Nazariy o`quvmashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi 1-Mavzu: Buldozerlar haqida umumiy ma`lumot
Download 2.37 Mb.
|
buldozer
3.2. Panshaxali avtoyuklagichlar
Avtomobil bazasida ishlab chiqariladigan avtoyuklagich yuk bilan harakatlanish tezligi 1,5...2 km/soat, yuksiz esa 40 km/soat. Avtoyuklagichlar 1,5...5 t yuk ko’tara oladi. Avtoyuklagichning ichki yonuv dvigatelli, elektrodvigatelli va akkumulyatorli turlari mavjud. Avtoyuklagichda quyidagi almashtiriladigan ishchi qismlari bor: panshaxa, qamragich, cho’mich, greyfer, kran strelasi va hokazo. Donali yuklarni ortish uchun ishlatiladigan yuklagichlarning ishchi organi panshaxa ko’rinishida bo’ladi, u to’g’ri burchak hosil qilib egilgan ikkita qalin metalldan tayyorlanadi. Bular ko’pincha yuk avtomobillari uzellari asosida tayyorlanadi va panshaxali avtoyuklagichlar deyiladi. Panshaxali avtoyuklagich (3.1-rasm, a) avtomobil yurish qismida ramaning oldingi va orqa ko’priklariga o’rnatilgan bo’ladi. Panshaxali avtoyuklagichlarda yukni ko’tarish va tushirish panshaxa bilan bajariladi. Panshaxa mashinaning oldi yoki yon tomoniga o’rnatiladi. Avtoyuklagichlar idishli yuklarni ortish-tashishda avtomobillar, samolyotlar, vagonlar, temir yo’l platformalariga yuk ortish-tashishda ishlatiladi, shuningdek uyumdan xom ashyoni ko’tarib 26 agregatlarga, tsexlarga uzatish, tsexlar ichida va tsexlararo yuklarni tashish, asbob-uskunalarni montaj qilish va qurilishda yordamchi ishlarni, ya’ni sochiluvchan materiallarni kovsh yordamida yuklashda qo’l keladi. Avtoyuklagichlar bilan yuklarni 500 m masofaga tashish mumkin. Ular gorizontal tekislikda, ya’ni sement-beton, asfalt-beton, toshli va tabiiy tekislangan yo’llarda ishlatiladi. Avtoyuklagichlarni +40 issiqlik sharoitida ham ishlatish mumkin. Ularning tezligi 10 km/soat, yuksiz esa 30-35 km/soat, ular qiyaligi 8, eni 40 m bo’lgan joydan o’ta oladi. Yukni maksimal ko’tarish balandligi 2000, 2800, 3200, 4500 mm gacha bo’ladi. Ularni yuk ko’taruvchanligiga qarab 3 turga bo’lish mumkin: a) yengil 1...2 t gacha; b) o’rta 3,2...5,0 t gacha; v) og’ir 10,0 t gacha. Yukni ko’tarish tezligi 10-30 m/min gacha bo’ladi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling