Nazariy qism L. L. Sulfat kislotaning qo'llanilishi


Download 462.65 Kb.
bet5/19
Sana31.01.2024
Hajmi462.65 Kb.
#1831066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mundarija

Oxzg.

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana




moddalarning yonishi natijasida SO2 hosil bo'ladi. Agar SO2 ni SO3 ga aylantirishda azot oksidlari(NO2) ishlatilsa sulfat kislota olishning bu usuli nitroza usuli deyiladi:


SO2+NO2+H2O = H2SO+NO Hosil bo'lgan oksidning kislorod bilan ta'siridan yana NO2 hosil boladi. SO3 sulfat kislota eritmasiga yuttirilib, dastlab oleum (H2SO4*SO3) keyin kerakli konsentrasiyali sulfat kislota olinadi. Odatda nitroza usulda olingan sulfat kislota konsentrasiyasi 80 % gacha bo'lib asosan mineral o'g'itlar olish uchun sarflanadi. Hozirgi paytda ko'proq kontakt usuli ishlatiladi.Bu usulda katalizator sifatida V2O5 yoki Pt qo'llaniladi. Bu usulda reaksion aralashmadan fosfor, mishyak birikmalari va boshqa katalizatorni zaharlaydigan moddalardan tozalash shart hisoblanadi. Aralashmada kislorod miqdorining ortirilishi va jarayonni 450 0 C da olib boorish orqali reaksiya unumi 95-97 % ga etkaziladi. Bu usulda ham hosil bo'lgan SO3 oleumga yuttiriladi.
Kons. sulfat kislota juda kuchli oksidlovchidir.U ko'p qaytaruvchilarni oson oksidlaydi. Ayniqsa metallmaslarni yuqori oksidlarigacha, yoki kislotalarigacha oksidlaydi [16].
C+2H2SO4=2SO2+CO2+2H2O S+2H2SO4=3SO2+2H2O 2P+5H2SO4=2H3PO4+5SO2+2H2O 2B+3H2SO4=2H3BO4+3 SO2
Sulfat kislotaning metallar bilan ta'siridan har xil mahsulotlar hosil bo'ladi. Suyultirilgan sulfat kislota aktiv metallar(Zn, Mg, Fe, Al) bilan vodorod gazini hosil qiladi [17].
Zn+ H2SO4 =ZnSO4+H2 Aktivlik qatorida vodoroddan keyin turadigan metallar (Cu, Hg, Ag Au, Pt) suyultirilgan sulfat kislota bilan ta'sirlashmaydi.
Konsentrlangan sulfat kislota(98% va undan yuqori) Fe, Cr, Al, Au va Pt bilan ta'sirlasmaydi. Aktivligi kam bo'lgan metallar (Cu, Hg, Ag) bilan ta'sirlashganda SO2 hosil bo'ladi [18].



















Bet
















5320400 KI 2022-yil 19A- 19 KT




Oxzg.

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana




Cu+2H2SO4=CuSO4+SO2+2H2O Konsentrlangan sulfat kislotaning aktiv metallar (Mg, Zn, Ca) bilan ta'siridan qaytarilish mahsulotlari SO2, S va H2S bo'lishi mumkin [19].


Mg+2 H2SO4=MgSO4+SO2+H2O 3Mg+4 H2SO4=3MgSO4+S+4H2O 4Mg+5H2SO4=4MgSO4+H2S +4H2O
Sulfat kislota ikki xil tuzlar: o'rta va nordon tuzlar hosil qiladi (K1=1*103; K2=1,2*10-2). Sulfat kislotaning erimaydigan tuzlariga BaSO4, PbSO4, SrSO4 kiradi. CaSO4 yomon eriydigan tuzlardan hisoblanadi [20].
Sulfat kislota kimyoviy sanoatning turli mahsulotlarini olishda juda kerak. Undan foydalangan holda boshqa kislotalar(HNO3, H3PO4, CH3COOH va boshqalar),tuzlar, o'g'itlar, bo'yoqlar olinadi.
Sulfat kislotaning eng muhim tuzlari. Natriy sulfati- Na2SO4. Suvdagi eritmalardan Na2SO4*10H2O hosil qilib kristallanadi. Shunday tuz Glauber tuzi deyiladi.Shisha tayyorlashda, soda olishda ishlatiladi. Tibbiyotda surgi sifatida tavsiya etilgan [21].
Magniy sulfati - MgSO4. Dengiz suvida uchraydi .Qon bosimini tushuruvchi modda sifatida tibbiyotda ishlatiladi [22].
Kalsiy sulfati -CaSO4. Tabiatda ko'p miqdorda CaSO4*2H2O- gips holatida uchraydi.150-170 0 C gacha qizdirilganda 1,5 molekula suvini yo'qotib, alebastr- CaSO4*O,5*H2O hosil qiladi. Suv bilan qorilganda tezda yana CaSO4*2H2O hosil qilib qotadi. Ana shu xossasidan foydalanib qurilishda quyma buyumlar tayyorlanadi. Jarrohlikda undan singan joylarni ushlab turish uchun doka bilan birga bog'lab qo'yiladi [23].
Mis kuporosi- CuSO4*5H2O. Ko'k kristall modda suvda eriydi. Mis va uning birikmalarini olishda, mineral bo'yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Qishloq xo'jaligida o'simliklarni zamburug'li kasalliklaridan himoyalashda keng qo'llaniladi.
BaSO4-amalda suvda erimaydigan modda. Rentgen-kontrast modda sifatida ishlatiladi. Kvaslar. Sulfat kislotaning qo'sh tuzlari hisoblanadi, masalan, kaliy alyuminiyli achiqtosh- K2SO4*Al2(SO4)3* 12H2O yoki qisqartitirilgan holatda



















Bet

















Download 462.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling