Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet86/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Savol va topshiriqlar
1. Lug‘aviy sinonimlar nima?
2. Sinonimlar qatori (uya) deganda nimani tushunasiz?
3. Sinonimlar qatorida qanday so‘z dominanta bo‘ladi?
1-mashq. Ishbilarmon so‘zining ma’nosini izohlang. Shu so‘z ichidan bir necha so‘zlar hosil qiling, atamalarning ostiga chizing.
Ish, bil, armon, nom, in, on, omi, rom, nor, anor, ob, ishla, mol, bilim, shina...
Yuqoridagi o‘yinni siz ham davom ettiring.

2-mashq. Quyidagi ustunchalarni davom ettiring.


Sifat sinonimlar Fe’l sinonimlar


Gavdali, jussali, Gangimoq, dovdiramoq,
barvasta, norg‘ul, esankiramoq, kalovlanmoq,
barzangi talmovsiramoq

3-mashq. Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini topib, ular ishtirokida gaplar tuzib yozing.


Ozod, rost, soqchi, mashaqqat, g‘amgin, tanti, ittifoq, ayovsiz, asil, va’dalashmoq, vaqt, dang‘illama, yorug‘, istamoq, ixlosmand.
Zid ma’noli so`zlar
Biz o‘zimizni qurshab turgan olamni sezgi a’zolarimizning bosh miyamizga bergan axboroti yordamida bilib boramiz. Bilish jarayonida narsa va hodisalarni, harakat-holatlarni, belgi va xususiyatlarni bir-biriga zidlash, ularning o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bizning butun bilim faoliyatimiz zidlanishlarga asoslangan desak, yanglishmaymiz. Shuning uchun zidlanishlarga bizning ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Jaloliddin Rumiy va bosh­qalar katta ahamiyat berganlar, xususan, Jaloliddin Rumiyning ta’kid­lashlaricha, har qanday «ashyo»ning qimmati ziddi bilan ayon bo‘ladi, ziddi bo‘lmagan narsani ta’rif etish imkoniyatdan tashqari­dadir. Тangri nurning oshkor bo‘lishi uchun qorong‘i etib yaratilgan mazkur olamni mavjud ayladi... Odam ro‘parasida Iblisning, Muso qarshisida Fir’avnning, Ibrohim oldida Namrudning va Mustafo qarshisida Abu Jahlning paydo bo‘lishini bunga misol qilib keltirish mumkin.
Ana shunday zidlanishlar tilimizda ham o‘z ifodasini topgan. Birini aytishimiz bilan uning ziddi xayolimizga keladi. Masalan, oq — qora, uzun — qisqa (kalta), baland — past, dono — ahmoq; — li (suvli), — siz (suvsiz) va boshqalar.
O‘zaro zid ma’noli so‘z va qo‘shimchalarga antonimlar deyiladi. So‘z maqomidagi antonimlar lug‘aviy (leksik) antonimlar, qo‘shimcha maqomidagi antonimlar esa affiks antonimlar sanaladi.
Nutqimizda lug‘aviy (leksik) antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi.
1-topshiriq. Uzun so‘zining ziddini ayting va bu zid ma’noli so‘z asosida gap tuzing.
2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarning ziddoshlarini toping va ularni gap ichida keltiring: yaqin..., issiq..., shirin..., oq..., baland..., yaxshi.

4-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring:


1. Sinonimlar.
2. Antonimlar.
Katta-kichik, taom-ovqat, yaxshi-yomon, qisqa-uzun, yuz-chehra, xafa-xursand, qorong‘i-yorug‘, botir-qo‘rqmas, keksa-mo‘ysafid, kambag‘al-bechora, urush-tinchlik, istamoq-qidirmoq, issiq-sovuq, halol-harom, tovush-ovoz, mehnatkash-ishchan, falak-osmon, tirik-o‘lik, kiyim-libos, kun-tun, pishiq-xom, bosh-kalla, halak-halok, so‘zladi-gapirdi, xat-xabar.

5-mashq. Berilgan maqollarni ko‘chiring. Antonimlarning ostiga chizing.


1. Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur. 2. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur. 4. Do‘st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo‘lguncha, yaxshining yomoni bo‘l. 6. Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko‘p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo‘lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo‘y bir terining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling