Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim oluvchi
- Sirtmoqli (a) va boglab (b) stroplash
- Odd (a) va tort (b) tarmoqli stroplardagi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
31-MAVZU: Stroplash. Yuklarni bog’lash va ilish usullari hamda sxemalari. Reja: 1. Stroplash usullari. 2. Bog’lash sxemalari. «Stroplash» termini ko'tariladigan yukni yuk ko'tarish mexa nizmi bilan, aniqroq qilib aytganda, bu mexanizmning harakat lantiradigan blokining ilmog'i yoki halqasi bilan birlashtirishni ifodalaydi. Bunday birlashmalar po'lat arqonlar, stroplar va zanjirlar yordamida bajariladi. Ko'p marta takrorlanadigan stroplash inventar ilish moslamalari, shu jumladan, inventar stroplash yordamida amalga oshiriladi. Yuklarni stroplash usullari har xil bo'lib, material, buyum va tuzilmalarning xili hamda massasiga, ularning ishlatiladigan joyga o'matilishdagi loyiha holatiga, yotqizish usuliga bog'liq. Yuklarni yuk halqasiga ilib, o'rab, sirtmoq va teshiklarga stroplash usullari eng ko'p tarqalgan (113-, 114- rasmlar). Yukni, ayniqsa, butun agregatni muvaffaqiyatli ko'tarish stroplashning to'g'ri bajarilishiga bog'liq bo'ladi. Stroplar yukning eng ishonchli qismiga mahkamlangan bo'lishi kerak. Masalan, ko'prik kranni ko'taruvchi va yordamchi fermalar ular orasidagi maydonchadan iborat bo'lgan bitta yarmini ko'tarishda yukni yordamchi ferma yoki maydonchadan emas, balki ko'taruvchi fermadan stroplash kerak. Kran aravachasini ko'tarishda ramada o'matilgan mexanizmlardan emas, aravachaning ramasidan stroplash kerak. Stroplar tarangligining teng ta'sir etuvchisi ko'tariladigan yuk normal holatda bo'lganda uning og'irlik markazidan o'tishi a) 113- rasm. Sirtmoqli (a) va bog'lab (b) stroplash: 1 - temir-beton to'sin; 2 - teplofikatsiya kamerasining bloki; 3 - devor paneli; 4 - sokol paneli; 5 - zina maydonchasi; 6 - telefon quduq bloki; 7 - qo'shtavr to'sin; 8 - balkon plitalari. kerak. Stroplarning barcha tolalari bir tekisda tortib taranglangan bo'lishi lozim. Bu narsa yukni yuk ko'tarish mexanizmining ilmog'iga ilish· nuqtasi yukning og'irlik markazidan o'tuvchi vertikal o'qda bo'lishi, stroplami yukka mahkamlanadigan joyi nuqtasiga nisbatan simmetrikjoylashgan bo'lishi demakdir. Stroplar yukka mahkamlanganda ularning uzunligi bir xil bo'lishi kerak. Yuklar taxlangan joyda yoki transport vositasida turg'un tayanib turganda stroplanadi va stroplardan bo'shatiladi. Stroplashjoylari yukning og'irlik markazlaridan tashqarida bo'lishi kerak. Bujoylar yuk osish moslamasi tolasining gorizontga nisbatan yo'l qo'yilgan og'ish burchaklariga qarab tanlanadi. Ko'p tarmoqli stroplarda bu burchak qanchalik kichik bo'lsa, stropda shunchalik katta kuch paydo bo'ladi. Bu burchak kattalashgan sari stroplardagi kuch kichrayib boradi, ammo ayni vaqtda yukni stroplash balandligi ortadi, buning oqibatida kran ilgagining foydali ko'tarilish balandligi yo'qoladi. Stropning gorizontga nisbatan 45° og'ish burchagi optimal hisoblanadi. Yukning massasi va gabaritlariga, yuk osish moslamasining yuk ko'taruvchanligiga qarab og'ish burchagini 15° kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Stroplarni 30° dan kichik yoki 60° dan katta burchak ostida joylashtirish yaramaydi. Simmetrik yukning og'irlik markazi geometrik markazda bo'ladi. Agar yuk simmetrik bo'lmasa, og'irlik markazi hisoblash yoki stroplami yukning asosiy qisnuga yaqin joylashtirish, tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Simmetrik bo'lmagan yuk ko'tariladigan stroplarning ayrim tolalarining tarangligi ko'tariladigan yuk gorizontal holatida bo'lgan holdagina bir xil bo'ladi. Agar yuk bir tomonga og'ib ketsa, stroplashni to'g'rilash kerak, chunki stropning ilmoqqa osilgan joyi og'irlikmarkazidan o'tmagan bo'ladi.Ustun tipidagi apparatlar va machtalar og'irlik markazidan yuqoriroqda stroplanadi, aks holda ular ko'tarilganda to'ntarilib ketishi mumkin. Har smenada ish boshlashdan oldin kran ilgagiga osilgan yuk osish moslamalarini muayyan tartibda, masalan, pastdan yuqoriga tomon ko'zdan kechirish, ya'ni tekshirishni yuk osish organ laridan boshlash, so'ngra boshqa qismlarga o'tish va halqada tugallash kerak. Ko'zdan kechirishdan maqsad - moslamaning ishga shayligini aniqlash. Yuk osish moslamalarini maxsus ruxsatno masi bo'lgan zavodlargina ta'mirlashi mumkin. Ko'tariladigan yuk muvozanati buzilganda stroplarni yuk bo'ylab sirpanib ketishdan ehtiyot qilish kerak. Buning uchun stropka qilinadigan joyning yuk konturi stropning sirpanishiga to'siqlik qiladigan tarzda tashlash kerak. Agar bunday joyni tanlash mumkin bo'lmasa, yuk og'ganda stroplarning chiqib ketishiga xalaqit beradigan to'sqichlarni yukka mahkamlash lozim. Masalan, apparatlarni soxta shtutserdan stroplashda, shtutserda gardishlar bo'lishi lozim. Gardishlar har qanday sharoitda stropning chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Buralgan, tugunlari bor bo'lgan arqonli stroplardan foydalanib bo'lmaydi. Stroplashda yuklarda hisobga olinmagan qo'shimcha zo'riqish hosil bo'lishining oldini olish lozim. Masalan, domna pechi to'kish apparatining katta shtangasi bilan bir nuqtada < 114- rasm. Odd (a) va to'rt (b) tarmoqli stroplardagi Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling