligini toping.
2 -Ilova
Takrorlash uchun savollari
1.Tabiatdagi yadro rektsiyalari.
Atom energiyasining texnikada qo’llanilishi.
3. Yadro reaktori. Yadro tezlatkichlari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |