Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Narsa va hodisalar o‘rtasidagn vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chish deyiladi


Download 0.49 Mb.
bet81/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Narsa va hodisalar o‘rtasidagn vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chish deyiladi.
Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so‘zlarni bilish, ularning ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imko­niyatlarining naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.
Savol va topshiriqlar
1. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi deganda nimani tushunasiz?
2. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’no ifodalashning metafora, metonimiya, sinekdoxa asosida ko‘chma ma’no ifodalashdan qanday farqi borligini tushuntiring.
3. Vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’noning ifodalanishiga uchta misol keltiring va ko‘chma ma’no ifodalash sababini izohlab bering.

4-mashq. Hikoyatni o‘qing, so‘z ma’nosi ko‘chirilgan o‘rinni topib, unga tavsif bering.


Ikki kishi poyezdda hamroh bo‘lib ketishayotgan edi. Ulardan birining ko‘zi tashqarida o‘tlab yurgan qo‘y-qo‘zilarga tushdi va dedi:
— Qiziq, bu yerdagi tuyoqlar soni nechta ekan-a?
Ikkinchisi ularga biroz qarab turdi-da, shunday deb javob berdi:
— O‘tloqda bir ming qirq uchta qo‘y bor.
— O‘lay agar, — dedi birinchisi, — shu qo‘ylarning egasi bo‘lma­ganimda, bu gapingizga sira ishonmagan bo‘lardim. Qanday topdingiz?
— Buning hech ham qiyin joyi yo‘q, — dedi hozirjavoblik bilan unisi. — Barcha tuyoqlarni hisoblab chiqib, to‘rtga bo‘ldim-qo‘ydim...

5-mashq. Qanot, yurak, oyoq, ko‘z, bosh so‘zlarini vazifadoshlik asosida ko‘chma ma’nolarda ishlating. Ma’no ko‘chishning nimaga asoslanayotganiga diqqat qiling.


6-mashq. Gaplarni o‘qing, sinekdoxa yoki vazifadoshlik usuli bilan so‘z ma’nosi ko‘chirilgan o‘rinlarni topib, izohlang.


1. Sekinroq gapiring, aylanay, devorning ham qulog‘i bor. 2. Hozirgi yoshlarimizga ko‘z tegmasin, ular bizdan ko‘ra aqlliroq, bilimdonroq bo‘lib o‘sishyapti. 3. Guruhimizning birlashishi uchun unga bir bosh kerak bo‘lib qoldi. 4. Samolyotning qanoti o‘ta pishiq materialdan ishlangan. 5. Kechagi futbol bahsida O‘zbekistonning qo‘li baland keldi. 6. Olimpiadada birinchilikni bu gal Buxoro olib ketdi. 7. Avtomobilning eshigini ochib do‘stini chiqarib oldi. 8. Askarlarimiz Vatan sarhad­larini ko‘z bo‘lib, quloq bo‘lib tun-u kun sergaklik bilan qo‘riq­lamoqdalar. 9. Bu xushxabarni do‘stlarimga yetkazish uchun oyoq bo‘lib yugurdim.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling