Arqonlami ishlash muddati va ulami ishlash muddatini oshirishning omillari. Barcha po'lat arqonlar chuvalayotganda buralib halqa yoki sirtmoq hosil bo'lib qolmasligi zarur, aks holda simlar uzilishi mumkin. Po'lat simli arqonlar ishqalanib yoyilib ketmasligi uchun yuk ko'tarish mexanizmiga ularni to'g'ri bog'lash, vaqti-vaqti bilan ko'zdan kechirib turish zarur. Agar simlar uzilgan bo'lsa, arqon o'ramining har qadamiga nechta uziq sim to'g'ri kelishini bilish lozim, o'ram qadami quyidagicha aniqlanadi: sim arqondagi simlar tutamining bittasiga bo'r yoki bo'yoq bilan belgi qo'yiladi. Shu tutamdan boshlab arqon o'qi yo'nalishida sanab arqonning nechta tutamdan iboratligi bilib olinadi va shundan keyingi o'ramga ikkinchi belgi qo'yiladi. Belgilar orasidagi masofa o'ram qadami bo'ladi. Uzilgan simlar soni me'yordan ortsa, arqon brakka chiqariladi.
Po'lat simli arqonlar yuklama ostida yotganda, unda qo'shimcha ichki kuchlar, ya'ni egilish, cho'zilish, kontakt bosim va hokazolar hosil bo'ladi. Po'lat simli arqonlaming yeyilishiga asosiy sabab yuklama ostida egilishga va buralishga ishqalanishi qo'shni ko'ndalang kesimda simning sirpanishi oqibatida elastik defor matsiyadan hosil bo'lgan ichki kuchlanishlardir. Bu ichki kuchlanishlar arqonning uzilishiga olib keladi. Shuningdek, po'lat simli arqonlaming yeyilishiga atrof-muhitning abroziv changlari va arqonning o'z vaqtida moylanmasligi sabab bo'ladi.
Po'lat simli arqonlar 6 oydan keyin har 6 oyda moylab turiladi. Ular texnik vazelin, solidol va 10-15% III navli bitumdan iborat arqon moyi bilan moylanadi. Arqonlarni moylashdan oldin ular metall cho'tka bilan loy va eski moydan tozalanadi. So'ngra ular (1-2 m/min tezlikda), ya'ni sekin vannadagi uchta rolikdan o'tkaziladi. Roliklardan biri 50-60°C gacha isitilgan moy ichida bo'ladi.
Ochiq havoda ishlaydigan ko'chma kranlarda o'xshash mexanizmlardagi arqonlar kamida bir oyda bir marta moylanadi.
Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
44-MAVZU: Arqon uchlarini chig’ir barabanlariga bitt ava ikkita pona bilan mahkamlash. Kanat uchlarini qovshda mahkamlash usullari bilan amaliy bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |