MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR
Yung tajribasidagi ikki tirqish orasidagi masofa 1 mm. Tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa 3 m. Ikki maksimum yorug‘ yo‘lkalar orasida masofa 1.5mm. Monoxromatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
Frenel ko‘zgulari yordamida hosil qilingan yorug‘lik manbaining mavhum tasvirlari orasidagi masofa 0.5 mm. Ulardan ekrangacha bo‘lgan masofa 3 m. To‘lqin uzunligi 0.6 mkm. Ekranda hosil bo‘lgan ikki interferension maksimumlar orasidagi masofa topilsin.
Sovun pardasiga (n-1.3) yorug‘likni oq nur dastasi normal ravishda tushmoqda. Agar qaytgan nurda parda yashil ko‘rinsa (=0.55 mkm), pardaning eng kichik qalinligi qanday bo‘lishi kerak?
=0.6 mkm to‘lqin uzunlikdagi parallel nurlar dastasi =30o burchak ostida sovun pardasiga tushmoqda (n=13). Pardaning qanday eng kichik qalinligida interferensiyasi tufayli qaytgan nurlar maksimal susaygan bo‘ladi?
Yassi qavariq linza, qavariq tomoni bilan tekis shisha ustida joylashgan. qaytgan nur (=0,6 mkm) hosil qilgan birinchi tartibli yorug‘lik interferension halqa ko‘ringan joyda havo qatlamining qalinligi topilsin.
,
Do'stlaringiz bilan baham: |