Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet84/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Shakldosh so`zlar
Тilimizda tovush (yozuvda harflar) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar va qo‘shimchalar mavjud. Bunday so‘z va qo‘shimchalarning omonimlar (lot. homos — bir, onuma — nom) yoki shakldoshlar deyilishidan xabaringaz bor. Masalan, ot «hayvon», ot «ism», ot «irg‘it» kabi. Shu­ningdek, tilimizda qo‘shimchalar o‘rtasida ham shakldoshlik muno­sabatlari mavjud. Masalan, -chi qo‘shimchasi so‘z yasovchi qo‘shimcha (ishchi, suvchi) hamda yuklama (sen-chi, ayt-chi) ma’nolarida ishlatiladi. Shunga ko‘ra, omonimlar lug‘aviy (leksik) omonimlar hamda affiks omonimlarga bo‘linadi.

Lug‘aviy (leksik) omonimlar nutq jarayonida so‘z o‘yini uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, zakiylik san’atida ulardan o‘rinli foydalanish askiyachilarning mahorati sanaladi.


Masalan, Abdulhay Maxsum Navbahor payrovi bo‘yicha askiyada: «Ikkovlaring ham o‘ta dangasasizlar. Yakshanba kuni olma bog‘ga kirib, daraxtlarni oqlaymiz», desam, «Bizni ish kam joyga yetaklang», deysizlar. Bu o‘rinda ish kam «uzum ko‘tarib taraladigan moslama» va «ish kam» ma’nolarini bildirish uchun qo‘llangan yoki G‘ulomjon Ro‘zi­boyev cho‘tir so‘zining tovush tomonining bir xilligidan foydalanib, ikki so‘z o‘rnida ishlatadi:
«Bir gap eshitib qoldim. Saydullaxon choyxonada nasiyaga muomala qilib, idoraga pul topshirmagan ekan, hisobchilar o‘zini o‘tqazib olib, «cho‘turyapti» deb eshitdim. Bu o‘rinda cho‘tir so‘zi: 1. Bujur; 2. Cho‘t ur ma’nolarida ishlatilgan.
O‘zbek tilida leksik omonimlar ko‘p ishlatilganligi sababli, u maxsus she’riy janr — tuyuqqa ham asos bo‘lib xizmat qiladi.

1-topshiriq. Yutmoq so‘zining shakldoshlarini ayting. Ularning har qaysi ma’nosini gap ichida izohlang.


2-topshiriq. O‘t so‘zining shakldoshlarini ayting va ularning har birini gap ichida keltiring.
1-mashq. Ma’lumki, shakldosh so‘zlardan foydalanganda ham shakliy, ham mazmuniy go‘zallik aks etadi. Shakldoshlik so‘zning ma’no jilolarini namoyish qiluvchi lisoniy hodisalardandir. U nutqda ohangdoshlikni yuzaga keltiradi. E’tibor bering.
Bunim yo‘q, unim yo‘q,
Uyimda unim yo‘q.
Ishimda unum yo‘q,
Aytishga unim yo‘q. (Kamiy)
Yuqoridagi tuyuqni tahlil qilib, shakldosh so‘zlar (lug‘aviy omonimlar)ning izohini yozing.
2-mashq. Ko‘chiring. Lug‘aviy omonimlarni toping, ma’nosini izohlang.
1. Kamina 80 yoshni qoralayapman, mustaqil davlat O‘zbekis­tonning ardoqli farzandiman. 2. Men otam haqida roman qoralayapman. 3. Ham-mang o‘z aravangni tort. 4. Odinaxon dasturxon ustiga tort tortdi. 5. 31- avgust sanasi hech qachon, hech kimning yodidan ko‘tarilmaydi. 6. Keltirilgan mollarni birma-bir sana. 7. Yuzta nomarddan bitta mard yaxshidir. Yuz terisini toza saqlamoq uni har xil mikroblardan xoli qiladi.
Siz ham yuqoridagidek gaplar tuzib, mashqni davom ettiring.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling